Termodinamika asoslari
Download 305.93 Kb. Pdf ko'rish
|
11 Termodinamika asoslari
kT
i 2 (2) ifoda orqali aniqlanadi. Lekin i ni aniqlashda quyidagilarga etibor berilishi kerak. Molekula ilgarilanma yoki aylanma harakatda qatnashayotgan bo‘lsa, u faqat kinetik energiyaga ega buladi. Molekuladagi atomlar tebranma harakatda ham qatnashayotgan bo‘lsa, tebranma harakat ham kinetik energiyaga, ham potentsial energiyaga ega bo‘ladi va bu kinetik energiyaning o‘rtacha qiymati potentsial energiyaning o‘rtacha qiymati bilan bir xil buladi. Shuning uchun tebranma harakatning har bir erkinlik darajasiga 2. kT 2 1 energiya to‘g‘ri keladi. (2) munosabatdan foylanaib, berilgan ideal gazning ichki energiyasini aniqlash mumkin. Misol uchun bir mol ideal gazning ichki energiyasi quyidagiga teng: RT i kTN i N U A A M 2 2 (3) у z х Ya’ni, ideal gazning ichki energiyasi shy gazni tashkil etuvchi molekulalarning erkinlik darajasiga va gazning haroratiga bog‘liq. Issiqlik o‘tkazuvchanlik jarayonida bir sistemadan ikkinchi sistemaga uzatilgan energiyani issiqlik miqdori deb ataladi. Issiqlik miqdori va energiya bir xil birliklarda o‘lchanadi. Mexanik harakat energiyasi issiqlik harakati energiyasiga aylanishi va aksincha bo‘lishi mumkin. Masalan, ma’lum balandlikdan tashlab yuborilgan jism Yer sirtiga tushib unga absolyut noelastik tarzda urilsin. Urilish jarayonida jismning kinetik energiyasi to‘la ravishda ichki energiyaga aylanadi. Natijada jism va Yer sirtining urilishda ishtirok etayotgan qismining haroratlari ortadi. Ya’ni, mexanik energiya issiqlik energiyasiga aylanadi. Issiqlik energiyasining mexanik energiyaga aylanishini esa quyidagi misolda qurish mumkin. Juda osonlik bilan sirpana oladigan porshenli silindrlik idish ichidagi gazga issiqlik miqdori berilsa, uning harorati ko‘tarila boshlaydi va (3) munosabatga asosan, gazni tashkil etuvchi har bir molekulaning ilgarilanma harakati natijasida erishgan kinetik energiyasi orta boshlaydi. Bu esa o‘z navbatida gazning idish devoriga ko‘rsatayotgan bosimini ortishiga olib keladi. Natijada porshen yuqoriga ko‘tarilib, mexanik ish bajariladi (2-rasm). 2-rasm 3-rasm Bajarilayotgan ish porshenning potentsial energiyasiga aylana boradi. Porshenni yuzi S, gazning idish devoriga ko‘rsatayotgan bosimi P bo‘lsa, porshenga ta’sir etayotgan ko‘taruvchi kuch F= PS buladi. Gazning porshenni dh balandlikka ko‘tarishdagi bajargan elementar ishi. pdV pSdh Fdh dA (4) bunda dV - porshenni dh balandlikka kutarilishi natijasida gaz hajmining o‘zgarishi, gaz hajmining kengayayotgan holi uchun dV musbat ishorada buladi. Gazning harorati qandaydir usul bilan sovitilsa yoki muvozanatda turgan porshen ustiga biror yuk qo‘yilsa, porshen pastga tusha boshlaydi, gaz hajmi kichraya boradi. Bunday holda bajarilgan ish manfiy ishorali bo’ladi. Demak, gazning tashqi jismlar ustida bajargan ishi musbat va tashqi kuchlarning gaz ustida bajargan ishi esa manfiy ishorali ekan. Elementar bajarilgan ish son jihatdan 3-rasmda shtrixlangan yuzaga teng. Sistemaning 1 holatdan 2 holatga o‘tishidagi bajarilgan to‘la ish 1-2 chizig‘i ostidagi yuzaga teng, ya’ni 2 1 V V pdV A (5) Газ S d h F Газ S d h F Газ S d h F Download 305.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling