Termiziy Abu Iso

Download 10.09 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi10.09 Kb.
#1580881
1   2
Bog'liq
termiziy

At-Termiziy koʻplab xorijiy mamlakatlarga qilgan safar chogʻida hadislarni toʻplab, kitoblar taʼlif qilishga ham kirishgan. Safardan qaytgach, olimu fuzalolar bilan ilmiy munozaralarda qatnashadi, koʻplab shogirdlarga ustozlik qiladi. Ayniqsa, mashhur muhaddis alloma al-Buxoriy bilan koʻplab ilmiy bahslar yuritib undan istifoda qiladiki, bu haqda at-Termiziy oʻzining “Al-Ilal” kitobida ham yozadi. At-Termiziyning koʻpchilik tasniflari, jumladan, uning mashhur asari “Al-Jomiʼ” ham oʻz vataniga qaytganidan keyin yaratilgan. Imom at-Termiziy 892 yilda Termiz yaqinidagi Bugʻ qishlogʻida vafot etgan va shu joyda dafn qilingan.

Oʻz ijodiy faoliyati davrida at-Termiziy oʻndan ortiq asarlar yaratdi. Uning madaniy merosida, shubhasiz, “Al-Jomiʼ” asari katta ahamiyatga egadir. Bu asar “Al-Jomiʼ as-sahiyh” (“Ishonchli toʻplam”), “Al-Jomiʼ al-kabiyr” (“Katta toʻplam”), “Sahiyh at-Termiziy”, “Sunan at-Termiziy” (“Termiziy sunnatlari”) nomlari bilan ham yuritiladi.Muallifning yirik asarlaridan yana biri “Ash-shamoil an-nabaviyya” (“Paygʻambarning alohida fazilatlari”)dir. Bu asar “Ash-shamoil muhammadiyya”, “Ash-shamoil fi shamoil an-nabiy sallollohu alayhi vassallam” nomlari bilan ham ataladi. Ushbu asar Saudiya Arabistonida istiqomat qilgan vatandoshimiz Said Mahmud Taroziy (u 1992 yili vafot etgan) tomonidan oʻzbekchaga oʻgirilgan (arab alifbosida va kirillchada Toshkentda bir necha bor nashr qilingan). “Kitob at-taʼrix”, “Kitob al-ilal as-sagʻiyr va al-ilal al-kabiyr”, “Kitob uz-zuhd” (“Taqvo haqida kitob”), “Kitob al-asmo val-kuna” (“Roviylarning ismi va laqablari haqida kitob”), “Al-ilal fil-hadiys” (“Hadislardagi illatlar yoki ogʻishlar haqida”), “Risola fil-xilof val-jadal” (“Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola”), “Asmo us-sahoba” (“Paygʻambar sahobalarining ismlari”) shular jumlasidandir.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

Download 10.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling