21-Mavzu. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
21-MAVZU.MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs (1)
Ijtimoiy sohalari. Jizzax viloyatida, mamlakatimizning boshqa mintaqalari
singari, ijtimoiy sohalar rivojlanishiga ustuvor ahamiyat berilmokda. Viloyatda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan chakana savdo aylanmasi Jizzax shahridan tashqari, G’allaorol, Jizzax Zomin va Baxmal tumanlarida, pullik xizmat Jizzax G’allaorol, va Zomin tumanlarida, nisbiy ko’rsatkichlarda, yuqori ulushlarga ega. Aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi viloyat bo’yicha o’rtacha 72,3 %, tabiiy gaz bilan - 75,4 %. Ko’rinib turibdiki, ushbu sohada o’z yechimini topmagan muammolar ham mavjud. Jami tibbiyot muassasalari soni 45 ta, ularning ko’pchiligi byudjet tizimida. Bemor o’rinlar soni har 10 ming aholiga 38,2 ta, ambulatoriya - poliklinika muassasalari 187 ta.2018-yilda viloyatda jami 2300 nafar vrachlar bo’lib, har 10000 kishiga -17,1 ta vrach, 90,6 o’rta meditsina xodimlari xizmat ko’rsatgan;(2018y) 2018-2019yilgi o’quv yilida umumta’lim maktablari 544 ta, o’quvchilar – 247,3 ming kishi; har bir maktabda o’rtacha 454 nafardan o’quvchi bor. Bu ko’rsatkich aholi zich joylashgan mintaqalar - Farg’ona vodiysi, Xorazm va Toshkent viloyatlariga qaraganda ancha past, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro yoki Navoiy viloyatlariga nisbatan esa kattaroq. Ta’lim geografiyasidagi bunday tafovutlar mintaqalarning tabiiy sharoiti va ishlab chiqarish hamda aholini hududiy tashkil etish xususiyatlari bilan bog’liq.Jizzax shahrida 2 ta oliy o’quv yurti - pedagogika va politexnika institutlari bor. Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari. Jami kiritilgan investitsiyaning 2/5 qismi ishlab chiqarish tarmoqlariga, 60,0 foiziga yakzini noishlab chiqarish sohalariga yunaltirilgan. Albatta, bu quyilmalar yaqin kelajakda o’z samarasini beradi.Investitsiyalar hududiy tarkibida Jizzax yetakchi - 34,2 %, G’allaorol tumaniga jami investitsiya hajmining 13,0 % to’g’ri keladi. Shuningdek, Baxmal, Jizzax va Zomin tumanlarining ham xissasi katta. Ayni vaqtda, bu ko’rsatkich Yangiobod, Zafarobod va Mirzacho’l tumanlarida juda past. Xorijiy investitsiyalar yordamida 50 ta qo’shma korxona tashkil etilgan. Jizzax viloyatining transport geografik o’rni qo’lay. Bu yerdan Katta o’zbekyuli, elektrlashtirilgan temir yul o’tgan. Viloyat va uning markazi - Jizzax shahri Toshkent, Samarqand, Bekobod shaharlari bilan aloqa qilish uchun qo’lay imkoniyatga ega. Tashqi iqtisodiy aloqalar, asosan Xitoy, Rossiya, Shveytsariya, Gonkong, Turkiya, Singapur va boshqa davlatlar bilan olib boriladi. 2012- yilda viloyatning tashqi savdo aylanmasi 175,6 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan va o’tgan yilga nisbatan biroz kamaygan (270,6 mln dollar). Eksport 115,3 va import 60,3 mln. dollarni tashkil qilgan. 2008 yilda bu ko’rsatkichlar mos tarzda, 131,0; 103,8; va 27,1 mln. AQSh dollari hajmiga teng bo’lgan.Eksport tarkibida paxta tolasi 73,2 % (2009-yilda 81,6 %, 2008 yilda 64,9 %), oziq-ovqat mahsulotlari 10,1 %. Import tarkibida esa mashina va uskunalar 30,9 % (2008 yilda 53,0 %), oziq-ovqat mahsulotlari 31,1 % (13,6 %) foizni tashkil etgan.Iqtisodiy aloqalar geografiyasida Paxtakor (eksportda 19,4 %) va Do’stlik (10,3 %) tumanlari oldinda turadi. Importda esa, eng avvalo, Jizzax shahrining ulushi katta -55,8 %. Zarbdor tumani ham bu borada ajralib turadi - 17,6 %. Ayni vaqtda, Arnasoy, Dustlik va Mirzacho’l qishloq tumanlarida ko’rilayotgan yilda import kam darajada amalga oshirilgan.2018yilda O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalari eksportining 0,5foizi, importining 1,3 foizi viloyat hissasiga to’g’ri kelgan. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling