Termodinamikada issiqlik Issiqlik va harorat oʻrtasidagi bogʻliqlik


Issiqlik va harorat oʻrtasidagi bogʻliqlik


Download 126 Kb.
bet2/4
Sana08.05.2023
Hajmi126 Kb.
#1444409
1   2   3   4
Bog'liq
saidumar mustaqil ishi 1 (6)

2 Issiqlik va harorat oʻrtasidagi bogʻliqlik
Issiqlik va harorat ikki xil, ammo chambarchas bogʻliq tushunchalardir. Ahamiyat bering, ularning oʻlchov birliklari turlicha: harorat odatda Selsiy (∘C∘Cdegrees, start text, C, end text) yoki Kelvin (KKstart text, K, end text) darajalarda, issiqlik esa energiyaning oʻlchov birligi boʻlmish joullarda (JJstart text, J, end text) oʻlchanadi. Harorat sistemadagi atom yoki molekularning oʻrtacha kinetik energiyasining oʻlchovidir. Bir finjon qaynoq qahva ichidagi suv molekulalarining kinetik energiyasi bir stakan muzli choy tarkibidagi suv molekularining oʻrtacha kinetik energiyasidan balandroq, bu ularning yuqori harakatchanligi bilan tavsiflanadi. Harorat intensiv kattalik boʻlib, yaʼni bizda qancha modda borligidan qatʼi nazar harorat oʻzgarmaydi (agarda barchasi bir xil haroratda boʻlsa!). Suyuqlanish harorati −−minus moddaning miqdoriga bogʻliq boʻlmagan xususiyatdir. Mana, nima uchun kimyogarlar toza moddani aniqlashda suyuqlanish haroratidan foydalanishi mumkin.
Atom darajasida har bir jismning molekulalari doimiy harakatda boʻladi va boshqalari bilan toʻqnashib turadi. Molekulalarning har bir toʻqnashuvida kinetik energiya uzatilishi mumkin. Ikkita sistema tutash boʻlganda, molekulyar toʻqnashuvlarda issiqlik issiqroq sistemadan sovuqroq sistemaga oʻtadi. Ikkita jismda harorat tenglashmaguncha issiqlik shu yoʻnalishda oqim singari harakatlanadi. Ikkita tutashgan sistemaning haroratlari bir xil boʻlsa, biz ularni termik muvozanatda deymiz.
3 Termodinamikaning nolinchi qonuni: termik muvozanatning taʼrifi
Termodinamikaning nolinchi qonuni izolyatsiyalangan sistema ichidagi termik muvozanatni ifodalaydi. Nolinchi qonunga koʻra oʻzaro tutash, termik muvozanatda boʻlgan ikkita jismda haqiqiy issiqlik uzatilishi boʻlmaydi, shuning uchun ular bir xil haroratda boʻladi. Nolinchi qonunning yana bir koʻrinishi: agar ikkita jism uchinchi jism bilan termik muvozanatda boʻlsa, ular oʻzaro termik muvozanatda boʻladi.
Nolinchi qonun bizga jismlarning haroratini oʻlchashga yordam beradi. Biz termometrdan foydalangan vaqtimizda termodinamikaning nolinchi qonunini ishlatayotgan boʻlamiz. Keling, suv hammomining haroratini oʻlchab koʻramiz. Odatda qiymat aniq boʻlishi uchun harorat doimiy boʻlishini kutamiz. Aslida biz termometr va suvning termik muvozanatga kelishini kutayotgan boʻlamiz. Termik muvozanat vaqtida termometr kolbasi va suv hammomining harorati bir xil boʻladi va bu vaqtda bir jismdan ikkinchi jismga haqiqiy issiqlik uzatilishi boʻlmasligi kerak (atrof-muhitga issiqlik chiqib ketishi sodir boʻlmayapti, deb faraz qilamiz).

Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling