Termiz muhandislik-texnologiya instituti «tasdiqlayman»
Download 196.88 Kb.
|
IPI.NAFISA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fransiya ta’limi
Xulosa va takliflar
HEMIS axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi. Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi hamda oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi. Odatda talabalarga eng katta qiyinchilik tug'diradigan savollarning o'zlashtirilishini maxsus nazorat qiling. Og'zaki javoblarda, yozma ishlarda o'quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolarni sinchkovlik bilan tahlil qilish va tizimlashtirish, sinfga xoslarini aniqlash va ularni bartaraf etishga e'tibor qaratish. Oldingi darslarni o'tkazib yuborgan talabalar tomonidan materialni o'zlashtiring. Mavzu yoki bo'lim bo'limi oxirida maktab o'quvchilarining asosiy tushunchalar, qonunlar, qoidalar, ko'nikmalar va ko'nikmalarni o'zlashtirish natijalarini umumlashtiring, kechikish sabablarini aniqlang. Fransiya ta’limi. Fransuz maktablari boshlang‘ich sinflarda o‘qish ertalab bo‘ladi, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan qo‘shimcha saboq oladilar. Matematika, ona tili va adabiyoti bazaviy fan, tarix, geografiya, mehnat, jismoniy tarbiya kabi fanlar esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi. Fransiya ta’limida bolalarning go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayyor holda olib kelish g‘oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o‘rta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo‘lib, ularga Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud. Men o‘tilgan pedagogik amaliyot jarayonida “Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasidan ustozim Texnika fanlari nomzodi dotsent Safarov Nurali Qudratovichning va “Donni saqlash va qayta ishlash” fani o’qituvchisi Normamatov Nemat ustozning laboratoriya va amaliyot darslarida qatnashdim.Bundan tashqari “Analitik kimyo va fizik kimyo taxlili”fani o’qituvchisi Xolboyeva Muyassar,”Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari”fani o’qituvchisi Turdiyev.B.,”Nazariy mexanika va materiallar qarshiligi “fani o’qituvchisi Ulug’ov Bozorning va boshqa assisententlarning labaratoriya va amaliyot darslarida tinglovchi sifatida ishtirok etdim. Assistentlarning dars o‘tish metodikasi Davlat ta‘lim standartlariga to‘la javob beradi. O‘qituvchi o‘tilgan mavzularni yangi mavzuni boshlashdan oldin eslatib keyin ularga savollar, tarqatma materiallar asosida so‘rab javoblarni baholab boradi. Institutimiz o‘qituvchi va professorlaridan hemis dasturidan foydalanish, ushbu dastur orqali kalendar reja asosida mavzularni, resurslarni kiritishni, guruh davomatini kiritishni, talabalarni baholashni o‘rgandim. Xar bir bakalavr talabasi ustozlarning darsiga faol qatnashadi, ustozlar xa bir fanni juda qiziqarli va mazmunli o‘tadi. Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, “Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi o‘qituvchilarining dars o‘tish metodikasi menga ma’qul bo‘ldi. Xar bir mutaxassis o‘z kasbining ustasi bo‘lishi kerak deb o‘ylayman.Kuzatishlarim natijasida shuni aytishim mumkinki,institutimiz professor o’qituvchilarining darslarini mahorat bilan o‘tishini talabalarga o‘z sohalariga doir bo‘lgan ma’lumotlarni, yangiliklarni a‘lo darajada tushuntiradilar. Men ustozlarning 21A,B-guruh, EKO-21A-guruh, 22V-guruh, YM-21B-guruh va boshqa guruhlar darslarida kuzatuvchi sifatida qatnashdim. Tolani dastlabki ishlash (laboratoriya) mashg‘ulotida ustoz “Paxta tolasining namligini aniqlash” mavzusi yuzasidan talabalarga tushuncha berdilar. Paxta tolasining namligini aniqlash uchun qanday qilib namuna olinishi, qanday dastgohlar yordamida uning namligini aniqlash, paxta namligini aniqlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar, uning optimal namligi etib necha foiz qabul qilinganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tdilar. To‘qimachilik materialshunosligi (amaliy) fanida esa “Gazlamalarning oddiy o‘rilishini o‘rganish mavzusida talabalarga tushuncha berdilar. Oddiy o‘rilishlarga qaysi o‘rilishlar kirishi, tanda va arqoq iplarining joylashuvi, sarja, satin, atlas o‘rilishlari, mayda gulli o‘rilishlarini sxemada chizib ko‘rsatdilar. Talabalar bilan ushbu mavzular yuzasidan savol javob o‘tkazdilar. Xulosa o‘rnida shuni aytishim mumkinki darslar qiziqarli o‘tkazildi. Talabalar ham bu mavzular yuzasidan kerakli ma‘lumot oldilar deb o‘ylayman. Men ham kelajakda uztozimiz kabi o‘z ishining ustasi bo‘lish uchun harakat qilaman. Download 196.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling