11-Mavzu. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Reja


Download 493.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana18.02.2023
Hajmi493.71 Kb.
#1210975
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
11-MAVZU.O\'zbekiston geografiyasi.Ma\'ruza

Ijtimoiy sohalari. Xorazm viloyatining demografik vaziyatiga bog’liq 
ravishda ijtimoiy sohalar ham rivojlanib bormoqda. 2018yilda viloyatda jami 
tibbiyot muassasalari soni 32 ta, bemor o’rinlarining soni 6,9 ming ta, ambulatoriya- 
poliklinikalar 303 ta, vrachlar 5000 kishi, Har 10 ming kishiga hisoblaganda
viloyatda 37,8 ta bemor o’rinlari, 27,6 nafar vrachlar, 87,3nafar o’rta tibbiyot 
xodimlari to’g’ri keldi. 
Hududiy jihatdan olganda chakana savdo, Urganch shahrini hisobga 
olmaganda, Xazorasp tumanida yaxshi rivojlangan (bu tuman qadimdan o’zining 
bozorlari bilan mashhur bo’lgan). Pullik xizmat hajmining 40 foizi Urganch shahriga 
to’g’ri kelgan zolda, Xiva, Xazorasp va Xonqa tumanlarida ham bu hududiy 
mujassamlashuv darajasi kattaroq. 
Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.2012-yilda 41,9 mln. t yuk tashilgan, 
viloyat doirasida tashilgan yuklar to’liq avtomobil transporti zimmasiga tushadi
temir yul transporti esa asosan tashqi iqtisodiy aloqalarda ishtirok etadi.
Yulovchilar tashish (350 mln. kishi atrofida) va yulovchi aylanmasida ham xuddi 
shunday holat kuzatiladi. 2018-yilda temir yo’llarning uzunligi 199,6 kmni tashkil 
etgan.Mazkur yillarda temir yo’l transporti orqali 230,7 ming tonna yuk va 365,6 
ming nafar yo’lovchi tashilgan. Qattiq qoplamali avtomobil yo’llarining uzunligi 
2165 km bo’lib,146,1 mln tonna yuk, 1250,0 mln nafar yo’lovchi tashilgan.
Yo’lovchilarni boshqa mintaqalar va mamlakatlarga tashishda havo transportining 
ahamiyati katta. Urganch shahrida qurilgan xalqaro toifadagi aeroport bunday 
aloqalarni amalga oshiradi.Xorazm viloyati tashqi savdo aylanmasi 2018-yilda 
272,0 mln AQSh dollarini tashkil etgan, shu jumladan eksport 102,1 mln, import 
170,0 mln dollarga teng. Biroq, respublika ko’rsatkichlariga nisbatan eksport atigi 
0,7, import 0,9 foizga teng, xolos. Eksport tarkibida paxta tolasi (82,1 %) ustunlik 
qilsa, importda esa mashina va uskunalar (42,3 %), kimyo va undan tayyorlangan 
mahsulotlar (32,0%) yetakchilik qiladi.Tashqi savdo aylanmasining 61,2 foizi, 
eksportning 62,8 va importning 58,1 foizi «uzoq xorij» va Boltiqbuyi davlatlariga 


to’g’ri keladi. Tashqi savdo aloqalarida Eron, Xitoy, Ukraina hamda Turkiya 
davlatlari oldinda turadi. Bunday aloqalarning shakllanishida barcha tuman va 
shaharlar katnashishadi. 

Download 493.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling