21-Mavzu. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1413075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
21-MAVZU.MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs (1)

Qishloq xo’jaligi. Turli tarmoqlarga ixtisoslashgan qishloq xo’jaligiJizzax 
viloyati iqtisodiyotining yetakchi tarmog’i hisoblanadi Mintaqa paxta, chorvachilik, 
bog’dorchilik, lalmikor dehqonchilik, asalarichilik, kartoshka, sabzavot, poliz 
(kovun, tarvo’z ) mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan. Dehqonchilik hissasi 
- 48 %. Bu nisbat ob- havo, iqlim sharoitlari hamda mamlakatimizning agrar siyosati 
ta’sirida o’z garib turadi. 
Viloyatda jami qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlar 1160,0 ming 
gektarga teng. Uning 23,8 foizi sug’oriladigan yerlar(2018y). Ko’rinib turibdiki, 
mintaqada intensiv ravishda qishloq xo’jaligi, xususan sug’orma dehqonchilikni 
rivojlantirish imkoniyatlari birmuncha cheklangan. Sug’oriladigan yerlar ulushi 
ayniqsa tog’ va tog’oldi hududlarda joylashgan Forish, Zomin, Baxmal, G’allaorol, 
Yangiobod qishloq tumanlarida oz. Forish tumanining qishloq xo’jaligida 
foydalaniladigan yerlardan bor-yug’i 0,3 foizi, Yangiobod tumanining 6,6, Baxmal 


tumanining 8,2 foizi sug’oriladigan yerlarga to’g’ri keladi. Bu ko’rsatkich Arnasoy, 
Zafarobod, Mirzacho’l tumanlarida ancha yuqori, Zarbdor, Paxtakor, Jizzax 
tumanlarida esa u deyarli 100 foizga teng.Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan 
yerlarning 38,4 foizi ekin maydonlari bilan, 59,8 foizi pichanzor va yaylovlar bilan 
band. Pichanzor va yaylovlar Baxmal, Zomin, Forish, Yangiobod kabi tog’ va 
tog’oldi hududlarda joylashgan qishloq tumanlarida, ekin ekiladigan yerlar esa 
pasttekislik hududlarda (Arnasoy, Do’stlik, Paxtakor, Zarbdor vaboshqalar) ko’p. 
Qishloq xo’jalik ekinlarining umumiy maydoni 356,4 ming gektarni tashkil 
qiladi(2017y). Jami qishloq xo’jalik mahsulotining 63,0 foizi dehqon xo’jaligiga, 
36,2 foizi fermer xo’jaliklariga to’g’ri keladi. Dexqon xo’jaliklarining ulushi 
chorvachilikda, bog’dorchilik, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlarini 
yetishtirishda ko’proq. Fermer xo’jaliklari esa, asosan paxtachilikda. Shu o’rinda 
ta’kidlash joizki, Jizzax viloyatida, qo’shni Sirdaryo viloyatida bo’lgani kabi, 
tadbirkorlar asosan fermer xo’jaliklarida faoliyat ko’rsatishadi. Ular yoki ularning 
ota-bobolari bir vaqtlar respublikamizning boshqa viloyatlaridan ayni shu maqsadda 
ko’chib kelishgan.


Fermer xo’jaliklariga biriktirilgan yer maydoni 475 ming ga, ularda 
ishlaydiganlar 61,3 ming kishi, har bir fermer xo’jaligiga o’rtacha 11,2 gektardan 
yer to’g’ri keladi. Vaholanki, bu ko’rsatkich Farg’ona vodiysi viloyatlari hamda 
Xorazm viloyatida juda past. 2018-yil yakunlari bo’yicha barcha donli ekinlar 
maydoni 237,0 ming ga, umumiy hosil – 524,7 ming t, hosildorlik 22,1 s/ga teng 
bo’lgan. Mazkur yilda viloyatda 136986 gektarga bug’doy ekilgan.Yalpi hosil 400 
ming tonnani, hosildorlik 29,2 sentnerni tashkil etgan. Paxta maydonlari 81,7 ming 
ga, yalpi hosil – 146,4 ming t, hosildorlik 18,3 s/ga ni tashkil etgan. 
Kartoshka,sabzavot,poliz 21,3 ming gektarga ekilib,undan 62,2ming tonna 
kartoshka,394,9 ming tonna sabzavot, 227,0ming tonna poliz mahsulotlari 
yetishtirilgan.Hosildorlik esa kartoshka yetishtirishda 185,2 s/ga, sabzavotda 224,4 
sentnerni ,poliz ekinlarida 139,6 sentnerni tashkil etgan. Viloyatda ushbu yilda 
82,5ming tonna meva va rezavorlar, 24,7 ming tonna uzum yetishtirilgan. 
Viloyat qishloq xo’jaligida 2018-yilda tirik vaznda 212,4 ming t go’sht, 593,9 
ming t sut, 270,2 mln dona tuxum, yetishtirilgan. Barcha toifadagi xo’jaliklarda yirik 


shoxli qoramollar 893,7 ming bosh (ko’pchiligi dehqon xo’jaliklarda),shundan 
sigirlar 251,1ming bosh, qo’y va echkilar 2118,3 ming bosh, parrandalar 3285,8 
ming bosh bo’lgan. 
Qishloq xo’jaligi geografiyasida sezilarli hududiy tafovutlar mavjud. Eng ko’p 
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini (qiymatiga kura) Baxmal, G’allaorol, Jizzax Zomin 
va Do’stlik tumanlari beradi. Turli xil qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda 
ham tumanlararo farqlar yaqqol ko’zga tashlanadi. Masalan, boshoqdi don ko’proq 
Do’stlik, Mirzacho’l, Zomin va Paxtakor tumanlarida, poliz - Zarbdor va 
Mirzachulda, sabzavot - G’allaorol, Baxmal va Jizzax tumanlarida, kartoshka - 
Baxmal va G’allaorolda, meva - Baxmalda yetishtiriladi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling