Reja: - 1. Qadimgi Sharq hujjatchiligi.
- 2. Sho’ro davridagi munshaot.
- 3. Mustaqillik yillaridagi hujjatchilikning rivoji.
- 4. Munshoat haqida ma’lumot. Munshaot (ish yuritish) tarixining davlatchilik tarixi bilan bog‘liqligi.
- 5. Turkiy davlatchilikning boshlang‘ich davrlarida ish yuritishning og‘zaki shakli.
- 6. Yozuv va musulmon huquqining paydo bo‘lishi bilan ish yuritish hujjatlarining takomillashuvi.
ADABIYOTLAR - M.Aminov,A.Madvaliyev,N.Mahkamov,N.Mahmudov. Ish yuritish-Toshkent, 2017.
- Tojiev Yo., Hasanova N.,Tojimatov Q., Yo’ldosheva O. O’zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari. -Toshkent, 1994.
- Mahmudov N., Rafiev A., Yo’ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish (o’quv qo’llanma) .-Toshkent, 2004.
- Mahmudov N., Rafiev A., Yo’ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish (darslik) .-Toshkent, 2006.
HUJJATCHILIK TARIXI - Hujjatlar kechagina paydo bo’lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o’zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan.
Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750 yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094 yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi hujjatlar deb ataladigan tartibot vositalarining nechog’li olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko’rsatadi. . Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning almashina borishi, aniqrog’i, kishilar o’rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning takomillasha borishi barobarida hujjatlar ham takomil topib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o’rxun-enasoy, sug’d, eski uyg’ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko’plab hujjatlar, umuman, yozma manbalar ma’lum. - Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750 yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094 yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi hujjatlar deb ataladigan tartibot vositalarining nechog’li olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko’rsatadi. . Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning almashina borishi, aniqrog’i, kishilar o’rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning takomillasha borishi barobarida hujjatlar ham takomil topib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o’rxun-enasoy, sug’d, eski uyg’ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko’plab hujjatlar, umuman, yozma manbalar ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |