11-Mavzu. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Reja


Aholisi va mehnat resurslari


Download 493.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana18.02.2023
Hajmi493.71 Kb.
#1210975
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
11-MAVZU.O\'zbekiston geografiyasi.Ma\'ruza

Aholisi va mehnat resurslari. Xorazm viloyatining eng katta boyligi uning 
mehnatsevar xalqidir. Viloyat aholisi 1989-2014- yillarda o’rtacha 2,70 foizdanga 
ko’payib borgan. So’nggi yillarda aholi soni yiliga 30-33 ming kishidan yoki 1,80-
2,00 foiz atrofida ortib bormoqda. Uning joylashuvida qo’shni Qoraqalpog’istonga 
o’xshash katta hududiy tafovutlar yuq. Viloyatda 2019 yilning 1-yanvar holati 
bo’yicha 1835,7 nafar kishi istiqomat qilgan.O’rtacha zichlik 1 km ga 303,4 kishini 
tashkil etgan.
Xorazm hududining asosiy qismi bir tekis o’zlashtirilgan, ijtimoiy-iqtisodiy va 
qishloq tumanlarining demografik sig’imi ancha yuqori.Viloyatda urbanizatsiya 
darajasi past - 33,2 foiz aholi mavjud 3 shahar (Urganch, Xiva va Pitnak) hamda 58 
shaharchada yashaydi. Urbanizatsiya ko’rsatkichi hamda shaharlar soni bo’yicha u 
eng oxirgi o’rinda turadi. Ma’muriy markazi - Urganchda 141,7 ming, “ikkinchi” 
shahar - Xivada 90,7 ming kishi istiqomat qiladi. 
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi doirasida jami 51 ta 
qishloq aholi punktlariga shaharcha maqomi berildi. Eng ko’p yangi shaharchalar 
Gurlan va Xiva tumanlarida tashkil etildi. Gurlan tumanida ular Yormish, Qarg’alar, 


Bo’zqala, Do’simbiy, Taxtako’pir, Nukusyop, Markaziy Guliston, Chakkalar, Xiva 
tumanida - Parchanxos, Suvitliyop, Yuqoriqum, Tozabog’, Usta Xo’jamad,
Gullanbog, Sho’rqaladan iborat. Yangiariq, Shovot, Ko’shko’pir, Bog’ot 
tumanlarida ham bunday shaharchalar soni ko’proq - har birida 5-6 tadan. Eng kam 
yangi shaharchalar Yangibozor tumanida (Yangiyop va Mang’itlar). Aholi soni 
bo’yicha nisbatan yiriklari Yangiariq va Bog’ot tumanlarining ma’muriy markazlari 
bo’lib, ularda, mos ravishda, 11,8 va 10,4 ming kishidan aholi yashaydi. 
So’nggi yillarda vujudga kelgan qishloq urbanizatsiyasi, umuman olganda, 
ijobiy xususiyatga ega bo’lib, u, ayni vaqtda, ijtimoiy- iqtisodiy muammolarni ham 
keltirib chiqardi. Bu borada asosiy masala yangi shaharchalarda shaharga xos va 
mos iqtisodiyot va infratuzilmani rivojlantirishdir. Yangi shaharchalarning paydo 
bulishi bilan viloyat qishloq aholi punktlarining tarkibida ham o’zgarishlar yuz 
berdi: qishloqlar soni kamaydi, ularning o’rtacha aholi ko’rsatkichi pasaydi, asosan 
mayda va o’rta kattalikdagi aholi punktlari qishloq joylar geografiyasi va 
demografiyasini belgilab beruvchi omilga aylandi. Aholi sonining o’sishida uning 
tabiiy harakatining roli katta. Tug’ilish har ming kishi hisobiga 2018-yilda viloyat 
bo’yicha 22,0, o’lim 4,5 kishiga, tabiiy ko’payish esa 17,5 promillega teng bo’lgan. 
Tug’ilish koeffitsienti geografiyasida uncha katta farq sezilmaydi; Shovot tumanida 
24,5 %o, Xivada 24,1 %o, nisbatan past Yangiariq tumanida - 21,3 %o. Urganch 
shahrida u 19,6 promilleni tashkil qiladi. Shu bilan birga, viloyat markazida 
o’limning umumiy darajasi kattaroq - 6,8 promille. Birmuncha past ko’rsatkichlar 
Hazorasp, Shovot va Bog’ot tumanlarida kuzatiladi.
Viloyatda aholi migratsiyasi respublikaning boshqa hududlariga qaraganda
ancha sust. Masalan, 1997-yilda viloyat shahar joylariga atigi 360 kishi kelgan va 
bu yerdan 1980 kishi ketgan (migratsiya qoldig’i minus 1621); 1998-yilda bu 
ko’rsatkichlar yuqoridagilarga mos holda 1890; 3680 va minus 1790 kishini tashkil 
qilgan. 2018yilda viloyatda tabiiy o’sish 31900 nafar kishini, migratsion o’sish -
1144 kishi, aholining umumiy o’sishi 30756 nafar kishini tashkil etgan.Eng so’nggi 
ma’lumotlar ham viloyat qishloq tumanlarida aholi migratsiyasi mamlakatning 
boshqa hududlariga qaraganda ancha pastligini ko’rsatadi.

Download 493.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling