7-мавзу, 5-маъруза, 2-соат


Download 317.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana04.05.2023
Hajmi317.19 Kb.
#1426299
  1   2   3
Bog'liq
7-ma’ruza. ISSIQLIK ALMAShISh NAZARIYaSI (1)



7-ma’ruza. ISSIQLIK ALMAShISh NAZARIYaSI 
1.Issiqlik almashish nazariyasining predmeti va vazifalari 
2. Issiqlik almashish turlari 
3.Issiqlik o‘tkazuvchanlik 
4.Konveksiya 
5.Nurlanish 
6. Issiqlik almashuv apparatlari va ularni hisoblash prinsiplari 
 
Tayanch s
y
z va iboralar 
Issiqlik almashish; Issiqlik o‘tkazuvchanlik; Konveksiya; Nurlanish. 
 
1.Issiqlik almashish nazariyasining predmeti va vazifalari 
Termodinamiqaning ikkinchi qonuniga binoan bo‘shliqda issiqlikning o‘z-o‘zidan 
o‘tish jarayoni haroratning farqi ta’siri ostida o‘tadi va harorati past tomonga 
yo‘nalgan bo‘ladi. Issiqlik o‘tish qonuniyatlari va bu jarayonning miqdoriy 
tavsifnomalari issiqlik almashinish nazariyasining tadqiqot qilish predmeti 
hisoblanadi. 
Issiqlik hamma moddalarda, toki vakkum orqali ham tarqalishi mumkin. 
Termodinamik sistema tashqi muhit bilan issiqlik almashmasa, bunday sistemani 
issiqlikdan himoya qilingan yoki adiabatik sistema deyiladi. Masalan bunga idishda 
to‘rgan gazni idishining devori issiqlikni himoya qiladigan material bilan koplanishi 
misol bo‘la oladi. 
Tashqi muhit bilan energiya, modda almashmaydigan sistemani yopiq yoki himoya 
qilingan sistema deyiladi. 
Texnik termodinamikada o‘zaro issiqlik va ishga aylanadigan sistemalar o‘rganiladi. 
Odatda ular gazlar va bug‘lardir, bug‘larni ishchi jism deb ataladi. 
2. Issiqlik almashish turlari 
Issiqlik almashish turlari: Issiqlik o‘tkazuvchanlik; Konveksiya; Nurlanish 
3.Issiqlik o‘tkazuvchanlik - issiqlikni molekulalar, atomlar, elektronlar va boshqa 
kichik zarrachalar hisobiga berish. Issiqlik harorat yuqori bo‘lgan soxadan past 
soxaga ma’lum tezlikda o‘tadi.
Issiqlikni o‘tishi issiqlik o‘tkazuvchalik bilan tana hajmidagi haroratni tarqalishi bilan 
bog‘liqdir. 
Berilgan vaqt mobaynida tananing hamma nuqtalaridagi haroratning miqdorlarini 
hammasi harorat maydoni deb ataladi. 
Harorat maydoni quyidagi matematik ifoda bilan ifodalanadi. 
t = f (x; y; z; t) 
Harorat bitta yoki ikkita fazovyi koordinatalar bo‘yicha juda tez-tez o‘zgarib turadi. 
Shunga binoan harorat maydoni bir yoki ikkki o‘lchovli bo‘ladi. 
Agar vaqt o‘tish bilan tananing hamma nuqtalarida harorat o‘zgarmasa, statsionar 
harorat maydoni deyiladi, o‘zgarsa statsionar bo‘lmagan harorat maydoni deyiladi. 
Hamma nuqtalarida bir xil harorat bo‘lgan yuzani izotermik yuza deyiladi. 
Izotermik yuzaga tik bo‘lib, haroratni ortib borishi tomoniga yo‘nalgan, son jihatidan 
shu yo‘nalishdagi haroratning hosilasiga teng bo‘lgan vektor harorat gradienti 


hisoblanadi. Fure qonuniga asosan issiqlik oqimi zichligining vektori harorat 
gradientiga proporsionaldir. 
q = - l gradt 
4.Konveksiya - moddaning makroskopik hajmi bilan birgalikda, ya’ni konvektiv 
issiqlik berish (masalan trubalar orqali issiq suvni uzatish). Issiqlik issiq suyuqliklar 
orqali yuzaga yoki aksincha beriladi. Issiqlik berish uchun ishlatiladigan 
harakatlantiruvchi muhit (masalan suv ikkinchi usulda) issiqlikni eltuvchi deyiladi. 
5.Nurlanish- issiqlikni nurlanish orqali berish. Issiqlik hamma tiniq nur muhitlarida 
beriladi, shu jumladan vakummda ham. 
Ko‘p paytlarda issiqlikni bir vaqtni o‘zida har xil usullari bilan berish amalga 
oshiriladi. Buni murakkab issiqlik almashinish deyiladi. 

Download 317.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling