Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar. Reja
Download 154.45 Kb.
|
ontogenezning ilk bosqichlarida inso
- Bu sahifa navigatsiya:
- Predmetli faoliyat
- Senzitiv davr
- Mavzuning dolzarbligi
Aim.uz Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar. R e j a : 1.Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar. 2. Go`daklik davrining psixologik xususiyatlari. Go`dak va muloqot. 3. Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. 4. Ilk bolalik davrida nutqning, o`z-o`zini anglashning rivojlanishi va 3 yosh inqirozi. ASOSIY TUSHUNCHALAR Predmetli faoliyat – ilk bolalik davrida yetakchi faoliyat turi bulib, bola atrofidagi predmetlarning ijtimoiy mohiyati va funksiyalarini o’zlashtirishdan iborat. Motivlar ierarxiyasi – Tarbiya sharoitiga qarab turli motivlarning ahamiyatliligiga ko’ra tabaqalanishi. Senzitiv davr – biror psixik funksiya yoki xususiyatning rivojlanishidagi eng tez va qulay davr. Jonlanish kompleksi -2-3 oylikka borganda bolaga tashqi muhitga va kattalarga nisbatan maxsus emotsional harakat paydo bo’ladi. Oyog`i va qo’llari bilan tipirchilay boshlaydi. Bu reaksiya jonlanish kompleksi deb ataladi. Uning paydo bo’lishi chaqaloqlik davri tuguganligini bildiradi. Yosh – psixik taraqqiyotning sifat jihatdan chegaralangan bosqichi bo’lib, fiziologik va psixologik jihatdan barcha normal kishilar uchun tipik hisoblanadi. Har bir yosh davriga xos taraqqiyotning ijtimoiy situasiyasi mavjud. (1- ilova) Mavzuning dolzarbligi: Bola tug`ilganidan maktabgacha bo`lgan davrda jismoniy va psixologik jihatdan juda tez o`sadi. Bu davrda bola ko`p jihatdan kattalarning doimiy va to`g`ri parvarishiga muhtoj bo`ladi. Bolaning kelgusida sog`lom bo`lishi va psixik jihatdan normal o`sishi uning shu davrda to`g`ri parvarish qilinishiga bog`liq.Yosh davrlari psixologiyasining maqsadi bola ta`lim-tarbiyasi bilan ish olib boruvchi har bir shaxs inson psixik taraqqiyotida har bir yosh davrining muhim xususiyatlarini ilmiy va amaliy jihatdan o`rganib,barkamol avlodni kamol toptirishda undan samarali foydalanishdir (2-ilova) Ma`ruza matni bilan tanishib, chaqaloqlik, go`daklik, ilk bolalik davrlari haqida va har bir davrdagi muhim o`zgarishlar hamda farqlarini belgilang. (3-ilova) Aqliy hujum usulidan foydalangan holda auditoriyaning tayyorgarlik darajasini aliqlash. Download 154.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling