Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti filologiya va tillarni o
Muallifning hayotga munosabati nuqtai - nazaridan
Download 0.49 Mb.
|
1-MAVZU. ADABIY JANRLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqt hissi nuqtai - nazaridan.
- Badiiy til.
1. Muallifning hayotga munosabati nuqtai - nazaridan.
San’atkor ―hamma tasvirlanayotgan shaxslarni harakat etuvchi va faol shaxslar sifatida‖ (Aristotel) tasvirlaydi. Bunda xatti – harakat – voqea bizga birdaniga va tamom tayyor bo’lib qolgan holda ko’rinmaydi, bizdan yashiringan samarador kuchlardan chiqqan, o’z ichida erkin bir doira chizgan va keyin o’z ichida taskin topgan voqea sifatida ko’rinmaydi – yo’q, bu 1 Адабий тур ва жанрлар. II ;жилд (Лирика), Т., “Фан”, 1992, 54-55-бетлар. yerda biz xatti - harakatning individual ifodalar va xarakterlardan boshlanish, kelib chiqish prosessining o’zini ko’ramiz (V.Belinskiy). Bu dunyoning ob’ektiv va subyektiv tomonini birlashtirib, shaxs harakati orqali tasvirlashdir.
shu odamni shunday vaziyatga qo’yishi kerakki, shunday bir tugun bog’lamog’i kerakki, bu tugunni yechish mahalida odam butunisicha ro’yobga chiqsin. Tolstoy aytgan ―vaziyat‖ va ―tugun‖ esa doimo inson hayoti oqimining eng shiddatli paytlariga to’g’ri keladi: xuddi shunday ―vaziyat‖ va ―tugunlar‖ mavjudligida inson eng aktiv ruhiy hayot bilan yashaydi, voqealar girdobida javlon uradi, ehtiroslar olovida yonadi, chiniqadi.‖1 Shuning uchun ham dramadagi xarakterlar va ular xarakteridagi biror qirra g’oyatda bo’rttirilgan bo’ladi. Jumladan, Otelloda – rashk, Muqannada-ozodlik uchun fidoyilik o’ta mubolag’adordir. 1 Иззат Султон . Адабиёт назарияси, Т., “Фқитувчи”, 1980, 260-бет. shiddatni, ―ayovsiz‖ olishuvni sekinlatadigan hayotiy tafsilotlar emas, balki yanada rivojiga turtki beradigan voqealar tanlanadi va ular zanjirsimon – bir-biridan kelib chiqadigan tarzda voqye bo’ladi. Shu xislati tufayli undagi xarakterlar kutilmaganda o’zligini yaqqol ko’rsatadi va ―tanish bo’lgan notanish‖lar taqdiri bizning ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi. 6. Badiiy til. Dramada muallif nutqi (remarkalarni hisobga olmaganda) ishlatilmaydi. Personajlar o’zlarini o’zlari va bir- birlarini so’z orqali ochadilar. Dramada ishlatiladigan gaplar – sodda, qisqa va ravon bo’ladi. Ularda tomoshabin tushunmaydigan bironta ham so’z yoki ibora ishlatilmaydi... Ushbu farqli xususiyatlar va qonun-qoidalarni istagancha davom ettiraverish mumkin. Lekin shu aytilgan gaplardan ayonki, har bir tur hayotning u yoki bu tomonini shunday yorqin va batafsil ifoda etadiki, bunga boshqa tur qodir bo’lmaydi. Izzat Sulton asosli ta’kidlaganidek, ―Epik yoki lirik asar bajargan o’ziga xos g’oyaviy – estetik vazifani drama to’la ravishda bajarolmaydi: dramatik turda epik turga mansub bir qancha sifatlar (hayotni juda keng qamrab olish, uning turli ko’rinish va jilolarini bir asarda aks ettira bilish va hokazo) yo’q. Dramatik tur hayotni shaxsning ehtirosli hislari orqali, yuraklarni larzaga soluvchi oniy holatlarda ko’rsatish qobiliyatiga lirika darajasida qodir emas. Xullas, adabiy turlar bir-birlarini to’ldirib yashaydilar va bir-birlarining ojizliklarini ―qoplab ketadilar‖. Ularning har biri ham inson ruhining turlicha holatini aks ettiruvchi vositalar bo’lib, teng huquqli va juda zarurdir‖ (―Adabiyot nazariyasi, 236- bet‖). Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling