tasvirlab bo'lmaydi. Olamda harakat qiluvchi materiyadan boshqa hech
narsa yo‘qdir, harakat qiluvchi materiya esa fazo va vaqtda harakat qila-:
di. Ta’rifga ko‘ra harakat materiyaning ajralmas asosiy xossasidir.
Tabiat to‘g‘risidagi fanlardan biri boigan nazariy mexanikani
o'rganish dunyoga mantiqiy nuqtayi nazardan qarash va to‘g‘ri uslublar asosida fikr
yurgizishga yordam beradi. Nazariy mexanikada jismlar
harakatining eng sodda shakli - mexanik harakat tekshiriladi. Vaqtning
o‘tishi bilan moddiy jismlaming fazoda bir-biriga nisbatan ko‘chishiga
mexanik Harakat deyiladi. Kinematikada jismlaming harakati boshqa
biror jism bilan bogiangani, koordinata sistemasiga nisbatan tekshiriladi.
•
Tabiatda mutlaq harakatsiz jism bo'lmagani tufayli mutlaq qo‘zg‘almas
sanoq sistemasi ham mavjud bo’lmaydi. Shu sababli «Harakat» va «Muvozanat» tushunchalari nisbiy
tushunchalardir. Agar jismni biror sansistemasiga nisbatan vaziyati vaqtning o‘tishi bilan o‘zgarmasa, jism mazkur
sanoq sistemasiga nisbatan tinch holatda (muvozanatda) bo‘ladi.
Yerdagi jismlaming harakatini tekshirilganda asosiy yoki «qo‘zg‘almas»
Sanoq sistemasi uchun odatda, yerga nisbatan qo‘zg‘almas bo‘lgan sanoq sistemasi olinadi. Tanlab olingan sanoq
sistemasiga nisbatan har
Onda jismning vaziyatini aniqlash mumkin bo‘lsa, jismning harakati
Kinematik aniqlangan deb hisoblanadi. Klassik mexanikada moddiy
Jismning kuzatilayotgan harakati uch o‘lchovli Yevklid fazosiga nisbatan tekshiriladi va kattaliklarni aniqlashda
Yevklid geometriyasidan foydalaniladi. Kiassik mexanikada vaqtni universal deb hisoblanadi, ya’ni
vaqtni barcha sandq sistemalari uchun, ularni nisbiy harakatidan qat’iy
Do'stlaringiz bilan baham: |