21-Mavzu. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
21-MAVZU.MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar: Geografik o’rin,tabiiy sharoit va mineral resurslari,aholi tarkibi, urbanizatsiya
21-Mavzu. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja: 1.Iqtisodiy rayonning geografik o’rni 2.Iqtisodiy rayonning tarkibi: 2.1.Jizzax viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi 2.2.Sirdaryo viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi Tayanch so’zlar: Geografik o’rin,tabiiy sharoit va mineral resurslari,aholi tarkibi, urbanizatsiya darajasi, sanoat industriyasi,intensiv qishloq xo’jaligi, transport taraqqiyoti. 1.Iqtisodiy rayonning geografik o’rni Mirzacho’l iqtisodiy rayoni o’tgan asrning 80-yillarida Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlari negizida tashkil topgan. Uning maydoni 25,4 ming kv. km. bo’lib, respublika hududining 5,7 foiziga tengdir. Maydoni bo’yicha bu ikki ma’muriy hudud bir-biridan keskin farq qiladi: Jizzax viloyatining maydoni 21,2 ming kv. km. bo’lib, Sirdaryonikidan deyarli 5 marta katta.Mazkur iqtisodiy rayon aholisi 2 322 ming kishi (2022y 1-yanvar) yoki O’zbekiston aholisining 6,5 foiziga yaqini shu hududda yashaydi. Maydoni bo’yicha ham, demografik salohiyati bo’yicha ham Sirdaryo viloyati mamlakatimizda eng kichik hisoblanadi. Bu yerda rayon hosil qiluvchi asos sifatida yangi yerlarni o’zlashtirish xizmat qilgan. Binobarin, hududiy mehnat taqsimotida Mirzacho’l respublikamizda, eng avvalo, o’zining agrosanoat majmuasi bilan ajralib turadi. Rayon xo’jaligi paxta, poliz ekinlarini yetishtirishga, g’allachilikka ixtisoslashgan. Uning hissasiga O’zbekiston yalpi ichki mahsulotining 5,3 foizi, sanoat ishlab chiqarishining 4 % va qishloq xo’jalik mahsulotining 9,9 foizi to’g’ri keladi.(2021y). Umuman olganda, Mirzacho’l endi shakllanayotgan, hududiy ishlab chiqarish majmuasi to’liq siklga ega bo’lmagan iqtisodiy makon hisoblanadi. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni tabiiy resurslarga, xususan foydali qazilmalarga uncha boy emas. Bunga uning geologik utmishi, yer usti ham o’z ta’sirini ko’rsatgan. Rayonning kuchli tomonlari uning nisbatan qo’lay iqtisodiy geografik o’rni, mehnat resurslari, infratuzilma hamda qurilish va elektr energiya ba’zasining mavjudligida namoyon bo’ladi. Zaif tomonlari esa qazilma resurslarining ozligi, iqtisodiy “zanjirining” to’liqsizligi, qayta ishlash sanoatining rivojlanmaganligidir. Boshqacha qilib aytganda, Mirzacho’l Toshkent va Zarafshon iqtisodiy rayonlari o’rtasida o’zigaxos “vakum” hisoblanadi Ayni vaqtda, rayon o’ziningbunday oraliq geografik mavqesidan ham foydalanishi mumkin. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling