I. Kirish Reja; I. bob. Abdulla Avloniy ilk maktab darsliklari yaratuvchisi


Download 73.26 Kb.
bet1/6
Sana23.12.2022
Hajmi73.26 Kb.
#1044754
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulla Avloniy dramalarida jadidchilik g’oyalari va davr foijiasi talqini 555



Mavzu : Abdulla Avloniy dramalarida jadidchilik g’oyalari va davr foijiasi talqini
Mundarija
I.Kirish
Reja;
I. bob.Abdulla Avloniy ilk maktab darsliklari yaratuvchisi
1.1.Abdulla Avloniyning hayot faoliyati va ijodiy merosi
1.2.Yozuvchi asarlarining badiiy xususiyatlari
II.bob. Abdulla Avloniy dramalarida jadidchilik g’oyalari va pedagogik qarashlar
2.1 . Abdulla Avloniy dramalarida jadidchilik g’oyalari
2.2. Abdulla Avloniy dramalarida davr foijiasiga pedagogik qarashlar


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

K I R I SH
Kurs ish mavzusining dolzarbligi. Milliy istiqlolga erishib, har tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimiz ma`naviyatini yanadа rivojlantirishda millatimiz tarixini o'zida badiiy aks ettirgan tarixiy badiiy hamda ilmiy asarlarning alohida o'rni bor. O'zbek adabiyoti bunday asarlarga boydir. Ular yosh avlodni barkamol qilib voyaga etkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan, taniqli o'zbek adibi Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan to'rt qismdan iborat ‘‘Adabiyot yoxud milliy she`rlar’‘ hamda ‘‘Birinchi muallim” , ‘‘Turkiy guliston yoxud axloq” , ‘‘Ikkinchi muallim” , ‘‘Maktab gulistoni” kabi darslik va o'qish kitoblari ham xarakterli bo'lib, yaxlit bir tadqiqot uchun manba bo'la oladi.
Ayniqsa, uning ilk savod chiqarishda bilim va tushunchalarni bolalar
ongiga sodda va tushunarli yetkazishi alohida e`tiborni tortadi. Shuni inobatga
olib, bu asarlarni jiddiy o'qib chiqish va unda ilk darslikka xos tuzilmani, g’oyaviy
to’liqlikni, kitoblardagi o’ziga xos xususiyatlarni monografik yo'nalishda o'rganib
chiqish zarur. Zero, hozirgi ijodiy erkinlikdan foydalanib yaratilayotgan qator
boshlang’ich sinf darsliklari mualliflari darslik yaratishda ulug’ adib tajribasidan
foydalansalar, yosh kitobxon qalbiga kirib borishlari oson bo’ladi. Shu asosda
Abdulla Avloniyni ilk maktab darsliklari mukammal yaratuvchisi, mohir pedagog
sifatida o’rganilganligi, asarlaridagi g’oyaviy-badiiy mushohadalarni tadqiq
qilinganligi bitiruv ishining dolzarbligini belgilaydi. Qolaversa, bitiruv malakaviy
ishimiz mavzuining dolzarbligi Abdulla Avloniyning ham pedagogik ,ham badiiy
ijodkorlik mahoratini mavjud ilmiy manbalar va tarixiy asarlar asosida qiyosan
o'rganish bilan ham belgilanadi.
Shu yilning 3 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev mamlakatimizning ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuv
o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda madaniyat va san'at sohasida yuzaga kelgan ko‘plab
muammolar o‘rtaga tashlandi, ayni paytdagi ijodiy jarayonlar muhokama qilindi.
Mazkur yig‘ilishda madaniyat, ommaviy axborot vositalari adabiyot va san'at
sohasini tubdan isloh qilish maqsadida amalga oshiriladigan keng miqyosli ishlar
xususida so‘z bordi, yosh iste'dodlar tarbiyasi, madaniyatimiz va adabiyotimizni
rivojlantirish maqsadida yangi g‘oya, tashabbus va takliflar bildirildi. “Biz uchun
hech qachon kun tartibidan tushmaydigan yana bir o‘ta muhim masala borki, unga alohida to‘xtalib o‘tishni zarur deb bilaman. U ham bo‘lsa, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimiz, farzandlarimiz tarbiyasi bilan bog‘liqdir. Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy aytganidek, bu masala biz uchun haqiqatan ham yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir va o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan, ta'bir joiz bo‘lsa, masalalarning masalasidir”.

Download 73.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling