Termiz Davlat Unversiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqXasanov Kamoljon111
11
. O’zbekiston Respublikasida jami sanoat ishlab chiqarish • Tabiiy omillar har qanday hudud taraqqiyotining asosini, ya’ni poydevorini tashkil etadi. Ularga joylarning relefi, geologik tuzilishi, iqlimi, suvlari, tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosi kiradi. Har bir omil ma’lum darajada xalq ho’jaligining u yoki bu tarmog’iga katta ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonning markaziy, janubiy va sharqiy qismlari yer yuzasi sharqqa – tog’ oldi va tog’larga tomon asta-sekin ko’tarilib boradi. G’arbiy qismi esa cho’ldan iborat. Joy balandlashgan sayin tuproq-o’simliklar o’zgarib dashtga o’tiladi. O’zbekistonning markaziy va sharqiy qismlarida xalq xo’jaligi uchun juda muhim bo’lgan Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo, Sirdaryo, Chirchiq vaOhangaron daryolari vodiylari va nihoyat tog’lar o’rtasidagi Farg’ona vodiysi bor. O’zbekistonning qolgan qismi tekislik–cho’ldan iborat. Respublikaning chekka shimoliy–g’arbida Qoraqalpog’iston Respublikasi yeridaOrol dengiziga taqalib kelgan cho’l va suvsiz keng Ustyurt platosi joylashgan. • Mamlakatimiz hududini tabiiy sharoiti va xo’jalikdagi ahamiyatiga ko’ra cho’l, adir, tog’, yaylovlarga bo’lish mumkin. Dengiz sathidan 400 m balandlikgacha bo’lgan joylar cho’l mintaqasi hisoblanadi. Bu yerlardan yaylov chorvachiligida foydalaniladi, ammo cho’lning ozuqa boyligi juda kam. 1 ta qo’y uchun 2–3 gektar o’tloq talab etiladi. SHu hisobdan O’zbekiston cho’llarida 10 mln boshgacha qorako’l qo’y boqsa bo’ladi. Cho’l yaylovlarini yaxshilash va kengaytirish hisobiga qorako’l qo’ylarini soni 11–12 mln boshga yetkazish mumkin. O’zbekiston iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, qishi ancha sovuq. Mamlakat ichida esa chekka shimol va shimoli-g’arbda mo’’tadil, qolgan tekislik hududlarda subtropik xususiyatga ega. Yillik o’rtacha harorat shimoldagi +8,9 janubdagi +18 darajagacha farqlanadi. • Aloqa turli vositalar yordamida axborot va ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishni bildirib, ushbu vazifalar iqtisodiyotning pochta, telefon, telegraf, radio, televidenie kabi yo’nalishlarini o’z ichiga oladi. Telekommunikatsiya turli signal, belgi, matn, tasvir va ovozlar orqali uzatiladigan axborotlarni qayta ishlash tizimlari majmuasi sifatida faoliyat yuritadi. Tor ma’noda bir yoki bir necha turdagi telefon, telegraf, faksimil axborotlar almashinuvi, televizion va radio dasturlarni uzatishga mo’ljallangan texnika vositalari to’plami telekommunikatsiya tarmog’i deb yuritiladi. • Internet tezkor axborot olish, yetkazish va unga ishlov berish manbai hisoblanadi. Shu bois undan foydalanuvchilar soni tobora ko’payib bormoqda. Ayni paytda mamlakatimizda ushbu tarmoqdan foydalanuvchilar 12 million, mobil aloqa abonentlari esa 22 million kishidan oshdi. • “Internet Live Stats” internetdan foydalanadigan aholi soni bo’yicha 201 ta davlatning reytinigi tuzib chiqdi. Mazkur reytingda O’zbekiston 37 o’rinda qayd etildi. Unda yurtimizning 51 foiz aholisi ya’ni 15453227 kishi doimiy ravishda internetdan foydalanishi yozib o’tilgan. • O’zbekistonda bir yilda internetdan foydalanuvchilar soni 6.1 foizga ya’ni 893596 kishiga oshgan. • Internetdan foydalanish bo’yicha Xitoy (721 million), Hindiston (462 million), AQSh (286 million), Braziliya (139 million) va Yaponiya (115 million) dastlabki o’rinni band etgan. MDH davlatlari orasida Rossiya 6-o’rin, Ukraina 34o’rin, Qozog’iston 47-pog’ona, Belorus 61-o’rin, Qirg’iziston 106 o’rin, Tojikiston va Turkmaniston 114 va 134-pog’onalarda qayd etilgan. • Mahalliy boshqaruv organlariga davlat tomonidan kafolatlar berish hamda davlat hokimiyati va mintaqa boshqaruv organlari tomonidan mahalliy hokimiyat organlariga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi va mahalliy boshqaruv sohasida amalda bo’lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning ijro etilishini ta’minlash respublika, mintaqa va mahalliy hokimiyat organlari o’rtasida vakolatlarni samarali taqsimlashning muhim shartidir. • O’zbekistonda respublika mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari o’rtasida vakolatlarni taqsimlashning quyidagi asosiy tamoyillariga asoslanadi: • davlat, mintaqaviy va mahalliy siyosat maqsadlari, yo’nalishlari, vazifalari hamda vakolatlarini taqsimlash mexanizmlarining yagonaligi prinsipi; • Respublika, mintaqa va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda mahalliy boshqaruv organlari o’rtasida o’zaro hamkorlik va aloqa o’rnatish • prinsipi; • mahalliy boshqaruv organlarining vakolatlariga davlat hokimiyati yuqori organlarining aralashmasligi prinsipi va h.k. • Respublika, mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari o’rtasida vakolatlarni yanada aniq taqsimlash davlat hokimiyatining mazkur bo’g’inlarini boshqarish mexanizmining samaradorligini oshirish, har birining mustaqilligini kengaytirish imkonini beradi. E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!! Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling