21-Mavzu. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja
Sirdaryo viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
21-MAVZU.MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs (1)
2.2.Sirdaryo viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi
Sirdaryo viloyati O’zbekiston Respublikasining maydoni va aholi soni bo’yicha eng kichik ma’muriy birliklaridan sanaladi. U 1963-yil 16- fevralda tashkil etilgan, maydoni 4,28 ming kv. km yoki respublika hududining bor-yug’i 0,95 foizini tashkil etadi, xolos. Bu borada u mamlakatimizda oxirgi o’rinda turadi. Aholisi 2022-yil 1-yanvar ma’lumotlariga qaraganda, 878,6 ming kishini tashkil etadi. Bu O’zbekiston jami aholisiga nisbatan 2,4 %, Mirzacho’l iqtisodiy rayonining 39,0 foizi demakdir. Aholi soni bo’yicha ham viloyat eng so’nggi o’rinda.Mamlakatimiz va iqtisodiy rayon hududiy mehnat taqsimotida bu mintaqa avvalo qishloq xo’jalik mahsulotlariga, jumladan, paxta, poliz ekinlari, don va boshqa mahsulotlarni yetishtirishga ixtisoslashgan. xo’jaligi, umuman olganda, hududiy agro-industrial majmua shakliga ega. Qolaversa, ushbu viloyatning tashkil etilishini asosiy maqsadi ham yangi yerlar, ya’ni Mirzacho’lni o’zlashtirish asosida paxtachilikni rivojlantirish bo’lgan. Bundan taxminan 100 yil muqaddam mazkur cho’lning o’zlashtirilishi Chor Rossiyasi tomonidan boshlangan va usha vaqtda juda katta maydonni egallovchi Sirdaryo viloyati (bo’limi) ham tashkil etilgan. Sirdaryo viloyati O’zbekiston yalpi ichki mahsulotining 2,1 foizini beradi, uning sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi - 2,1 % dir. Qishloq xo’jaligining hududiy mujassamlashuv ko’rsatkichi ancha yuqori, ya’ni 3,3 foizga teng (2021y). Qolgan asosiy ijtimoiy- iqtisodiy indikatorlar 1,5-1,9 % atrofida, eksport-import salohiyati esa bundan ham past. Sirdaryo viloyati ma’muriy jihatdan 8 ta qishloq tumanlari, 5 ta tumanga bo’ysunuvchi shahar va 25 ta shaharchalardan iborat. qishloq fuqarolar yig’inlari 69 ta bo’lib, ular jami 257 ta qishloq aholi punktlarnni birlashtiradi. Ayrim qishloq tumanlari viloyat tashkil topganidan oldin ham mavjud bo’lgan. Masalan, Sirdaryo tumani 1939-yilda, Guliston 1952 yilda, Boyovut - 1961 yilda ajratilgan. Eng So’nggi tuman 1988-yilda tashkil etilgan (Mirzaobod). Viloyat maydoni kichik, uning tumanlari ham shunga mos holda mayda, o’rtacha har bir qishloq tumanlariga 0,54 ming kv. km to’g’ri keladi. Biroq, bu ko’rsatkichlar xududi bo’yicha deyarli tengdosh Andijon viloyatiga solishtirilsa, ular nisbatan kattaroq tuyuladi. Ma’lumki, Andijon viloyatining maydoni 4,30 ming kv. km bo’lib, shunday kichik xududda 14 ta qishloq tumanlari bor, har bir tumanning maydoni o’rtacha 0,31 ming kv km. Viloyatda eng katta tuman bilan eng kichik tuman orasidagi nisbat (Mirzaobod va Guliston tumanlari) 1,83 martani tashkil qiladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling