Terpenlar


Alifatik terpenlar Monoterpenlar


Download 10.2 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi10.2 Kb.
#1593967
1   2   3   4
Bog'liq
Terpenlar

Alifatik terpenlar

Monoterpenlar

  • Monoterpenlar
  • Monoterpenlarning asosiy manbai xushbo’y o’simliklarning efir moylari hisoblanadi. Ulardan suv bug’i bilan haydab turli erituvchilar yordamida ekstraksiya qilinib olinadi. Hozirgi paytda sintez yo’li bilan ham olinadi.

Keng tarqalgan vakili kamfora Yaponiya va tropik mintaqalarda o’sadigan kamfora daraxti (Laurus camphora L.) dan ajratib olingan. Uyurak faoliyatini kuchaytiruvchi vosita hisoblanadi.
Tibbiyotda, atir-upacilikda, konditer sanoatida keng qo’llaniladigan mentol ham monoterpenlar sinfiga mansub. Geraniol-monoterpenli spirt, sitral-aldegid sitrusli mevalar tarkibidan ajratib olingan.
Gul nektarlari monoterpenlari odatda hasharotlarni o’ziga jalb etuvchi moddalar (attpaktantlar) hisoblanadi. Masalan xmel moyida mirsen va otsimen, lavanda moyida geraniol izomeri linalool va uning atsetati aniqlangan. Ikkala terpenoid ham yoqimli landish hidiga ega. Atirgul va geran efir moylarida qimmatbaho xushbo’y modda-(S)-sitronellol, na'matak gullarining nektarida esa geraniol va nerol bo’ladi.

Alifatik monoterpenlar kislotalar ta’sirida osongina halqalanadi. Masalan, geraniol dastlab nerol monoterpenigacha izomerisatsiyalanadi, u esa terpinning digidrooksi hosilalarigacha halqalanadi. Sis-terpin limonenning kislotali gidrolizi natijasida ham olinishi mumkin.

  • Alifatik monoterpenlar kislotalar ta’sirida osongina halqalanadi. Masalan, geraniol dastlab nerol monoterpenigacha izomerisatsiyalanadi, u esa terpinning digidrooksi hosilalarigacha halqalanadi. Sis-terpin limonenning kislotali gidrolizi natijasida ham olinishi mumkin.

Seskviterpenlar

  • Seskviterpenlar
  • Seskviterpenlar kimyosining rivojlanishi Sveytsariyalik olimlar L.Rujichka, A.Eshenmozer va ayniqsa X.Shints, F.Bolman tadqiqotlari bilan bog’liq. Seskviterpenlar asosan turli o’simliklarning efir moylarida va smolalar (balzam)da uchraydi. Ularga xushbo’y modda dendrolazin, iris moyida uchraydigan va mashhur hamda noyob fransuz atiri tayyorlashda ishlatiladigan bitsiklik keton-akoron kiradi.

Download 10.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling