nazar bir xilda deb qaraladi.
Kinematikada matematik nuqtayi nazardan qaraganda, vaqtni erkin o‘zgaruvchi (argument) sifatida qaraladi va t
bilan belgilanadi.
•
Texnika masalalarini yechishda vaqtning o‘lchov birligi 1 sekund deb qabul
qilingan. Kinematikada uchraydigan chiziqli o‘lchovlarni (harakatdagi
nuqtaning koordinatalari, o‘tgan yo‘lning uzunligi va hokazo) xuddi
texnik va xalqaro SI birliklar sistemasida, metrlarda o'lchanadi. Qattiq
jism harakatini kuzatar ekanmiz, ko‘pincha uning turli nuqtalari turlicha harakatlanishini
ko‘ramiz.
Masalan, to‘g‘ri rels bo‘yicha harakatlanayotgan vagon g'ildiragining
harakatini olsak, g‘ildirakning markazi to‘g‘ri chiziqli harakatda bo‘ladi.
G‘ildirak to‘g‘inidagi nuqta esa egri chiziq (sikloida) bo‘yicha harakatlanadi. Jism nuqtalarining
bir xil vaqtda o‘tgan yo‘li turli xil bo'ladi. Shu
sababli jismning harakatini tekshirishni ayrim nuqtaning harakatini tekshirishdan, ya’ni nuqta
kinematikasidan boshlash kerak.
•
Kinematikada nuqtaning harakat qonuni uchta usulda aniqlanadi:
1. Vektor usuli.
2. Koordinata usuli.
3.Tabiiy usul.
1. Vektor usuli: Bu usulda M nuqtaning holati biror qo‘zg‘almas markazdan r(t) radius vektori bilan
aniqlanadi . Vaqtning o‘tishi
bilan M nuqta harakatlanganda uning jf-radius vektori ma’lum qonun
asosida o‘zgaradi. Ya’ni, skalyar argument't ning vektorli funksiyasidan
iborat boiadi:
r=r(t)
Agar r (t) funksiya maium boisa, t vaqtning har bir payti uchun M
nuqtaning holati ma’lum bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |