11-Mavzu. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Reja


Aholisi va mehnat resurslari


Download 493.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana18.02.2023
Hajmi493.71 Kb.
#1210975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-MAVZU.O\'zbekiston geografiyasi.Ma\'ruza

Aholisi va mehnat resurslari. Aholisi – 1869,8 ming kishi (2019 y 1-yanvar). 
Jami aholi sonining 49,0 foizi shahar joylarda yashaydi, qolgan qismi 1130 ta ovul 
va qishloqlarga to’g’ri keladi. Aholi zichligi - 1 km" ga atigi 11,2 kishi. Tabiiyki, bu 


“o’rtacha” ko’rsatkich Nukus shahri atrofida hamda intensiv dexqonchilik 
rivojlangan hududlarda ancha yuqori.
QR bo’yicha tug’ilish 2013-yilda 22,6 va o’lim 4,7 promillega teng bo’lgan. 
2009-yilda bu ko’rsatkichlar 24,7 va 5,0 ni tashkil etgan.Bu ko’rsatkich 2017yilda
tug’ilish 20,6 promille,o’lim 4,7 va taviiy o’sish 15,9 promilleni tashkil etgan. 
2018yilda esa tug’ilish 21,6 promille ,o’lim 4,6, tabiiy o’sish 17,0 promilleni tashkil 
qilgan. 
Ekologik vaziyatning noqo’layligi sababli aholining migratsiya harakatlari bu 
yerda muntazam salbiy natijalarga ega. Jumladan, birgina 1998-yilda QRning shahar 
joylarida migratsiya qoldig’i, ya’ni kelganlar bilan ketganlar nisbati minus 3 ming, 
qishloq joylarda esa minus 1750 kishiga barobar bo’lgan. 1997-yilda bu raqamlar, 
yuqoridagilarga mos holda, minus 3168 va 1729 kishini tashkil qilgan. Mintaqada 
keyingi yillarda ushbu jarayonning asosiy ko’rsatkichlari biroz o’zgarib bormoqda. 
Masalan, har ming kishiga hisoblaganda, 2010-yilda ketganlar 15,4, kelganlar 8,3, 
migratsiya qoldig’i minus 7,1 promille yoki 2013-yilda bu ko’rsatkichlar mos 
ravishda 8,3, 12,1 va minus 3,8 promilleni tashkil qilgan. Migratsiya aylanmasi
xususan, Taxtako’pir, Xo’jayli, Shumanay va Muynoq tumanlarida katta, uning 
natijasi ham yuqori salbiy
ko’rsatkichlarga ega. Chunonchi, migratsiya saldosi Nukus tumanida minus17,7, 
Taxtako’pirda - 15,6, Xo’jaylida - 9,6, Muynoqda - 9,9 promille; nisbatan past daraja 
Turtko’l, Beruniy, Ellikqala tumanlarida qayd etilgan. Mazkur tumanlar ekologik 
vaziyati birmuncha qo’lay bo’lgan janubiy rayonlarda joylashgan. Ijobiy saldo 
migratsiyasi faqat Nukus shahriga tegishli - plyus 5,0 %. 
QRda 2018 yilda tabiiy o’sish 31506 nafar kishi,migratsion o’sish esa -
4045nafar kishi ,o’mumiy o’sish esa 27461kishini tashkil etgan. Demak QRda bir 
davomida 27461 kishiga ko’payib bormoqda.2017yilda bu yerga 10746 nafar kishi 
ko’chib kelgan bo’lsa,15009 nafar kishi ko’chib ketgan.Migratsiya saldosi -
4263kishini tashkil etgan. 2018yilda kelganlar soni 10816 nafarni, ketganlar soni 
14861nafar kishini tashkil etgan.Migratsiya saldosi esa -4045nafarni tashkil qilgan.
Jami aholidan 917,7 ming kishi 12 ta shahar va 26 ta shaharchalarda yashaydi. 
Eng katta shahar QR poytaxti - Nukus bo’lib, unda 312,4 ming aholi istiqomat 
qiladi.(2019y 1-yanvar) Xo’jayli (71,6 ming aholi yashaydi), Beruniy (61,8ming) 
Turtko’l (63,1ming) va Chimboy(54,1ming) o’rta shaharlar qatoriga kiradi; 
Taxiatashda 5,0 ming kishi, Mang’itda va Qo’ng’irot shaharlarining har biriga 30-
50 ming kishidan iborat aholi tug’ri keladi. Qolgan shaharlarda aholi soni bundan 
kam. 2009-yilda “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi” Davlat dasturi doirasida bu 
yerda 11 ta qishloq aholi manzilgohiga shaharcha maqomi berilgan va shu 
munosabat bilan umumiy urbanizatsiya ko’rsatkichi 2008-yildagi 48,5 foizdan 50,4 
foizga o’zgargan. 2019yilning 1-yanvarida urbanizatsiya darajasi 49,0 foiz bo’lgan. 


Qoraqalpog’istonda 1130 ta qishloq aholi punktlari mavjud bo’lib, ularning har 
biriga o’rtacha 842 kishi to’g’ri keladi. Qishloqlar demografik sig’imining kamligi 
mintaqaning “cho’llik” xususiyatini aks ettiradi.
Respublika aholisining milliy tarkibi har xil o’zbeklardan tashqari 
Qoraqalpoqlar 36,5 %, qozoqlar - 17,2 %, turkmanlar - 5,2 %, ruslar 0,6 % dir. 2018-
yil ma’lumotlariga kura, QRda mehnatga layoqatli yoshdagi aholining soni1127,0
ming kishi, iqtisodiy faol aholi 779,5 ming, iqtisodiyotda band bo’lganlar esa 705,2 
ming kishi. Band bo’lgan aholining 27,3 foizi qishloq xo’jaligiga, 8,6 foizga yaqini 
sanoatga to’g’ri keladi.

Download 493.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling