Termiziy Abu Iso
Download 10.09 Kb.
|
1 2
Bog'liqtermiziy
Termiziy Abu Iso, Imom Termiziy (toʻliq nomi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bugʻiy Termiziy) (824, Termiz — 892, Bugʻ qishlogʻi, hozirgi Sherobod tumani) — buyuk muhaddis.ABU ISO AT-TERMIZIYUning toʻliq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhoq Abu Iso as-Sullamiy az-Zariyr al-Bugʻiy at-Termiziy boʻlib, hijriy 209 (milodiy 824) yili Termiz yaqinidagi Bugʻ (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududida joylashgan) qishlogʻida oʻrta hol bir oilada tavallud topgan. Markaziy Osiyolik mashhur tarixchi Abu Saad Abdulkarim as-Samʼoniy (1113-1167) at-Termiziy Bugʻ qishlogʻida vafot etganligi uchun al-Bugʻiy taxallusi bilan ham atalganini, olimning koʻp yigʻlaganidan umrining oxirlarida koʻzi ojiz boʻlib qolganligidan az-Zariyr (koʻzi ojiz) taxallusini olganligini ham qayd qiladi.Lekin el orasida at-Termiziy nomi bilan mashhur boʻlishiga sabab uning butun hayoti va faoliyati (yoshligidan boshlab) Termiz shahri bilan chambarchas bogʻliq boʻlganligidan, shuningdek, olim tugʻilgan Bugʻ qishlogʻi Termiz shahriga yaqin boʻlib, maʼmuriy-idoraviy jihatdan unga mansub qishloqlardan ekanligidan deb izohlash mumkin. At-Termiziyning oilasi va ota-onasi haqida manbalarda aniq maʼlumotlar keltirilmagan. Tarixchilar uning “Bobom asli marvlik edi, u kishi Lays ibn Sayyor zamonida yashagan, soʻng u yerdan Termizga koʻchib kelgan”, — degan fikrini keltirish bilan chegaralanadilar. Shuningdek, at-Termiziyning koʻzi ojizligi xususida ham yozma manbalarda turli-tuman maʼlumotlar keltirilgan. Baʼzi mualliflar uni tugʻma koʻzi ojiz boʻlgan desa, koʻpchilik mualliflar olimning keyinchalik, umrining oxirlarida koʻzi ojiz boʻlib qolganligini yozadilar.At-Termiziy yoshligidan oʻta tirishqoq, idrokli va zakovatli boʻlganligi bois oʻz tengdoshlari ichida ajralib turgan. Ilmga oʻta qiziqishi tufayli oʻsha davrning koʻpgina ilmlarini, ayniqsa, hadis ilmini chuqur egallagan. Termiz, Samarqand, Marv va Markaziy Osiyoning boshqa yirik shaharlarida istiqomat qilgan mashhur ulamo va muhaddislar asarlarini qunt bilan oʻrgangan, qoʻshni Balx va Hayraton shaharlaridagi ilm ahllari bilan ilmiy aloqalar oʻrnatilishiga munosib hissa qoʻshgan olimlardan biridir. Yoshligidan ilm-fanga tashna at-Termiziy 850 yildan, yaʼni yigirma olti yoshidan boshlab uzoq yurtlarga, qator xorijiy mamlakatlar va shaharlarga safar qiladi. Jumladan, u Hijozda — Makka va Madina, Iroq, Xurosonning qator shaharlarida koʻplab muhaddis, ulamolar bilan muloqotda boʻlib, ulardan taʼlim oladi, qizgʻin ilmiy munozara va bahslarda ishtirok etadi. Tarixchi Shamsuddin az-Zahabiyning taʼkidlashicha, at-Termiziy Misr va Shomni shaxsan ziyorat qilmagan, shu boisdan ham bu mamlakatlar ulamolaridan bilvosita hadislar rivoyat qilgan. Uzoq yillar davom etgan safarlari chogʻida at-Termiziy nafaqat hadis ilmidan, balki ilm al-qiroat, al-bayon, fiqh, tarix kabi fanning boshqa sohalari hamda koʻplab ustozlardan saboq oladi.
Shu bilan bir qatorda at-Termiziy paygʻambar alayhissalom hadislarini toʻplashga alohida eʼtibor bilan qaraydi. Bu borada u har qanday qiyinchiliklarga bardosh beradi. U oʻzi oʻqigan yoki biror roviydan eshitgan hadisini alohida qogʻozlarga qayd etib borar, ularning asli va isnodini izchillik bilan aniqlab toʻgʻriligiga toʻliq ishonch hosil qilsagina maxsus qogʻozlarga qayd etardi. Hadislarning toʻgʻriligiga shubha boʻlganda ularni alohida ajratib yozardi. Shu tariqa hadislar sahiyh (toʻgʻri, ishonchli), hasan (yaxshi, maʼqul), zaiyf (boʻsh, ishonchsiz), gʻariyb (gʻalati) kabi xillarga ajratilgan. Download 10.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling