Terrorizm va aholi muhofazasi. Reja


Terrorizm kelib chiqish sharoiti va omillari


Download 14.82 Kb.
bet6/7
Sana08.01.2022
Hajmi14.82 Kb.
#249485
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
terror

Terrorizm kelib chiqish sharoiti va omillari.

Yurtimizda amalga oshirilgan terrorchilik harakatlarining shakli va usuli bizning xalqimizga xos emasligi, chetdan uyushtirilganligiga shubha yo'q. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, demokratik va ozod jamiyat barpo etish yo'lidan sa'i – harakatlarimiz kimlargadir yoqmayotgani, ular o'rta asr tartiblarini qo'msayotganlarini oshkora qilmoqdalar. Bunday harakatlarning ulug'vor Islomiy g'oyalarga mutloqa aloqasi yo'q. Jahondagi nufuzli diniy ulamolar ham qayta – qayta bu haqida gapirilmoqdalar. Malayziya poytaxtida diniy ulamolarning xalqaro konferentsiyasida Qohiradagi qadimiy Al-Azhor masjidi xodimi, mo''tabar Shayx Muhammad Said Tantaviy o'z so'zida yoshlarni o'zini portlatish yo'li bilan terror qilishga yo'llayotgan guruhlar Islom dushmanlaridir degan edi. Uning fikricha, ekstremistlar, Islom va jihod tushunchalarini o'z maqsadlari yo'lida buzib talqin qiladilar. Ekstremizm – islomiyat dushmanidir degan edi Shayx.

Insoniyat bugun terrorizmga qarshi ayovsiz jabhasida turibdi. Bu ma'rifat va jaholat, ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi azaliy kurash jabhasidir. O'zbekiston bu kurashning oldingi safida bormoqda. Bunda jiddiy to'qnashuvlar, talofatlar ham bo'lishi mumkin.

BMT ning bosh Assambleyasi tomonidan tayyorlangan "portlovchi moddalar bilan amalga oshiriladigan qo'poruvchilikka qarshi kurash bo'yicha xalkaro Konventsiya"ni dunyodagi barcha mamlakatlar imzolasa va unga qat'iy amal qilsa, portlovchi moddalar bilan amalga oshiriladigan qo'poruvchilikni jinoiy javobgarlik sifatida o'z bahosini bersa, terrorchilarni jazolash, ularni qo'lga olishda davlatlararo hamkorlikni kengaytirish bilan bog'liq masalalarni qamrab olingan bo'lur edi. Xalqaro jamoatchilik mazkur tashabbusni sayyoramizda osuda hayotni qaror toptirish yo'lida qo'yilgan zarur qadamlarning biri bo'ldi, deya baholanmoqda.



20 asrdan 21 asrga meros bo'lib o'tgan yovuzlik ko'rinishlaridan biri bu terrorizimdir. U inson qalbidagi yovuzlikning moddiylashgandagi bir ko'rinishi yoki boshqacharoq qilib aytganda terror yovuz niyatli guruhlarning insoniyatga qarshi e'lon qilinmagan urushi o'z o'rnida aytish mumkinki, har qanday yovuz g'oyaga va uning amalga oshirish mexanizimiga o'z vaqtida berilmas ekan, uning ildizlari yanada chuqurroq otishga yordam berilgan bo'lardi. Chunki indamaslik yoki u haqda fikr bildirib amaliy chora ko'rmaslik xayrxohlik degani bilan barobardir. Jahon hamjamiyati qudratli davlatlar tomonidan terrorizimga qarshi birgalikda yagona markaz orqali kurashilganida 20 asrning mo'jizasi bo'lgan Nyu York AQSh shahridagi xalqaro savdo markazining ikki binosi sanoqli daqiqalar ishida er bilan yakson bo'lmas edi. Shuningdek Shimoliy Irlandiya va Angliyadagi ira, Ispaniyadagi ita, Osiyoda faoliyat olib borayotgan Al koida kabi Yer yuzasining turli burchaklaridagi 500ga yaqin terrorchilik tashkilotlari yovuz niyatlariga chek qo'yilgan bo'lardi. Rasmiy malumotlarga qaraganda, 1975 yildan 1994 yilgacha dunyoning turli mamlakatlarida 9 mingdan ortiqroq terroristik harakatlari sodir etilgan yoki boshqacharoq qilib aytsak, kuniga 1.3 martadan yovuz kuchlar o'zini namoyon etgan. Siyosatshunoslarning fikriga qaraganda 20 asrda yani yuz yil davomida atigi 26kungina tinchlik hukmron bo'lgan. Qolgan paytda er kurasining qaysi bir burchagida urush va qon to'qilishlar sodir bo'lib turgan. Bugungi kunda terroristik tashkilotlar o'zlarida mavjud bo'lgan barcha imkoniyatlarni ishga solib o'z maqsadiga erishish sari qonli yurish qilmoqda. Masalan ular turli xildagi kimyoviy va biologik qurollardan 200 martadan ortiq foydalanildi. Falastinlik terroristlar Isroildan Evropaga olib ketilayotgan katta miqdordagi apelsinni simob bilan zaharlashlari shuningdek Filippin va Tseylonda ham qishloq xo'jaligi mahsulotlarini zaharlash hollari ro'y bergan. Ayniqsa, Tojikistonning Qo'rg'ontepa shahrida yuz bergan bezorilik alohida qayd etib o'tish mumkin. Bunda Rossiyaning 201 motoo'qchi divizyasi harbiy xizmatchilarining muayyan bir qismiga tarkibida gepatit bo'lgan siydikni tarvuz qovun va shaftoliga singdirish orqali yuqtirgan . 1994 yil Yaponiyaning Masumoto shahrida AUM Sinrikyo diniy terroristik tashkiloti tomonidan zarin zaharlovchi moddasining ishlatilishi natijasida 7 kishi vafot etdi. 114 nafar turli darajada tan jarohati oldi. 1995 yilda mazkur terroristik tashkilot tomonidan Tokio metrosida 16 er osti bekatlarining zaharlanishi oqibatida 12 yo'lovchi vafot etdi. 4 ming kishi turli darajada tan jarohati oldi. Hozirgi kunda terroristik tashkilotlarda toksik kimyoviy hamda biologik qurollardan foydalanish maqsadida maxsus dasturlar asosida ish olib borilayotgani sir emas. Xo'sh, 21 asrda global muammoga aylanib qolgan terrorizmning o'zi nima. Terrorizm avvalambor siyosiy huquqiy tarixiy ijtimoiy psixalogik dinlararo va boshqa muammolarga borib taqaluvchi juda murakkab turli ko'rinishli o'zgaruvchan va kundan-kunga avj olib borayotgan mudxish hodisa bo'lib, uning bartaraf qilinishi bu muammolarning echimi bilan ham bog'liq. Zero hozirgi kunga qadar terrorizm ta'rifi haqida yakdil xulosaga kelganicha yo'q. Shu o'rinda O'zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrida qabul qilingan terrorizmga qarshi kurash to'g'risidagi Qonunida berilgan izohlarni keltirib o'tish muayan tushinchani shakllantiradi. Garovga ushlab turilgan shaxs qo'lga olingan yoki ushlab turilgan shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hoqimiyati va boshqaruv organlarini xalqaro tashkilotlarni shuningdek ayrim shaxslarni biron bir harakat sodir etishdan tiyilishiga majbur qilish maqsadida terrorchilar tomonidan qo'lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shaxs terrorchi terrorchilar faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxs. Terrorchilik guruxi oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan bunday harakatga tayyorgarlik ko'rgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shaxslar guruxi terrorchilik tashkiloti ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi. Terrorchilikka qarshi operasiya terrorchilik harakatiga chek qo'yish va uning oqibatlarini minimallashtirish shuningdek, jismoniy shaxslarning xavfsizligini ta'minlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan, kelishilgan va o'zaro maxsus tadbirlar majmui. Terrorchilikka qarshi operasiya o'tkaziladigan zona joyning yoki akvatoriyaning alohida uchastkalari havo bo'shlig'i transport vositalari binolar, imoratlar, inshoatlar, xonalar hamda terrorchilikka qarshi operasiya o'tkaziladigan doiradagi ularga tutash hududlar terrorchilik faoliyati terrorchilik harakatini uyushtirish rejalashtirish tayyorlash va amalga oshirishdan terrorchilik tashkilotini harakatiga undashdan terrorchilik tashkilotini tuzishdan terrorchilarni yollash, tayyorlash va qurollantirishdan ularni moliyalashtirish va modiy texnika jihatidan ta'minlashdan iborat bo'lgan faoliyat. Terrorchilik harakati garovda ushlab turish uchun shaxslarni qo'lga olish yoki ushlab o'tirish davlat yoki jamoat arbobining aholining milliy etnik diniy boshqa guruhlari chet el davlatlari va halqaro tashkilotlar vakillarining hayotiga tajovuz qilish davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik ob'ektlarni bosib olish shikastlantirish yo'q qilish portlatishlar o't qo'yishlar portlatish qurilmalarini radiaktiv biologik portlovchi kimyoviy boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish bilan qo'rqitish er usti suv va havo transporti vositalarini qo'lga olish, olib qochish shikaslantirish yo'q qilish aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar o'tkazilayotganda vahima ko'tarish va tartibsizliklar keltirib chiqarish aholi hayotiga sog'lig'iga jismoniy yoki yuridik shaxslar mol mulkiga avariyalar texnogen xususiyatli halokatlar sodir etish bilan zarar etkazish yoki xavf tug'dirish tahditni har qanday vositalar va usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik jinoyatlarni O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va xalqaro huquqining umum e'tirof etilgan me'yorlarida belgilangan terrorchilik ustidagi boshqa harakatlarni sodir etish.

Xalqaro terrorizm bir davlat hududi doirasida tashqariga chiqadigan terrorizm deb ta'rif berilgan.

Terrorizm to'g'risida ilmiy ommabop adabiyotlarda olimlarimiz turlicha ta'rif berib kelishmoqda. Jumladan terrorizm muayyan siyosiy maqsadda davlat yoki jamoat arboblari hayotiga qasd qilish yoki hozirgi xalqaro munosabatlarda biror mamlakat siyosatiga ta'sir ko'rsatish davlat rahbarlari hukumat boshliqlari diplomatik vakolatxona a'zolariga ko'p hollarda begunoh aholiga qarshi uyushtiriladigan qotillik va zo'rovonliklar deb o'zadilar uslubiy ma'rifiy qo'llanmada Sh Kudratxo'jaev va A Kirg'izboevlar. Shuningdek u Ubaydullaev xalqaro terrorizm tarixi va zamonaviy muammolarni kitobida terrorizm bu ma'lum siyosiy maqsadlarga, erishishga yo'naltirilgan tinchlikka fuqarolar xavfsizligiga va hayotiga zo'ravonlik ishlatish yoki uni qo'llash xavf xatarini tug'dirishdir deb ta'rif beradi.

O'zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash to'g'risidagi qonunda terrorizmga xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish davlatning maqsadlarini amalga oshiradi. Bu yo'l terroristik harakatining o'ziga xos uslubidir. Umumiy qilib aytiladigan bo'lsa, terrorizm yovuz g'oyalarning amalga oshirish usuli.



Bugungi kunda terrorizimning qator muhim xususiyatlari mavjudki uning bevosita bu xususiyatlarga ega bo'lishida insoniyatning o'zi yaratgan texnika va texnalogiyalarning ahamiyati katta. Masalan, Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat departamentining 1999 yildagi global terrorizm to'g'risidagi ma'ruzasida bu xususiyatlar yaxshi tashkil qilingan mahalliy lokal homiy davlatlar tomonidan qo'llab quvvatlanib turuvchi terroristik guruxdan erkin tuzilgan xalqaro jinoiy uyushmaga aylanganligi siyosiy terrordan diniy yoki g'oyaviy asoslari ustun bo'lgan terrorizmga o'tishi, terrorizm markazining yaqin Sharqdan Janubiy Osiyoga xususan Afg'onistonga ko'chishi terrorisik tashkilotlar tomonidan ular jazosiz harakat qilishi mumkin bo'lgan mintaqalardan joy qidirishi, moliyalashtirishning xususiy omillari narkobiznes uyushgan jinoyatchilik va noqonuniy savdo-sotik kabi manbalardan foydalanishi kabi xususiyatlar kasb etishi ko'rsatib o'tiladi.

Terroristik harakatlarni qator xususiyatlari mavjudki, buni e'tiborga olmaslik mumkin emas. Bular: terroristik harakat avvalombor qonun ustuvor bo'lmagan o'zaro birikmagan rivojlanish jihatidan ancha orqada qolgan hududlarda shakllanadi.Birinchi bo'lib o'zi shakllangan hududni o'z tasarrufiga oladi. O'ziga rivojlangan mamlakatlarda homiy izlashga harakat qiladi va har qanday homiy yordamini rad etmaydi. Terroristik yozuv g'oyalarning amalga oshirish usuli bo'lganligi sababli targ'ibotning har qanday turidan reklamadan matbuot materiallaridan og'zaki tashviqotdan turli mish-mishlar va yolg'on gaplar tarqatishdan o'z maqsadlari uchun samarali foydalanishga urinadi.Ular terroristik harakatni bevosita sodir etayotgan o'zini portlatib yuborayotgan terrorchi kamikadzelar guruhini tayyorlaydi va bu harakatni bilvosita amalga oshiradi.Ular hozirgi kunda rivojlangan texnika va texnologiyalar yutuqlaridan foydalanib terrorizimni global muammolarga aylantiradilar. Ular o'zlari panoh topgan mamlakat boshqaruvini qo'lga olish yoki nazoratiga ushlab turish uchun atrof jamoatchiligini qo'rqitish vahima solish, bo'ysundirish maqsadida, ko'proq kuchli rivojlangan mamlakatlarda terroristik harakatlarni amalga oshiradilar va bu bilan o'zlarining namoyish etishga harakat qiladilar. Bugungi kunda eng katta xaflardan biri terroristik harakatlar sodir etayotgan tashkilotlarning ruhiy-g'oyaviy hamda moddiy homiylar va rahbarlari o'zlarining yordamchilarini tinch va rivojlanayotgan davlatlarga ta'sir o'tkazish maqsadida davlat boshqaruv tizimiga suqilib kirishlari mumkinligidadir. Ayniqsa, bunday holat korrupsiyalashgan davlatlarda keng tarqalishi mumkinligi ehtimoli mavjud. Albatta bu jarayon bir necha yilga mo'ljallanib uning natijasi katta samara beradi. Bunday holatlarni tarixiy misollardan ko'rishimiz mumkin. Masalan: Misrda Levis Sayis podsholigining o'rnatilishi fikrimizning dalilidir. Qadimgi Xitoy faylasufi va lashkarboshisi Sun szi raqib tomonning ko'zga ko'ringan rahbarlarini jinoyat qilishga torting ularning kelajagini buzing va zarur paytda jamiyat oldida sharmanda qiling deb o'z askarlariga buyruq beradi. Bu esa yovuzlikka jirkangan xarakatlarning o'z ta'sirini oshirish uslubi hisoblanadi.Terroristik guruhlar yovuz xarakatlarini amalga oshirish maqsadida turli xildagi yashirin qurollardan foydalanishga harakat qiladilar. Ayniqsa kishi e'tiborini o'ziga tortmaydigan kichik hajmli tashqi tomondan shaxsning har kuni foydalanadigan buyumlar ko'rinishida bo'lgan narsalardan foydalanishmoqda (jamodon, sumka,paket va HK.) Terroristlar tomonidan ommaviy shkast etkazish qurollarining foydalanish ob'ektlari odamlar ko'p to'planadigan joylar: metro bekatlari aeroportlar temir yo'l va avtomabil shohbekatlari katta binolar yopiq turdagi kontsert sport zallari teatrlar yirik shaharlardagi suv haydash tizimlari va shuningdek o'ta xavfli suv omborlari ommaviy qirg'inbarot qurollari saqlanayotgan joylar va boshqa shu kabi ob'ektlar ham bo'lishi ehtimoldan xoli emas.Terroristlar ommaviy qirg'inbarot qurollardan tashqari portlovchi moddalar va qurilmalardan, fugas, mina, granatalardan foydalanishi mumkin. Terroristlar tomonidan kichik hajmdagi va turli ko'rinishdagi portlovchi qurilmalarni qo'llash orqali o'z harakatlarini amalga oshirish keskin va kuchli tus oldirib yuborildi. Chunki bunday portlovchi qurilmalar har kimning e'tiborini o'ziga tortmaydi va shu bilan birga uni olib yurish imkoniyati yuqori bo'ladi .Masalan "o'yinchoq mina"hamda "o'yinchoq qopqonlar"shular jumlasiga kiradi .

Bugungi kunda terroristlar tomonidan qo'llanilayotgan turli ko'rinishdagi portlovchi moddalarning xavfsizlik maydoni quydagilarcha:

Granata oskolkasining uchishi 50-100m:

Mina oskolkasining uchishi 100-300m:

Keys ya'ni portlovchi moddalarning xavfsizlik maydoni 250-300m:

Jomodon sumkaga solingan portlovchi moddalarning xavfsizlik maydoni 350-400m :

Avtomobilga qo'yilgan portlovchi moddalarning xavfsizlik maydoni 600-1500m:

"o'lim belbog'i"ning xavfsizlik maydoni 50-300m.



Terroristlar tomonidan qo'llanilayotgan va keng tarqalgan qurollardan biri bu tuproq ostida qo'yiladigan mina va fugaslardir. Fugas tipidagi portlovchi moddani ya'ni shu tipdagi minani mina izlovchi aparatlar yordamida topish mumkin emas .Chunki bunday tipdagi portlovchi qurilma plastik materiallardan yasalgan bo'lib uni faqat sapyorlarning maxsus tayoqchasi bilan aniqlash mumkin.Buni aniqlash jarayoni o'ta xavfli bo'lib, kichik bir xato ham inson hayotiga xaf solish ehtimoli juda yuqori.


Download 14.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling