Termiz Davlat univessiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Iqtisodiyot ta’lim yo’nalishi talabasi Gulboyeva Zulfiyaning davlat tilida ish yuritish fanidan Dalolatnoma mavzusida tayyorlagan taqdimoti
Download 118.55 Kb.
|
Hujjatchilik tarixi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vasiqa
- Tarxon yorliqlari
- Amir Temur «Tuzuklar»i
Vaqfnomalar
Vasiqa
Tarxon yorliqlari
Amir Temur «Tuzuklar»i
XIX asrda Qo’qon xonligida keng tarqalgan hujjatlardan biri "patta"lardir. Pattada ma’lum kishiga muayyan miqdordagi pul, maxsulot, urug’ (don) yoki boshqa narsalarni berish lozimligi haqida ma’lumot aks ettirilgan. Patta matnlarida ham o’ziga xos doimiy va muayyan tarkib va nutqiy qolip borki, bu ham o’zbek (turkiy) hujjatchiligi uzoq tarixiy tajriba va tadrijiy takomil mahsuli ekanligining dalilidir.
1917 yildagi Oktyabr to’ntarishidan keyin hujjatchilik ishlari asosan rus tilida olib boriladigan bo’ldi. Turkiston o’lkasining 1918 yilgi Asosiy qonunida o’zbek va rus tillari davlat tillari deb e’lon qilingan edi. Mehnatni ilmiy tashkil qilish muammolariga bagishlab 1921 yilda o’tkazilgan I Butun Rossiya konferensiyasi kun tartibiga boshqarish mehnatini ilmiy tashkil qilish va hujjatlar bilan ishlash, shuningdek, bu ishlarni muvofiqlashtiruvchi va yo’lga solib turuvchi maxsus tashkilot tuzish masalasi kiritilgan. O’zbek tiliga davlat maqomi berilgan bugungi kunda o’zbek tilida mukammal hujjatchilikning shakllanishi uchun butun imkoniyatlar ochildi. Muassasa, tashkilot, korxona va birlashmalardagi ishni ishlab chiqarish taraqqiyotiga muvofiq tashkil etishda, umuman, boshqaruv sohasida hujjatlarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Rasmiy tadbirlardan tashqari hozirga qadar o’zbek tilida idoraviy ish yuritish sohasida bir necha amaliy qo’llanmalar yaratildi. Bugungi kunda «Rasmiy-idoraviy uslub» deb nomlangan kompyuter dasturi ustida olib borilayotgan ishlar nihoyasiga yetmoqda. Download 118.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling