Termiz Davlat Unversiteti Iqtisodiyot va Turizm fakulteti
Oraliqning chegaralarini belgilash tartibi
Download 320.29 Kb.
|
Abdiyev Safarali 321 statistika (3)
Oraliqning chegaralarini belgilash tartibi.
Miqdoriy o`lchami bir oraliqning yuqori chegarasiga, ikkinchisining quyi chegarasiga teng to`plam birliklarini qaysi guruhga (oraliqqa) kiritish kerak? degan savol tug`iladi. Amaliyotda bu masala ikki yo`sinda yechiladi. Birinchi holda oraliq quyi chegaraga teng va undan katta, ammo yuqori chegaradani kichik qiymatda deb talqin etiladi, ya`ni «..... dan ..... gacha (uni hisobga olmasdan)». Ikkinchi holda esa u quyi chegaradan katta (uni hisobga olmasdan) ammo yuqori chegarani qo`shib oladi deb belgilanadi, ya`ni «..... dan va ..... gacha qo`shib (hisobga olib)». Ammo mantiq va uslub jihatidan oraliqlar chegarasini variantalarning o`zgaruvchanlik xususiyatlarini hisobga olib belgilash eng to`g`ri yo`l hisoblanadi. Agarda oraliqlar (guruhlar) tadrijiy (uzuq - uzuq) o`zgaruvchan belgi asosida tuzilayotgan bo`lsa, u holda ularni quyi chegarasini ham, yuqori chegarani ham o`z ichiga oladigan qilib belgilash ma`qul. Buning uchun quyi chegara qilib eng kichik qiymatli belgi olinadi va undan boshlab kenglik miqdorida yuqori chegara hisoblanadi. Masalan, 2200 ta xonadonlarning har birida yashovchilar soni 1 kishidan to 14 kishigacha bo`lgan bo`lsa, u holda jami xonadonlarni quyidagi oraliqli taqsimot qatori shaklida ifodalash mumkin. oraliqlarni bir-biridan uzmasdan, birining yuqori chegarasini ikkinchi yondoshining quyi chegarasi qilib belgilash kerak. Oraliq so`zi ayni quyi chegaradan boshlab yuqori chegaragacha bo`lgan kenglikni anglatadi. Demak, quyi chegarani qo`shib hisoblash, yuqori chegarani hisobga olmaslik mantiqan to`g`ri bo`ladi. Misol: kichik sanoat korxonasida 50 ta ishchilardan har biriga hisoblangan oylik ish haqi to`g`risida quyidagi ma`lumotlar berilgan (ming so`m) Ilova: Qavs ichida muayyan ishchi kiradigan guruhlarni tartib soni ko`rsatilgan. Bu sonlarni, 0,1 aniqlikda ifodalab, yuqorida keltirilgan Sterjess mezoni yordamida qator oraliqlar soni (k) va chegarasini (i) aniqlaymiz. Sterjess formulalari: k = 1+3.32 lgN = 1+1,441 ln50 = 6,64≈7 i = (90.2 - 20.2) / 7 = 10 ming so`m. Bularga binoan quyidagi oraliqli variatsion qatorni tuzamiz. Download 320.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling