Termiz Davlat Universitetining Pedagogika Instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
Download 11.49 Kb.
|
HISOBOT O`ZIMGA
Termiz Davlat Universitetining Pedagogika Instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Matematika va Informatika” ta’lim yo’nalishi 201-guruh talabasi Esonqulov Shodmanning Malakaviy pedagogik amaliyotidan Hisobot Men 2-bosqich Matematika va Informatika ta’lim yo’nalishi 201-guruh talabasi Esonqulov Shodman Toshpo`lat o’g’li 2022-yilni 09-fevral 09-martgacha Termiz shahar 3-umumiy o’rta ta’lim maktabida malakaviy amaliyotda bo’ldim. Kafedra mudirimiz Ch.Normurodov hamda boshqa metadist o’qituvchilar tomonidan 2-bosqich talabalariga malakaviy amaliyot haqida tushuntirish berishdi. Har bir talaba o’zi xohlagan yoki o’zi o’qigan maktabga malakaviy amaliyotini o’tash haqida aytildi. Men Esonqulov Shodman Toshpo`lat Termiz shahar 3-umumiy o’rta ta’lim maktabiga malakaviy amaliyotni oldim. Men 9-fevraldan boshlab Termiz shahar 3-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabiga malakaviy amaliyotni o’tash uchun bordim. U yerda meni maktab derektori G.Xolmamatova kutib oldi. Maktab derektori meni maktab jamosiga tanishtirishdi va menga dars o’tishni yaqindan o’rganishim uchun Matematika o’qituvchisi Boboyeva Matlyuba ustozga hamda sinf ishlarini o’rganishim uchun 9-“Ye” sinfga va uning sinf raxbari Muzropova Shahlo ustozga biriktirdi. Informatika o’qituvchisi Shamsullo Hakimov ustoz meni maktabdagi tartib qoidalar bilan tanishtirdi va bo’lajak o’qituvchi amal qilishi kerak bo’lgan jarayonlarni tushuntirib berdilar. Keyin meni Boboyeva Matlyuba ustoz menga biriktirilgan 9-“Ye” sinf o’quvchilari bilan tanishtirdi va amaliyot jarayonida ushbu sinf bilan ishlab, ularning dars jarayonlarini tahlil qilib kuzatib borishimni aytib o’tdi. Men amaliyotning ikkinchi kuni maktab binosiga 8:00 da yetib bordim. Meni Boboqulova Matluba ustoz kutib oldi, meni informatika darsiga tahlilga olib kirdi va iformatika xonasi bilan tanishtirdi. Amaliyot davomida Algebra fanidan tashqari menga biriktirilgan 9-sinfning ko’plab boshqa fanlari matematika, ona tili, tarix, geografiya, rustili, chizmachilik, biologiya, kimyo, ingiliz tili, fizika, adabiyot, kabi fanlarni kuzatib tahlil qildik va fan o’qituvchisining dars davomida qo’llaydigan metod va usullarini o’rgandik. Bundan tashqari informatika xonasida darsdan tashqari hollarda o’quvchilar uchun qo’shimcha to’garaklar tashkil etilgan bo’lib bu to’garaklar kechki soat 19:00 gacha faoliyat yuritar ekan. Maktabda o’quvchilarning bilimini oshirish maqsadida har oy davomida Algebra fanidan ochiq darslar va o’quvchilarning kompyuter savodxonligini tekshirish maqsadida turli musabaqalar o’tkazilib turilar ekan. Fevral va Mart oylari davomida menga biriktirilgan sinf bilan birgalikda juda ko’plab tadbirlarda ishtirok etdik. Maktabda amaliyot raxbarim Karasakalov Anatoliy Kenesovich ustoz menga sinfning “Filtir jurnali” ni to’ldirishni, hafta yakunida o’quvchilarning kundaligini tekshirib, xulosa bildirishni o’rgatdi. Amaliyot davomida sinf raxbarlik ishlari bilan yaqindan tanishib, o’rgandim. “Kasbim faxrim” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda 9-sinf o’quvchilari faol ishtirok etishdi. Seminar davomida kasbga doir turli ma’lumotlar, faktlar, video roliklar taqdim etildi. O’quvchilar o’zlari tanlagan kasblari to’g’irisida kerakli va foydali ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Amaliyot davomida menga biriktirilgan sinfning ota-onalar majlisi va sinf majlislarida qatnashdim o’zim ham mustaqil ravishda informatika darslarini o’tdim, turli xilda davra suxbatlarini o’tkazdim va malakaviy amaliyotni oshirdim. Amalyatchi talaba: Esonqulov.Sh Hisobot yozilgan vaqt: 04.03.2021 Xulosa Men bir oylik malakaviy pedagogik amaliyoti davrimda Surxondaryo viloyati Termiz shahar xalq ta’lim bo’limiga qarashli 3-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida maktab ichki – tartib qoidalari bilan yaqindan tanishdim, o’quvchilar bilan birga ishlashni, o’qituvchilarning pedagogik mahoratini kuzatdim va o’qituvchilik kasbi qanchalik sharafli va mas’uliyatli ekanliginianglab yetdim. Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug’ ”degan hikmatli naql bejizga aytilmagan ekan. Dunyoda kasblar ko’p ammo ularni ichida eng ulug’ va sharaflisi o’qituvchilikdir. Maktab jamoasi juda ahil va inoq, shu o’rinda ustoz shogird an’anasi hali hamon o’z kuchida. O’quvchilarni doim maktab formasida dars jarayonlarini kuzatib ota – onalar bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Maktabda barcha fanlardan to’garaklar har xil fanlararo musobaqalar, sport musobaqalari ham tez tez o’tkazilib turar ekan. Maktab direktori: Xolmamatova.G (imzo)_______ Fan o’qituvchisi: Boboyeva Matlyuba (imzo)_______ Download 11.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling