Termiz Davlat Unversiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1520666
  1   2
Bog'liq
Xasanov Kamoljon111



Termiz Davlat Unversiteti 
Iqtisodiyot va turizm fakulteti 
Iqtisodiyot yo`nalishi 3-kurs
320-guruh talabasi
Xasanov Kamoljonning Mintaqaviy 
iqtisodiyot Fanidan
Slaydi 


6-10-mavzular yuzasidan slaydlar 
Reja
1.
Mehnat bozorini tartibga solish va uni takomillashtirish yo’llari.
2. Strategik ahamiyatga ega tarmoqlarning milliy va mintaqaviy iqtisodiyotdagi roli. 
 3. Qishloq xo’jaligi taraqqiyotida mintaqalar tabiiy-iqlim sharoiti va 
relefning ahamiyati 
4. Axborot-telekommunikatsiya xizmatlari sohasining rivojlanish xususiyatlari. 
5. Boshqaruv organlari o’rtasida vakolatlarni taqsimlash zaruriyati


• Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida 
aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash, u yoki bu 
ijtimoiy muammolarni hal qilish, ijtimoiy-mehnat mojarolarini bartaraf 
etish bo’yicha ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o’rtasidagi 
munosabatlar markaziy o’rin egallaydi. Mehnat bozorida mazkur 
munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va hududiy usullar asosida tartibga 
solinadi. Jamoaviy bitimlar tuzilayotganda O’zbekiston Respublikasining 
«Mehnat Kodeksi», Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyasi va 
tavsiyalariga asoslaniladi. Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyasida 
(54-bandida) ta’kidlanganidek, “Jamoaviy muzokaralar, bir tomondan, 
tadbirlar, tadbirkorlar guruhi bilan, boshqa tomondan esa, 
mehnatkashlarning bitta yoki bir necha tashkiloti o’rtasida: a) mehnat 
sharoiti va bandlikni belgilash; b) tadbirkorlar va mehnatkashlar o’rtasidagi 
munosabatlarni tartibga solish; v) tadbirkorlar yoki ularning tashkilotlari va 
mehnatkashlarning tashkiloti yoki tashkilotlari o’rtasidagi munosabatlarni 
tartibga solish maqsadlarida olib boriladigan barcha muzokaralarni 
bildiradi”.


• Mehnat bozorida bunday tartibga solishni qo’llanishning eng muhim afzalligi shundaki, unda 
qabul qilinadigan qarorlar nihoyatda qayishqoq (egiluvchan, moslashuvchan) bo’ladi, ularni 
na qonunchilik, na sud va na ma’muriy usullarga qiyoslab bo’lmaydi.
• Aholini ish bilan ta’minlash va bandlik masalalari davlat hamda jamiyat uchun ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy ahamiyatga ega bo’lib, mamlakatning taraqqiyot darajasi, barqarorlik, 
fuqarolar eng muhim huquqlarining amalga oshirilishi ushbu muammo amalda qanday hal 
etilganligiga bog’liqdir.
• Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risidagi qonun hujjatlari O’zbekiston Respublikasi 
fuqarolariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan chet 
el fuqarolari hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga tadbiq etiladi.
• O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 8-moddasida ta’kidlanishicha, quyidagi ishlar:
• -harbiy yoki mutloq xizmat to’g’risidagi qonunlar asosida;
• -favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda;
• -sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan;
• -qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo’lgan ishlar majburiy mehnat 
deb hisoblanmaydi.


• O’zbekiston sanoati ayni vaqtda o’z tarmoqlari va boshqa ijtimoiy 
tarmoqlar uchun moddiy-texnik vositalar hamda xalq ehtiyojiga kerak 
bo’ladigan mahsulotlarni ham uzluksiz tayyorlab bermoqda. Shu boisdan 
ham sanoat ishlab chiqarishi darajasi va samaradorligining o’sishini 
ta’minlash lozim. Chunki sanoat ishlab chiqarishi darajasi qanchalik yuqori 
bo’lsa, respublikamizning iqtisodiy poydevori shuncha mustahkam, 
aholining turmush sharoiti ham shuncha yaxshi bo’ladi.
• Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiyalash 
dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlanishi, respublika sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga 
zamin yaratdi. 1995 yilda sanoat ishlab chiqarishning hajmi 1990 yilga 
nisbatan 0,2 foizga kamayganiga
• 2018 yilda esa 1995 yilga nisbatan 4,6 martaga oshdi.
• Sanoat tarmoqlari faoliyatiga baho berganda, sohalardagi iqtisodiy o’sish 
ko’rsatkichlari bilan birga, ulardagi rentabellik ko’rsatkichlari ham tahlil 
qilinadi. 



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling