Termodinamikada issiqlik Issiqlik va harorat oʻrtasidagi bogʻliqlik


Download 126 Kb.
bet1/4
Sana08.05.2023
Hajmi126 Kb.
#1444409
  1   2   3   4
Bog'liq
saidumar mustaqil ishi 1 (6)


REJA

1 Termodinamikada issiqlik

2 Issiqlik va harorat oʻrtasidagi bogʻliqlik

3 Termodinamikaning nolinchi qonuni: termik muvozanatning taʼrifi

4 Issiqlik sigʻimi: harorat oʻzgarishi va issiqlikni bir-biriga oʻtkazish

5 Q start text, q, end text ni issiqlik sigʻimidan foydalanib hisoblash




Asosiy tushunchalar

  • Issiqlik (qqstart text, q, end text) issiqroq sistemadan oʻzaro aloqada boʻlgan, tutashgan sovuqroq sistemaga oʻtgan issiqlik energiyasidir.

  • Harorat sistemadagi atomlar va molekulalarning oʻrtacha kinetik energiyasining oʻlchov birligi hisoblanadi.

  • Termodinamikaning nolinchi qonuniga koʻra termik muvozanatda turgan ikkita jism oʻrtasida hech qanaqa issiqlik oʻtishi kuzatilmaydi, shu sababdan ular bir xil haroratda boʻladi.

  • Biz yutilgan yoki ajralgan issiqlik miqdorini solishtirma issiqlik sigʻimi (CCstart text, C, end text), moddaning massasi (mmstart text, m, end text) va harorat oʻzgarishi (ΔTΔTdelta, start text, T, end text) ni bilgan holda hisoblashimiz mumkin:

q=m×C×ΔTq=m×C×ΔT

1 Termodinamikada issiqlik


Bir finjon qahvada issiqlik miqdori koʻproqmi yoki bir stakan muzli choyda? Kimyo kursi uchun bu chalgʻituvchi savol boʻldi (uzr!). Termodinamikada issiqlik tushunchasi biz kundalik nutqda foydalanadigan tushunchadan umuman farq qilib, muayyan maʼnoni anglatadi. Olimlar issiqlikni turlicha haroratda boʻlgan, oʻzaro tutashgan ikki sistema orasidagi oʻtgan issiqlik energiyasi deb tushuntiradi. Issiqlik q yoki Q belgisi bilan yoziladi va joullarda (JJstart text, J, end text) oʻlchanadi.


Issiqlik atrof-muhitdan muzga oʻtadi, bunung natijasida faza muzdan suvga aylanadi. Muz kublarining rasmi flickrʼdan olindi, CC BY 2.0.
Issiqlik baʼzan jarayon oʻlchovi ham deb ataladi, chunki jarayon davomida oʻtishi mumkin boʻlgan energiyaning miqdorini koʻrsatadi. Biz finjondagi qahvaning issiqlik miqdori qanchaligi haqida gapira olmaymiz, ammo finjondagi qaynoq qahvadan qoʻlimizga oʻtgan issiqlik haqida fikr yuritishimiz mumkin. Issiqlik ekstensiv kattalik boʻlib, shu sababdan sistemaga issiqlik uzatilishi natijasida haroratning oʻzgarishi sistemada qancha molekula borligiga bogʻliq.

Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling