11-Mavzu. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Reja


Download 493.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana18.02.2023
Hajmi493.71 Kb.
#1210975
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-MAVZU.O\'zbekiston geografiyasi.Ma\'ruza



11-Mavzu. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni 
Reja: 
1.Iqtisodiy rayonning geografik o’rni 
2.Iqtisodiy rayonning tarkibi: 
2.1.Qoraqalpog’iston Respublikasining iqtisodiy geografik tavsifi 
2.2.Xorazm viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi 
Tayanch so’zlar: 
Geografik o’rin,tabiiy sharoit va mineral resurslari,aholi tarkibi, yuqori 
urbanizatsiya darajasi, sanoat industriyasi,intensiv qishloq xo’jaligi, transport 
taraqqiyoti. 
1.Iqtisodiy rayonning geografik o’rni 
Mazkur rayon hududi bo’yicha O’zbekiston eng katta bo’lib, u o’z tarkibiga 
Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatini oladi. Maydoni 172,6 ming 
km. kv. - bu mamlakatimiz umumiy maydonining 38,5 foizi demakdir. U respublika 
aholisining eng chekka shimol, shimoli- g’arbida, markaziy shaharlardan ancha 
uzoqda, global tus olgan ekologik muammo - Orol dengizining qurib borishi ta’siri 
kuchli mintaqada joylashgan. 2022 yilning 1-yanvar holatiga kura mintaqada 3872,7
 
ming kishi istiqomat qilgan.Bu respublika aholisining 11,6 foizini tashkil etadi.
Ayni ana shunday o’ziga xos geografik (iqtisodiy, geosiyosiy va ekologik geografik) 
o’rin uning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini belgilab beradi. Rayon 
hosil qiluvchi geografik omil uning Amudaryo quyi qismida joylashganligidir.Bu 
rayon ikki, ma’lum ma’noda, bir-biriga uxshamagan ma’muriy birlikdan tashkil 
tongan, ya’ni u mamlakatimiz tarkibiga kiruvchi suveren respublika hamda Xorazm 
viloyatidan iborat. Biri ozmi-ko’pmi tabiiy resurslarga—qazilma boyliklarga ega 
bo’lsa, ikkinchisida faqat mehnat resurslari mo’l. Shu bois, mazkur xududda o’zaro 
iqtisodiy integratsiyalashuv imkoniyatlari va zarurati mavjud. 
Quyi Amudaryo rayonining siyosiy geografik o’rni - uning Turkmaniston 
davlati hamda Qozog’iston Respublikasi bilan chegaradoshligi bilan belgilanadi. 
Binobarin, bu yerda istiqbolda xalqaro miqyosda iqtisodiy hamkorlikni amalga 
oshirish mumkin. Shunday qilib, rayonning Iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan
rivojlanish bo’yicha uning kuchli tomoni, eng avvalo, bu xududda tabiiy hamda 
mehnat resurslarining borligidir. Biroq, bu ijobiy tomonga nisbatan rayon 
rivojlanishini ancha cheklab qo’yuvchi zaif (kuchsiz) xususiyatlar ham bor. Bu ham 
bo’lsa, uning geografik o’rni, ya’ni o’z oqligi va muammoli Orol buyi mintaqasida
joylashganligi hisoblanadi Shu bilan birga, rayonning, xususan Qoraqalpog’iston 
ichki hududlarining, ekologik jihatdan noqo’layligi va transport infratuzilmasi bilan 
yaxshi ta’minlanmaganligi ham uning zaif tomonlari hisoblanadi. Mamlakatimiz 
hududiy mehnat taqsimotida Quyi Amudaryo rayoni agrar-industrial mintaqa 
sifatida ajralib turadi. Uning hissasiga O’zbekistonning 7,3 % YaIM, 6,7 %, sanoat 


va 10,3 %, qishloq xo’jaligi mahsuloti to’g’ri keladi (2021y). Vaholanki, bu yerda, 
2021-yil ma’lumotlariga binoan, 3872,7
 
ming yoki respublikamiz jami aholisining 
11,6 foizi yashaydi. (Taqqoslang: maydoni bo’yicha 38,5, demografik salohiyati esa 
bundan 3 marta oz). Rayonda paxta va sholi yetishtirish, go’sht-jun chorvachiligi va 
sanoatning ayrim tarmoqlari (oziq-ovqat, yengil, kimyo) nisbatan yaxshirok 
rivojlangan. Maydoni tabiiy va ekologik sharoiti, demografik vaziyati turlicha 
bo’lgan bunday katta iqtisodiy rayonning haqiqiy geografik xususiyatlari uning ichki 
tarkibi taxlil qilinganda yanada ochiqroq namoyon bo’ladi. 

Download 493.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling