Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasining navbatdagi 3-sonli yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma


Download 25.3 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi25.3 Kb.
#1788577
Bog'liq
Kafedra qarori Kayumova 2023


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY FILOLOGIYA FAKULTETI INGLIZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASINING NAVBATDAGI
3-SONLI YIG‘ILISHI BAYONNOMASIDAN
KO‘CHIRMA
“11” “oktyabr”, 2023-yil Termiz shahri.

Qatnashdilar: Kafedra professor-o‘qituvchilari.


KUN TARTIBI
4. Har xil masalalar
4.1. Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Eshmuratova Dildor Urolovnaning “O‘zbek va ingliz tillarida teonim komponentli frazeologik birliklarning linvoqiyosiy tadqiqi” nomli monografiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.
MUHOKAMA ETILDI
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Axmedova – Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Eshmuratova Dildor Urolovnaning “O‘zbek va ingliz tillarida teonim komponentli frazeologik birliklarning lingvoqiyosiy tadqiqi” nomli monografiyasini tasdiqlash to‘g‘risida axborot berdi. Unda ilmiy taqrizchilarning mavjudligini ta’kidladi hamda kengash a’zolarining fikrlarini so‘radi.
SO‘ZGA CHIQDILAR:
(PhD) Z.Normuradov so‘zga chiqib, mazkur monografiya haqida fikr bildirdi. Mazkur monografiya bugungi kunda tilshunoslikning muhim sohalaridan biri bo’lgan frazeologizmlarning funksional publitsistik xususiyatlarini ochib berishga bag‘ishlangan bo’lib, oʻzbek va ingliz tillaridagi teonim komponentli frazeologik birliklarning leksik, semantik, funksional, grammatik yasalish usullarining umumbashariy va xususiy tipologik qirralari yoritilgan, oʻzbek tilidagi teonim komponentli frazeologik iboralarning konseptual tarkibi tugʻilish, hayot, oʻlim kabi tushunchalardan tashkil topganligi, ingliz tilidagi teonim birliklarning frazeologik va sintaktik tuzilishi esa gnoseologik hamda antologik konseptlar bilan chambarchas bogʻliqligi, teonim komponentli frazeologizmlarning bir leksik-semantik guruhga mansub boʻlgan antonimlik va sinonimlik munosabatlari shakl va mazmun jihatdan tahlil qilingan, mavjud oʻxshashliklar hamda tafovutlar aniqlangan. Sinonimlik xususiyatga koʻra – oʻzbek tilidagi frazeologik birliklar, antonimlik xususiyatiga koʻra – ingliz tilidagi frazeologik qatlam yetakchi ekanligi lingvostatistik tahlillar hamda qiyoslanayotgan tillarda teonim komponentli frazeologik birliklarining estetik baholash mezoni – shaxs tasavvuridagi xulq-atvorga tayangan holda muallif idiolekti va mentalitetida qoʻllanish konteksti taʼsirida ijobiy va salbiy xususiyatlariga koʻra tasniflanishi berilgan.
Ushbu “O‘zbek va ingliz tillarida teonim komponentli frazeologik birliklarning lingvoqiyosiy tadqiqi” nomli monografiya zaruriy manba bo‘lib xizmat qiladi va uni nashrga tavsiya etilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib,
QAROR QILINDI:

1. Ushbu masala yuzasidan Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Narmuradovning axboroti ma’lumot uchun QABUL QILINSIN.


2. Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Eshmuratova Dildor Urolovnaning “O‘zbek va ingliz tillarida teonim komponentli frazeologik birliklarning lingvoqiyosiy tadqiqi” nomli monografiyasi TASDIQLANSIN.
3.Ushbu qarorni qo‘llab-quvvatlash fakultet Kengashidan SO‘RALSIN.

Yig‘ilish raisi: Z.Normuradov


Yigilish kotibi: N.Azizova
Download 25.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling