Термиз давлат университети


Download 23.84 Kb.
bet2/2
Sana13.11.2023
Hajmi23.84 Kb.
#1771683
1   2
Bog'liq
31.10.2023 Bayonnoma

KUN TARTIBI:
1. “Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi I.Abdurazzoqovning “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fanidan “Kompyuter grafikasi” mavzusidagi ochiq dars tahlili.
Informatika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri S.Sattorov kirish so‘zi bilan ochib, o‘tkazilgan ochiq dasrga qatnashgan barcha professor-o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Yig‘ilish qatnashchilarini ochiq dars uchun tayinlangan taqrizchilar va ular tomonidan berilgan tashqi va ichki taqrizlari bilan tanishtirib o‘tdi. O‘tkazilgan ochiq ma’ruza dasr bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirish uchun so‘zni ochiq darsni o‘tkazgan o‘qituvchi va ishtirok etgan professor o‘qituvchilarga berdi.

  1. I.Abdurazzoqov – ochiq dars o‘tkazgan o‘qituvchi o’tkazilgan ochiq darsda qatnashgan barcha professor – o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va ulardan dars tahlili davomida o‘tkazilgan darsga va o‘qituvchiga nisbatan o‘z fikrlarini bildirishlarini hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ochib berib ularni bartaraf etish bo‘yicha qimmatli maslahatlarini berishlarini so‘radi.

2
. S.Sattorov – Dars reja asosida tashkil etildi. O‘qituvchining intellektual salohiyati yuqori, o‘zini tutishi erkin, har bir rejaga to‘xtalib yetarli materiallar berdi, mavzuni ravon va tizimli tartibda tushuntirdi.


Respublikada amalga oshirilayotgan harakatlar strategiyasiga to‘xtalib o‘tdi. Texnik vositalar unumli foydalanildi. Mavzu rejalari oldindan elektron taqdimot yozilgan bo‘lib, vaqtdan unumli foydalanish imkonini berdi. Umuman olganda, o‘tilgan dars yuqori saviyada, zamonaviy pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanilgan holda o‘tkazildi deb hisoblayman va namunali deb baholayman.

  1. Nuraliyeva Feruza– ochiq dars o’tkazildi, dars reja asosida boshlandi. Dars mavzusi va 3 ta rejasi aytildi, har bir rejaga alohida to’xtalib o’tildi. Mavzu katta va dolzarb. Barcha tushunchalarni talabalarga yetkazishga harakat qilindi. Darsda algoritmlash dasturlashning asosiy tayanch vositasi sifatida foydalanildi va namunali baholayman.




  1. Abdurazzoqov Ilhom – ochiq dars yuqori saviyada chiroyli tashkil etilgan, o‘qituvchining bilim darajasi va pedagogik mahorati yuqori. Fanga tegishli bo‘lgan me’yoriy hujjatlari OTM talablari darajasiga javob beradi. Mavzu fan o‘quv va ishchi o‘quv dasturlari hamda kalendar tematik rejasiga mos keladi. O‘tilgan mavzu Java dasturlash tiliga tegishli asosiy terminlar va tushunchalarni aniq tushuntirib berdi. Dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalanildi. O’qituvchi o’z maqsadiga erishdi deb hisoblayman. O‘tilgan mavzu OTM talablariga javob beradi va darsni namunali deb hisoblayman.




5
. Mamatmurodov Rufat–ochiq dars tashkiliy jihatdan yuqori saviyada OTM talablariga mos ravishda tashkil etilgan. Mavzu, fan o‘quv va ishchi o‘quv dasturlari hamda kalendar tematik rejasiga mos keladi. O‘qituvchining intellektual salohiyati yuqori, o‘zini tutishi erkin, mavzuni ravon va tizimli tartibda tushuntirdi hamda o‘tilgan mavzuda yortilgan ma’lumotlar inglizcha terminlarni to’g’ri talafuz etibgina qolmay to’g’ri tushuntirdi. Juda aniq va tushunarli va ko’rgazmali o’tdi. O‘tilgan ochiq darsni namunali deb baholayman.


6.Abdumo’minov Burhon – ochiq dars reja asosida boshlandi. Dars mavzusi keltirgan rejasi aytildi, har bir rejaga alohida to’xtalib o’tdi. Mavzu katta va dolzarb. Barcha tushunchalarni talabalarga etkazdi. Darsda Java dasturlash tili operator va funksiyalarni tuzish, masalalarni yechishda natijaga erishishga jiddiy etibor berdi va yaxshi baholayman.
7. Mamayusupov Mirkomil – ochiq dars yuqori saviyada chiroyli tashkil etilgan, o‘qituvchining bilim darajasi va pedagogik mahorati yuqori. Fanga tegishli bo‘lgan me’yoriy hujjatlari OTM talablari darajasiga javob beradi. Mavzu fan o‘quv va ishchi o‘quv dasturlari hamda kalendar tematik rejasiga mos keladi. O‘tilgan mavzu formulalar aniq, tushunarli, izohli tartibda o‘qituvchi tomonidan tushuntirildi, 7 ta topshiriq amaliy dasturlarni kompyuterda natija olinganligi ko’rsatildi. Dars jarayonida yangi pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanildi. O‘tilgan mavzu OTM talablariga javob beradi va darsni namunali deb hisoblayman.
Shundan so‘ng ochiq dasr o‘tkazuvchi o‘qituvchi I.Abdurazzoqovga so‘z berildi. U ochiq darsda qatnashgan professor-o‘qituvchilarga vaqt topib kelganlari va bildirgan qimmatli fikrlari uchun o‘z minnatdorligini bildirdi. Hozirgi kunda zamon talablari asosida dars o‘tish nihoyatda ma’suliyatli ekanligini ta’kidladi va o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z ustida mustaqil ishlashi, izlanishda bo‘lishi, o‘z sohasi yangiliklaridan doimo xabardor bo‘lishi kerakligini aytib o‘tdi. Ochiq darsda qatnashgan professor-o‘qituvchilar tomonidan bildirilgan fikrlarni o‘zining keyingi pedagogik faoliyatida qo‘llashini ta’kidladi.


Kafedra yig‘ilishi qaror qiladi:



  1. S.Sattorovning ma’lumoti axborot uchun qabul qilinsin.

  2. R.To’rayev tomonidan o‘tkazilgan ochiq dars OTM talablariga to‘liq javob berishi inobatga olinsin va namunali deb baholansin .

Yig`ilish raisi: S.Sattorov


Yig`ilish kotib: M.Karimova
Download 23.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling