Terrorizm va aholi muhofazasi. Reja
Portlashdan saqlanish uchun nima qilish kerak?
Download 14.82 Kb.
|
terror
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vahima kotarilish oqibati.
Portlashdan saqlanish uchun nima qilish kerak?
Uy ichi va uy atrofida: uy, uy atrofi va hovlini har xil o'simliklar, chiqindi uyumlari va keraksiz buyumlar yig'indisidan tozalanish kerak. Uylar eshigi oldida va yo'laklarda hech qanday vaqtinchalik garaj, omborxonalar va shunga o'xshash qurilmalar bo'lishi tavsiya etilmaydi. Ko'p qavatli uylarga, ular atrofiga va uyingizga keladigan notanish kishilarga e'tiborsiz bo'lmang, ular qoldirib ketgan buyumga e'tiborsizlik qilmang, chunki ular qoldirib ketgan buyum qo'lbola portlovchi qurilma (modda) bo'lishi mumkin. Ko'p qavatli uylar tomiga chiqadigan va erto'lasiga tushadigan eshiklar yaxshilab berkitilgan va kulflangan bo'lishi shart. Avtoulovda: agar siz o'zingizning avtoulovingizga portlovchi qurilma (modda) kuyib ketishidan xavotirlansangiz, avtoulovingizga o'g'irlanishga qarshi ishlaydigan signalizasiya o'rnating yoki avtoulovni qarovsiz qoldirmang. Xizmatga, ishxonaga, bozor yoki do'konlarga borganingizda avtoulovingizni garaj yoki qo'riqlanadigan avtoulov maydonchasiga qo'ying. Har safar avtoulovingiz yoniga kelganingizda uning tashqi va ichki qismini tashqaridan turib ko'zdan kechirib chiqing. Idorada: agarda sizning idorangizga keluvchi mehmonlar ko'p bo'lsa, siz o'zingizga qorovul olib, ularni metallodedektor yoki portlovchi moddalarni aniqladigan detektor bilan ta'minlang, shunda oldingizga kelgan mehmonlar orasidagi notanishlarni aniqlab olishingiz mumkin. O'zingiz tanimagan mehmonlardan biri sizga qoldirib ketgan shubhali sovg'alarga ham e'tibor bering, ular qo'lbola protlovchi qurilma (modda) bo'lishi mumkin. Siz yoki qorovullaringiz tomonidan shubhali predmet aniqlansa, zudlik bilan shaxsiy tarkib (xizmatchilar)ni xavfsiz joyga ko'chiring va yaqiningizda milisiya bo'linmasiga xabar bering. Vahima ko'tarilish oqibati. Download 14.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling