Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti filologiya va tillarni o
Download 0.49 Mb.
|
1-MAVZU. ADABIY JANRLAR
o’lchanadi. Shu hisobga afsonalar, mifologiyalar, tasavvur etib bo’lmaydigan mubolag’adorlik o’rnini hayotning mohiyatini ochib beruvchi realliklar, asoslar, rostgo’ylik, haqqoniylik egallaydi.
Qadimgi va yangi eposning xususiyatlarini birdam tasavvur etish uchun ikkita misol. Alisher Navoiyning ―Farhod va Shirin‖ dostonining XXXI bobi sarlavhasi shunday: ―Farhodning teshasi toshni pora-pora qilmoq bilan tog’ bag’riga kovkov solg’on sadoni Shirin eshitgoni va quyosh tog’din tulu’ qilg’ondek, ul kuhi balo sarvaqtig’a yetgoni va aning metini lam’asining barqi muning xorodek ko’nglig’a asar etgoni va quyosh tuproqqa nur sochg’ondek, ul hokiyga mehr zohir qilg’och, aning tuprog’dog’ilaridek o’zidin ketgoni va umri quyoshi boshiga kelgach, aning hayoti sham’i uchg’oniga Shopurning sham’dek kuyub, yig’lab boshiga o’t chiqarg’oni va o’lukni mahdg’a solgandek, ul quyosh oni tuproqdin ko’tarib, bihisht oso manzilg’a olib borg’oni‖. A. Qodiriy ―O’tkan kunlar‖ romanining II bobi sarlavhasi shunday: ―Xon qiziga loyiq bir yigit‖. Bundan shunday xulosa qilish mumkin: Qadimgi eposni – okean (ummon) ga qiyoslasak (uning to’lqinlari shiddatini bir tasavvur qiling-a), hozirgi epos – daryoga tengdir. Hozirgi eposning eng katta janri ―roman kichraytirilgan olam‖(N.Ye. Saltikov - Shchedrin) deya ta’riflandi. Ummon ham, daryo ham bo’lishi mumkin bo’lgan olamni kashf etadi. Faqat ikkalasinining tasvir doirasi, ko’lami, qahramonlari ikki xil. Birida romantizm barq ursa, ikkinchisida realizm kudrati namoyon bo’ladi. ―Zamonamizning epopeyasi romandir. Eposning hamma asosi, muhim xususiyatlari romanda bordir, faqat ayirmasi shundaki, romanda boshqa elementlar, boshqa manzara hukm suradi. Bunda qahramonlik hayotining afsonaviy o’lchovlari, qahramonlarning azamat siymolari yo’q, bunda xudolar ishtirok qilmaydi:romanda, odatdagi, prozaik hayotning hodisalari ideallashtiriladi, umumiy tip ostiga olinadi... bunda odamning taqdiri uning jamiyatiga nisbatan Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling