Termiz muhandislik texnologiya instituti
-modul. Ichki kuchlar va deformasiya. 1-Mаvzu. Mаtеriаllаr qаrshiligi. Asosiy tushunchalar
Download 85.5 Kb.
|
Ishchi dastur XFX 21.02.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-modul. Ustivorlik. 2-mavzu. Ustivorlik
- 2.4 Fan bo‘yicha kurs loyihasi.
1-modul. Ichki kuchlar va deformasiya. 1-Mаvzu. Mаtеriаllаr qаrshiligi. Asosiy tushunchalar. Brus, plastina, qobiq, massivlarga ta’rif. Tashki kuchlar va ichki kuchlar, kuchlanishlar. Kesimlar usuli. Deformatsiya va uning turlari. Kuchlanish. Kuchlanish turlari. 2-modul. Ustivorlik. 2-mavzu. Ustivorlik. Muvozanatning ustivor va noustivor shakllari haqida tushuncha. Kritik kuch. Siqilgan sterjenlarning ustivorligi. Eyler formulasi va undan foydalanish chegarasi. Kritik kuchlanish. Egiluvchanlik. 2.3. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi. 1) Kesimlar usuli. Cho‘zilish-siqilishda ichki kuch faktorlarini aniqlash (bo‘ylаmа kuch). 2) Bo‘ylаmа kuch vа kuchlаnishlаrni аniqlаsh, bo‘ylаmа dеfrmаtsiyani hisоblаsh vа epyurаlаrini tuzish. Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor - o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. 2.4 Fan bo‘yicha kurs loyihasi. Fan bo‘yicha kurs loyihasi rejalashtirilmagan. 2.5. Laboratoriya ishlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Laboratoriya ishlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 1. Uglerodli va legirlangan po’latlarni cho’zishga sinash bilan cho’zilish diagrammasini qurish. 2. Po‘lat uchun elastiklik moduli va ko‘ndalang deformastiya koeffistientini aniqlash. 3. Po‘lat va cho’yan namunalarini buralishga sinash. Buralish diagrammasini qurish. Siljish modulini aniqlash. 4. Buralishda kuchlanish holatini tajriba yo‘li bilan tadqiqot qilish (yupqa devorli trubani buralishga sinab). Laboratoriya mashg‘ulotlari maxsus laboratoriya uskunalari, maket va namuna qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir yoki ikki (guruhlar bo‘lingan xolda) professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Laboratoriya ishlari talabalarda konstruksiya va uning qismlarini turli kuchlar ta’sirida hosil bo'ladigan deformatsiyalarini aniqlash, turli mashina va mexanizmlar detallarining asosiy o‘lcham va parametrlarini o‘rganish hamda eksperiment yordamida ularning turli xarakteristikalarni aniqlash bo‘yicha ko‘nikma va malaka hosil qilishga qaratilgan. Laboratoriya ishlarini o‘tkazish uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish zarur. Laboratoriya ishini o‘tkazishdagi bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarning ketma-ketligini ifodalovchi yuriqnomani ishlab chiqish tavsiya etiladi. Talabalar bilan laboratoriya ishini bajarishdan oldin mavzuga ta’lluqli bo‘lgan nazariy ma’lumotlarni takrorlash tavsiya etiladi. Har bir talaba tomonidan tajriba yo‘li bilan olingan ma’lumotlarni umumlashtirish tavsiya etiladi. Tajriba yoli bilan olingan ma’lumotlarni, nazariy yo‘l bilan olingan ma’lumotlarga taqqoslash tavsiya etiladi. Download 85.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling