Termiz davlat unversiteti yuridik fakulteti


Kurs ishining metodologik asoslari


Download 149.02 Kb.
bet4/10
Sana18.02.2023
Hajmi149.02 Kb.
#1209556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Doc1

Kurs ishining metodologik asoslari. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning milliy madaniyat va ma`naviyatni rivojlantirish, an`anaviy qadriyatlar tizimini tadqiq va targ'ib etish borasidagi nazariy qarashlari dissertatsiyaning metodologik asosini tashkil etadi. SHuningdek, ishda nazariy xulosalar yaratishda N.Karimov, B.Nazarov, S.Mirvaliev, B.Qosimov, SH.Rizaev, M.Jumaboev, R.Barakaev, Y.Abdullaev va boshqa adabiyotshunoslarning ilmiy asarlarida bayon qilingan nazariy xulosalarga asoslanildi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Ushbu ishning ilmiy yangiligi, avvalo, o'zbek adabiyotshunosligida yaratilgan ilk darsliklar sifatida Abdulla Avloniyning ‘‘Adabiyot yoxud milliy she`rlar” ,‘‘Birinchi muallim”, ‘‘Turkiy guliston yoxud axloq”, ‘‘Ikkinchi muallim” asarlari tabiatini, badiiyatini, obrazlar olamini, o'ziga xos g'oyaviy mundarijasini ilk bor monografik jihatdan yaxlit tadqiq etishga bag'ishlanayotgani bilan belgilanadi. Ishda bu asarning bolalar adabiyoyotida tutgan o'rni, o'ziga xos xususiyatlari birinchi marta maxsus tadqiq etildi. Unda muallifning darslik yaratish uchun foydalangan asarlari, asos bo'lgan manbalari aniqlandi. Abdulla Avloniyning ta`lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o'zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog'langanligi,uning boy pedagogik merosi milliy maktab, milliy pedagogikani rivojlantirishda qimmatbaho manba bo'lib xizmat qilgani asoslab berildi. Shular ishning muhim ilmiy nazariy yangiligidir.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqotning nazariy umumlashmalari ilk maktab bolalari saviyasiga mo'ljallab yoziladigan asarlarning o'ziga xos xususiyatlarini, tarixiy shaxslarning badiiy obrazlari evolyutsiyasi va tipologiyasini, epik va badiiy ifodasiga xos belgilarni keng ko'lamda tadqiq etishga imkoniyat yaratib beradi.
Kurs ishining tarkibi va hajmi. Ishimiz kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Mavzuning hajmi 70 bet.

I BOB ABDULLA AVLONIY ILK MAKTAB DARSLIKLARI YARATUVCHISI

Download 149.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling