Termodinamikaning birinchi qonuni


Download 58.94 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi58.94 Kb.
#1011350
1   2   3   4
Bog'liq
7as termo dinamika

Holat tenglamasi - sistemaning muvozanatli holatini ifodalovchi parmetrlarning oʻzaro bogʻlanishini koʻrsatuvchi matematik tenglik. Mas, aniq t massaga ega boʻlgan ideal gazning muvozanatli holati R bosim, V hajm, T temperaturadan iborat makroskopik parametrlar orqali toʻla ifodalanadi. Parametrlardan biri, mas, hajmning oʻzgarishi, albatta bosim va temperatura yoki ulardan birining oʻzgarishiga olib keladi. Holat tenglamasiga misol tarzida ideal gaz uchun Klapeyron — Mendeleyev tenglamasini keltirish mumkin:bunda M — gazning molyar massasi, Ya — gaz doimiysi.
Suyuqliklar va qattiq jismlar Holat tenglamasilarini olish uchun ularni tashkil etuvchi molekulalarning ilgarilama, aylanma va tebranma harakatlari hamda molekulalar orasidagi oʻzaro taʼsirlari toʻla oʻrganilgan boʻlishi kerak. Guk qonunidat elastiklik modulshtt temperatura va bosimga bogʻlikligi qattiq jismlar uchun Holat tenglamasi hisoblanadi.


Dalton qonuni Ta'rif:


Gazlar aralashmasining umumiy bosimini belgilaydigan munosabat tarkibiy gazlarning qisman bosimlarining yig'indisiga tengdir.


Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni — tabiatning eng muhim asosiy qonuniyatlaridan biri; unga koʻra, har qanday berk tizimda energiya yoʻqdan bor boʻlmaydi va yoʻqolib ketmaydi, faqat bir turdan ikkinchi turga aylanib turadi. Berk tizimda faqat konservativ (oʻzgarmas) kuchlar mavjud boʻlsa, tizimning toʻliq mexanik energiyasi oʻzgarmas qiymatga ega boʻlib qoladi, yaʼni kinetik energiya potensial energiyaga aylanib turadi va aksincha. Agar berk tizimda konservativ kuchlardan tashqari nokonservativ (oʻzgaruvchan) kuchlar (mas, ishqalanish kuchlari) ham boʻlsa, tizimning toʻliq mexanik energiyasi vaqt oʻtishi bilan kamayib boradi. Natijada nomexanik energiyalar: issiqlik yoki kimyoviy, elektromagnit maydon energiyalari va boshqalar vaqt oʻtishi bilan ortib boradi
Mayer tenglamasi - oʻzgarmas bosim va oʻzgarmas hajmdagi gazlarning issiqlik sigimini ifodalaydigan tenglama: C—Cl=R=kN; bunda R — universal gaz doimiysi, k — Bolsman doimiysi, N — tekshirilayotgan hajm V lagi molekulalar soni. S, va S, — oʻzgarmas bosim va hajmlagi issindtik sigimi. Bu tenglamami 1842-yilla nemis fizigi Yu. R. Mayer aniqlagan.
Mayer uni issiqlikning mexanik ekviva-pentini aniqlashda qoʻlladi


Download 58.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling