Terrorizm va aholi muhofazasi. Reja
Terrorizmga qarshi kurash
Download 14.82 Kb.
|
terror
Terrorizmga qarshi kurash. Terrorizmga qarshi kurash borasida O'zbekiston Respublikasi dunyo jamoatchiligini birinchilardan bo'lib, davlatlarni hamjihatlikka birgalikda harakat qilishga uning global muammoga aylanib ketishining oldini olishga eng nufuzli halqaro tashkilotlar minbaridan turib chaqiradi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov 1993 yil Birlashgan Millatlar tashkilotida so'zlagan nutqida aynan terrorizm va uning moddiy manbalari to'g'risida to'xtalib jahon jamoatchiligini birgalikda harakat qilish taklifini kiritdi. Shuningdek mamlakatimiz birinchilardan bo'lib terrorchilikka va uning keltirib chiqarayotgan illatlariga qarshi kurash borasida ilk bor qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga binoan quydagi davlat organlari terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradilar: O'zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo'mita,Davlat bojxona qo'mitasi, Mudofa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari , "terrorizmga qarshi kurash to'g'risida"gi qonunga binoan O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga terrorchilikka qarshi kurash olib borishda qolgan vazirliklar va qo'mitalarining terrorchilik harakatlarining oldini olish ularni aniqlash bartaraf etish va muayyan chora-tadbirlar belgilashda muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi. Mamlakat tinchligi uning xavfsizligini ta'minlash dasturidan kelib chiqqan holda 2005 yildan, boshlab davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo'mita Milliy xavfsizlik qo'mitasi tarkibiga kiritildi. Terrorchilik harakatlariga qarshi kurashda rahbarlik qilish terrorchilik harakati tomonidan tug'iladigan xavf va uning ko'lami, kelib chiqishi mumkin bo'lgan oqibatlari e'tiborga olingan holda xavfsizlikni ta'minlovchi davlat idoralari zimmasiga yuklatildi. Zarurat tug'ilganda alohida shtablar tuziladi. Terrorchilik harakatini bartaraf etishda birinchi navbatda kishilar hayoti xavf ostida qolsa, hamda moddiy va ma'naviy boyliklarni saqlab qolish maqsadida kuch ishlatmaslik uchun muzokaralar olib borish mumkin. Biroq, muzokaralarning olib borilishi terrorchilarning sodir etgan jinoyatidan javobgarlikni forig'etmaydi. Muzokaralar terrorchilik harakatining ishtirokchilari tomonidan ijobiy hal bo'lmasa, ya'ni ular o'z harakatini to'xtatishga rozi bo'lmasa, shuningdek, kishilar hayotiga xavf mavjud bo'lsa hamda moddiy va ma'naviy boyliklarning yo'q bo'lish tahdidi aniq saqlanib turgan paytda, ularni qurolsizlantirish va yo'q qilish uchun zarur choralar ko'riladi. Har qanday terrorchilik harakati muayyan xududda yuz beradi. Shu bois, "terrorchilikka qarshi operasiya o'tkaziladigan zonaning chegaralari terrorchilikka qarshi operasiya o'tkazish rahbarlari tomonidan belgilanadi" deyiladi "terrorizmga qarshi qurash to'g'risida"gi qonunda.
Xorijdagi terroristik harakatlar.1999 yil 6 aprel kuni soat 0040 larda Moskva shahrining umumiy fizika instituti yotokxonasida qo'lbola portlovchi qurilma yordamida portlash sodir etilgan. Hech kim halok bo'lmadi, tan jarohati olmadi. 1999 yil 9 sentyabr kuni 2359 da Moskva shahrining Guryanov ko'chasida portlash yuz bergan. Natijada, 94 kishi halok bo'lgan, 200 kishi tan jarohati olgan. Portlovchi modda quvvati 300–400kg trotil ekvivalentiga teng bo'lgan. 1999 yil 13 sentyabrga o'tar kechasi Moskva shahrining Kashirskiy yo'li bo'yida joylashgan ko'p qavatli uyning erto'lasida portlash yuz bergan. Natijada 118 kishi halok bo'lgan, 717kishi tan jarohati olgan. Portlovchi modda quvvati 200kg trotil – geksogen aralashmasiga teng bo'lgan. 1999 yil 31 avgust kuni soat 2000 da Moskva shahrining "Manejniy" maydonida joylashgan savdo markazida bo'lgan 33 kishi tan jarohati olgan portlash quvvati 150 – 200kg trotil ekvivalentga teng bo'lgan. 2000 yil 11 iyun kuni Grozniy shaxridagi, blok–postlarda birida kamikadze uyni avtoulovda portlatib yuborish oqibatida, 2 nafar harbiy xizmatchi halok bo'lgan, 1 nafar kishi tan jarohat olgan. 2002 yil 23 oktyabr kuni Moskva shahrida M.Baraev guruhi va kamikadze ayollar Dubrovkaning "Nord OST" madaniyat binosida 900 kishini garovga olgan. Maxsus operasiya natijasida terrorchilar guruhi yo'q qilingan, garovga olinganlardan 129 nafar kishi halok bo'lgan. 2002 yil 27 dekabr kuni Grozniy shahrining Davlat Mahkamasi binosi oldida ikki erkak va bir o'ng yoshli qiz, 2 ta avtoulovni portlatganlar. Natijada, 72 kishi halok bo'lgan, 210 kishi tan jarohati olgan. 2003 yil 14 may kuni Chechenistonning Nadterechniy tumanining Znamenskoe qishlog'ida 2 erkak va 2 ayol "Kamaz" avtoulovini portlatib yuborishi natijasida, 60 kishi halok bo'lgan, 250 kishi tan jarohati olgan. 2003 yil 5 iyun kuni Shimoliy Osetiyaning Mozdok shahrida harbiy aerodrom xodimlarini olib ketayotgan avtobus yonida bir ayol o'zini portlatishi natijasida 20 kishi halok bo'lgan, 19 kishi tan jarohati olgan. 2003 yil 9 dekabr kuni soat 1023 da Moskva shahrining Maxoviy ko'chasida joylashgan "Nasional" mehmonxonasida portlash yuz berdi. Portlash kamigadze ayol amalga oshirilgan. Natijasida, 6 kishi halok bo'lgan, 13 kishi tan jarohati olgan. Portlash kuvvati 1kg trotil – ekvivalentiga teng bo'lgan. 2004 yil 6 fevral kuni soat 833 da Moskva shahri Zamoskoreskiy metro liniyasida elektorpoezdning ikkinchi vagonda portlash yuz berdi. Natijada 39 kishi halok bo'ldi. 350 kishi tan jarohati olgan. Portlovchi moddaning quvvati 2kg trotil – ekvivalentiga teng bo'lgan. 2004 yil 1 sentyabrida Shimoliy Osetiyaning Beslan shahridagi 1–maktab garovga olingan soni 1200 nafar kishidan ziyod. 350 kishi qurbon bo'ldi, yaradorlar 450 dan ortiq ularning yarmidan ko'pi bolalar edi. Keyinchalik aniqlanishcha 331 kishi halok bo'lganlar ichidagi 186 tasi maktab o'quvchilari. Download 14.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling