Termodinamika asoslari
Download 305.93 Kb. Pdf ko'rish
|
11 Termodinamika asoslari
V
V dT dQ C ) ( Xajm o‘zgarmas bo‘lganligi uchun dV = 0 va (4) ga asosan (7) munosabatni bir mo‘l ideal gaz uchun quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin: M V dU dQ ) ( bundan V M V dT dU C ) ( (10) (10) formuladan ko‘rinadiki, CV ya’ni bir mol ideal gazning hajm o‘zgarmay qoladigan sharoitdagi issiqlik sig‘imi gaz ichki energiyasining ifodasidan harorat bo‘yicha olingan birinchi tartibli hosilasiga teng. Bir mol ideal gazning ichki enegiyasi RT i U M 2 ga teng ekanligini etiborga olgan holda, bu ifodani harorat bo‘yicha differentsiallab, CV ni aniqlash mumkin: R i C V 2 (11) (11) munosabatdan ko‘rinib turibdiki, ideal gazning hajmi o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda molyar issiqlik sig‘imi gaz molekulalarining erkinlik darajasi orqali aniqlanib, gaz holatini xarakterlovchi parametrlarga bog‘liq emas ekan. Bosim o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda gazga berayotgan issiqlik miqdori gazning ichki energiyasining ortishiga va tashki kuchlarga karshi ish bajarishga sarf buladi. Termodinamika birinchi qonunining ifodalanib, bosim o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda molyar issiqlik sig‘imini quyidagicha yozish mumkin. R C C V p (12) (12) tenglikdan ko‘rinib turibdiki, gaz doimiysi R son jihatdan bosim o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda 1 mol ideal gazning haroratini bir gradusga ko‘tarishda gazning tashqi kuchlarga qarshi bajargan ishiga teng ekan. (12) formula bo‘yicha CV ning qiymati ni (11) munosabatga keltirib qo‘yib, Cp ni yana quyidagicha ifodalash mumkin: R i R R i C p 2 2 2 (13) Cp ning CV ga nisbatini orqali belgilab i i C C V p 2 (14) ning qiymati hamma vaqt birdan katta va gazni tashkil etuvchi molekulalarning erkinlik darajalariga bog‘liqdir. Klassik nazariya asosida aniqlangan issiqlik sig‘imlari CV va Cp faqat gazni tashkil etuvchi molekulalarning erkinlik darajalariga bog‘liq, ya’ni barcha bir atomli gazlar bir xil CV va Cp ga ega. Ikkinchi tomondan (10) va (12) munosabatlardan ko‘rinadiki, issiqlik sig‘imlari klassik nazariyaga asosan haroratga bevosita bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Tajribalarda olingan ma’lumotlar ko‘pchilik ayniqsa, bir atomli va ikki atomli gazlarning molyar issiqlik sig‘imlari ma’lum harorat intervalida nazariy hisoblash orqali aniqlangan qiymatlarga juda yaqin ekanligini ko‘rsatadi. Lekin murakkab molekulali gazlar uchun tajribada olingan natijalar nazariy jihatdan hisoblangan qiymatlardan farq qiladi. Download 305.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling