11-Mavzu. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Reja
Download 493.71 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU.O\'zbekiston geografiyasi.Ma\'ruza
Qishloq xo’jaligi. Xorazm viloyati 2018-yilda O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi mahsulotining 6,5 foizini (1999-yilda 8,7 foizini) bergan. Agroiqtisodiyot tizimida yetishtirilgan jami mahsulotning 47,4 foizini dehqonchilik tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 30,9 foizini fermerlar, 67,8 foizini dehqon xo’jaliklari ishlab chiqaradi.Viloyat bo’yicha qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlar 229,5 ming ga yoki umumiy maydonning 55,4 foizini tashkil qiladi. Sug’oriladigan yerlar 220,6 ming ga bo’lib, bu qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning 2/3 qismidan ko’progi demakdir.Alohida qayd etish joizki, bu borada, ya’ni yerlardan qishloq xo’jaligida intensiv foydalanish nuqtai nazaridan, Xorazm viloyati respublikamizda oldinda turadi. Bog’ot, Gurlan, Ko’shko’pir, Urganch, Xonka, Xiva va Yangibozor tumanlarida qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning 100 foizi sug’oriladigan dalalardan iborat. Faqat Xazorasp tumanida bunday nisbat o’zgacha, xolos. Ushbu tumanning 137,8 ming ga qishloq xo’jaligi yerlaridan 28,8 ming gektari sug’oriladigan yerlar hisoblanadi Pichanzor va yaylovlar bilan band bo’lgan yer maydoni bu yerda ancha katta-79,1 %. Jami ekin maydoni, barcha toifadagi xo’jaliklar bo’yicha, 210,1 ming ga, shu jumladan, fermer xo’jaliklarida 188,6 ming ga, dehqon xo’jaliklarida 39,7 ming ga ni tashkil etadi. Donli ekinlar maydoni —122,0 ming ga) Dehqonchilikning yetakchi yo’nalishi-paxtachilik 91,5 ming ga maydonni egallaydi. Kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari birgalikda 23,7 ming gektarni tashkil etadi. Yem-xashak maydoni 19,8 ming gektarga tengdir. (2018y). Agroiqtisodiy tizimning 2018-yil yakunlari quyidagicha: jami donli ekinlar hosili 385,4 ming t bo’lgan,, shundan bug’doy – 259,0 ming t, paxta-224,1ming t,kartoshka -115,8 ming t, sabzavot – 568,8 ming t, poliz-123,3ming t, meva 148,2 ming t.uzum 39,4ming tonna yetishtirilgan. Viloyat bo’yicha (01.01.2019 y.) barcha toifadagi xo’jaliklarda 911,8 ming bosh yirik shoxli qoramollar, shundan 345,3 ming bosh sigirlar, 428,2 ming bosh qo’y va echkilar, 5557,5 ming bosh parranda mavjud. Bir yilda tirik vaznda 157,9 ming t go’sht, 1012,3 ming t sut, 460,1 mln dona tuxum olingan. Taxlillar ko’rsatishicha, yirik shoxli mollar, qo’y va echkilar So’nggi yilda ancha ko’paygan. Chunonchi, 2000 yilda viloyatda 447 ming bosh yirik shoxli mollar, 218 ming bosh qo’y va echkilar bo’lgan. Mintaqaning barcha qishloq tumanlarida boshoqli don, asosan, bug’doy yetishtiriladi. Bog’ot, Gurlan, Urganch, Xazorasp, Xonqa, Shovot va Yangibozor tumanlarining har birida viloyat g’allasining 10 foizdan ko’prog’i olinadi. Sabzavotchilik bo’yicha, eng avvalo, Xiva va Bog’ot, kartoshka yetishtirishda Gurlan, Urganch, Xiva va Shovot oldingi o’rinlarda turadi. Bog’dorchilik mahsulotining hajmi Shovot va Xivada, uzum yetishtirish Bog’ot tumanida ko’proq. Chorvachilik mahsulotlarining geografiyasi o’ziga xos. Go’sht Xazorasp, Urganch va Shovotda, sut yetishtirish Urganch, Xazorasp, Gurlan va Xiva, parrandachilik Xiva, Urganch va Xonqa tumanlarida nisbatan rivojlangan. Urganch tumani shahar atrofi qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan. Qoramollar soni bo’yicha ham Urganch tumani yetakchi. Shuningdek, chorvachilikning bu sohasi (sut-go’sht chorvachiligi) Xazorasp va Xonka tumanlarida ham birmuncha yaxshi ko’rsatkichlarga ega. Qo’y va echkilar soni boshqa tumanlarga qaraganda Ko’shko’pir, Bog’ot, Xazorasp va Urganch tumanlarida, parrandachilik Urganch, Xonqa, Xiva va Bog’ot tumanlarida ko’proq. Download 493.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling