Termodinamikaning ikkinchi qonuni


Download 147.5 Kb.
bet4/5
Sana06.04.2023
Hajmi147.5 Kb.
#1331188
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Ma\'ruza

5. Karno sikli
(5.5) formulaning ta’lilidan ko‘rinib turibdiki, q1 ortishi yoki q2 ni kamayishi bilan ortadi. Demak, kengayish va siqish jarayonlarini mos ravishda tanlab f.i.k.ni o‘zgartirish mumkin.
Shu tufayli quyidagidek savol tug‘iladi – f.i.k. eng yuqori bo‘lgan siklni yaratish mumkinmi?
Xuddi shunday siklni Sadi Karno taklif qilgan. Fransuz muhandisi Karno Nikola Leonar Sadi 1824 yilda “Olovning harakatlantiruvchi kuchi haqida mulohazalar” nomli asarida issiqlik dvigatellari nazariyasiga asos soldi.
Karno o‘zining bu ishida issiqlik dvigatellarining termodinamikasi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan siklini (keyinchalik uning nomi bilan atalgan) ko‘rib chiqdi.
Karno taklif qilgan sikl ikki adiabata va ikki izotermadan iborat bo‘lib, shu sikl bo‘yicha ishlagan issiqlik dvigatelining f.i.k. eng yuqori bo‘ladi. Jarayondagi barcha sikllar qaytar deb qabul qilinadi.
Ish olish nuqtai nazaridan izotermik va adiabatik jarayonlar eng maoqul hisoblanadi, chunki izotermik jarayonda ishchi jismga keltirilgan issiqlikning barchasi ishga aylanadi, adiabatik jarayonda esa issiqlik almashinmaydi.
Karno siklini barcha jarayonlarini ko‘rib chiqaylik (5.2. va 5.3-rasmlar).


1-2 jarayonda ishchi jismga temperaturasi T1 bo‘lgan isitkichdan q1 issiqlik keltirilishi natijasida u izotermik kengayadi.
Bu jarayonda bajarilgan ish keltirilgan issiqlik q1 ga teng bo‘ladi. (izotermik jarayon).
(5.6)
ishning qiymati v1-1-2-v2 yuzaga teng.
2-3 – jarayonda ishchi jism adiabatik kengayib v2-2-3-v3 yuzaga teng bo‘lgan ishni bajaradi.
Adiabatik jarayon uchun
(5.7)
bo‘ladi.,
bu yerda: k – adiabata ko‘rsatkichi.
3-4 jarayonda ishchi jism izotermik siqiladi va temperaturasi T2 bo‘lgan sovitkichga q2 issiqlik uzatiladi.
Siqish uchun v4-4-3-v3 yuzaga son jihatdan teng bo‘lgan ish sarflanadi.
(5.8)
4-1 adiabatik siqish jarayonida ishchi jism temperaturasi T1 gacha ko‘tariladi. Bu jarayonda v1-1-4-v4 yuzaga son jihatidan teng bo‘lgan ish sarflanadi.
(5.9)
1-2-3-4 siklning foydali ishi siklning jarayonlaridagi ishlarning algebraik yig‘indisiga teng.
Siklning barcha jarayonlari uchun ish formulalarini qo‘shsak quyidagini hosil qilamiz:

yoki bo‘ladi. (5.10)
Ma’lumki, har qanday issiqlik mashinasining termik f.i.k. quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
(5.11)
Bundan Karno sikli uchun:
(5.12)
2-3- va 4-1 adiabatik jarayonlar uchun:
(5.13)

nisbat o‘rinlidir.
Birinchi tenglamani ikkinchisiga bo‘lsak
(5.14)
hosil bo‘ladi.
Oxirgi nisbatni logarifmlasak
(5.15)
hosil bo‘ladi.
(5.14) formulani e’tiborga olib (5.15) formulani quyidagicha yozish mumkin:
(5.16)
(5.16) formuladan quyidagidek xulosalar qilish mumkin:
1) Karno siklining termik F.I.K. ishlatilayotgan ishchi jismning xossasiga bog‘liq bo‘lmasdan, faqat issiqlik manbalari absolyut temperaturalarining quyi va yuqori qiymatlariga bog‘liq bo‘lar ekan. (Karno teoremasi).
2) Karno siklining termik F.I.K. isitkich temperaturasi o‘sishi va sovitkich temperaturasi kamayishi bilan ortadi.
3) Karno siklining termik F.I.K. har doim birdan kichik bo‘lib, birga teng bo‘lishi mumkin emas.
Termik F.I.K. birga teng bo‘lishi uchun T2/T1=0, ya’ni T1=¥ yoki T2=0 bo‘lishi kerak. Tushunarliki, ikkala shartni ham amalga oshirib bo‘lmaydi.
4). Karno siklining termik F.I.K. T1=T2 bo‘lganda nolga teng, ya’ni tizimdagi barcha jismlar temperaturasi teng bo‘lsa, issiqlikni ishga aylantirib bo‘lmaydi.
Shuni esda tutish lozimki, Karno siklini termik F.I.K. ni aniqlash formulasi (5.16) faqat qaytar aylanma jarayonlar uchun to‘g‘ridir.
Ma’lumki, barcha real jarayonlar ishqalanish, issiqlik almashinish va h.k. lar tufayli qaytmasdir. Shuning uchun qaytmas Karno siklinining termik F.I.K. dan kichik bo‘ladi.
Karno siklini faqat to‘g‘ri yo‘nalishdagina emas, balki, teskari yo‘nalishda ham amalga oshirish mumkin. 5.4-rasmda Karno teskari sikli tasvirlangan.



Download 147.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling