21-Mavzu. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
21-MAVZU.MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs (1)
2.Iqtisodiy rayonning tarkibi: 2.1.Jizzax viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi Jizzax viloyati O’zbekistonRespublikasi tarkibida dastlab 29 dekabr 1973-yilda tashkil etilgan va u 6 sentyabr, 1988-yilda qo’shni viloyatlar tarkibiga kiritilgan. Hozirgi holatda esa Jizzax viloyati 1990-yil 16 fevralda qayta tiklangan. Viloyat o’zining maydoniga kura, mamlakatimizda o’rta mavqeni egallaydi (respublikada 13 ta ma’muriy mintaqalarning har biriga o’rtacha 34,5 ming kv km yer to’g’ri keladi). Uning xududi 21,2 ming kv km bo’lib, bu jihatdan Surxondaryo viloyati bilan deyarli tengdir. O’zbekistonga nisbatan viloyat maydoni 4,7 foizga barobar bo’lgan holda, bu yerda, 2022 y 1-yanvar yil ma’lumotlarnga qaraganda, 1443,4 ming yoki mamlakatimiz aholisining 4,0 foizi yashaydi. Bu ikki nisbiy raqamlarning qiyosiy tahlili Jizzax viloyatida aholi joylashuvi respublika o’rtacha ko’rsatkichidan biroz pastligidan guvoxlik beradi. Darhaqiqat, viloyat aholisining zichligi 1 kv. km ga - 58 kishi, mamlakatimizda esa — 68 kishini tashkil etadi.Ma’muriy jihatdan Jizzax viloyati 12 ta qishloq tumanidan iborat. Ularning eng kattasi Forish tumani - 9,8 ming kv. km yoki viloyat hududining 46,2 %, eng kichik maydon esa Zafarobod tumani - 0,33 ming kv. km. Shunday qilib, viloyat hududining geografiylik koeffitsienti, ya’ni eng katta maydonga ega bo’lgan tumanning eng kichigiga nisbati 29,7 ga barobar. Viloyat qishloq tumanlarining dastlabkisi Jizzax va Zomin, eng so’nggisi Yangiobod tumani bo’lib, u 1999 yilda qo’shni Sirdaryo viloyatining to’tash xududi hisobidan tashkil etilgan. Jizzax viloyati mamlakat hududiy mehnat taqsimotida paxta, poliz, g’alla va bog’dorchilik mahsulotlarini hamda jun va go’sht yetishtirish bilan ajralib turadi. Sanoatining tog’-kon, yengil va oziq-ovqat tarmoqlari respublika ahamiyatiga ega. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling