Teshaboeva dildora bitiruv malakaviy ishi mavzu: tekis tezlanuvchan


  Tekis  tezlanuvchan  harakat    qilayotgan  jism


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.08.2020
Hajmi1.01 Mb.
#126707
1   2   3   4   5
Bog'liq
tekis tezlanuvchan harakatni organish


2.3.  Tekis  tezlanuvchan  harakat    qilayotgan  jism 
tezlanishini aniqlash. 
 
     Kerakli  jihozlar: 

1.  Kinematika  va  dinamikaga  doir  tajribalar   namoyish 
qilinadigan jihoz (nov, shtativ),   
2.  o‘lchov lentasi;  
3.  sekundomer.  
Sharcha qiya novning boshidan boshlang‘ich tezliksiz 
qo‘yib  yuborilsa,  uning  harakati  S=at
2
/2  tenglama  bilan 
ifodalanadi.  Bundan  jismning  harakat  tezlanishi  a=2S/t
2
 
ekanligi ma’lum bo‘ladi. Demak, sharchaning bosib o‘tgan 
S  masofasini  o‘lchov  lentasi  bilan,  ketgan  t  vaqtni 
sekundomer  yordamida  o‘chansa,  tezlanishni  hisoblab 
topish mumkin. 
 
Ishni bajarish tartibi. 
1-tajriba.  Nov  shtativga  1-rasmda  ko‘rsatilgandek 
o‘rnatiladi.  Sharcha  A  nuqtadan  biroz  yuqoridan  qo‘yib 
yuboriladi  va  A  nuqtadan  o‘tish  lahzasida  sekundomer 
tugmasi bosiladi va vaqt qayd etiladi. Sekundomerdan t
1
 va 
t
2
   vaqt  oraliqlari  hisoblanadi.  Novdan  AB  oraliq  o‘lchov 
lentasi  bilan  o‘lchanadi.  So‘ngra  tezlanishni  topish 
formulasi(a=2S/t
2
) ga qo‘yib natija hisoblanadi.  
Novni  turli  qiyalik  burchagi  ostida  o‘rnatib  tajribani 
takrorlang.  

2-tajriba. 
Qiya 
o‘rnatilgan 
taxtacha 
ustiga 
tomizg‘ichli  aravacha  o‘rnatiladi.  Tomizg‘ich  jo‘mragini 
har  sekundda  bitta  tomchi  tomadigan  qilib  sozlanadi  va 
aravacha  qo‘yib  yuboriladi.  Tomchilar  o‘rni  qog‘ozga 
belgilab  olinib,  ular  oralig‘i  o‘lchanadi.  Bu  masofalarning 
yig‘indisini  va  tomchilar  sonini  bilgan  holda  a  tezlanish 
topiladi.  
O‘zingizni sinab ko‘ring! 
1.  Jismning  tezlanishi  bilan  novning  qiyaligi  o‘rtasida 
qanday bog‘liqlik bor?  
2.  Sharchani novning o‘rtasidan qo‘yib yuborilsa, uning 
tezlanishi qanday o‘zgaradi?  
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
2.4.,, 
TEKIS 
TEZLANUVCHAN 
HARAKAT  
QILAYOTGAN  JISM  TEZLANISHINI  ANIQLASH’’ 
mavzusi  bo’yicha  nazorat  darsi    o’tkazish        uchun 
testlar.  
1. 
Tezlanishni 
aniqlash 
bo‘yicha 
o‘tkazilgan 
laboratoriya  ishida  sharchaning  tushish  balandligi  2 
marta  orttirilsa  uning  tushishdagi  tezlanishi  qanday 
o‘zgaradi? 
 
A)2martaortadi 
B)1,43martaortadi 
D)1,5martaortadi 
E) 4 marta ortadi 

2.  Boshlang‘ich  tezligi  15  m/s  bo‘lgan  avtomobil  tekis 
yo‘lga  chiqib  olganidan  so‘ng  10  s  davomida  1  m/s
2
 
tezlanish bilan harakatlandi. Yo‘lning uzunligini toping. 
 
A)100m 
B)150m 
D)200m 
E) 250 m 
3. Tezlik grafigidan foydalanib, jismning 
t = 2 s dagi tezlanishini aniqlang. 
 
 
A)1m/s
2

B)2m/s
2

D)3m/s
2

E) 4 m/s
2
 . 

4.  Quyida  keltirilgan  tenglamalardan  qaysi  birlari  tekis 
sekinlanuvchan harakatga tegishli? 1. 
2. 
3. 
4. S = 
 
 
A)1;4; 
B)1;2; 
D)1;3; 
E) 3; 4. 
5.  Boshlang‘ich  tezligi  3  m/s  bo‘lgan  yengil  avtomobil 
tezlanishi  0,5  m/s
2
  ga  teng  bo‘lsa,  uning  10  s  dan 
keyingi tezligini toping. 
 
A)5m/s 
B)30m/s 
D)8m/s 
E) 15 m/s 

6.  Quyidagi fizik kattaliklardan qaysi biri vektor kattalik 
hisoblanadi? 
 
A)Koordinata; 
B)Vaqt; 
D)Yo‘l; 
E) Tezlanish. 
7. Poyezd yo‘lning dastlabki 40 km ni 80 km/soat tezlik 
bilan,  keyingi  50  km  ni  100  km/soat  tezlik  bilan  o‘tdi. 
Poyezdning  butun  yo‘l  davomidagi  o‘rtacha  tezligini 
aniqlang. 
 
A)95km/soat; 
B)85km/soat; 
D)90km/soat; 
E) 87,5 km/soat. 
8.   1 m/s
2
 ni  km/soat
2
 da ifodalang. 

 
A)12960 
B)1296 
D)12,96 
E) 1,296 
9. Mototsiklchi tinch holatdan harakat boshlab 30 s dan 
so‘ng  54  km/soat  tezlikka  erishadi.  Harakatlanish 
qanday tezlanish bilan bo‘lgan? 
 
A)54m/s
2
 
B)0,25m/s
2
 
D)0,9m/s
2
 
E) 0, 5 m/s
2
 
10.  Quyidagi    formulalardan    qaysi    biri    tezlanish 
ta'rifiga mos keladi? 
 
A)
 

B)
 
D)
 
E) To‘g‘ri javob keltirilmagan 
11.  Mototsiklchi  tinch  holatdan  harakat  boshlab  30  s 
dan  so‘ng  54  km/soat  tezlikka  erishadi.  Harakat 
tezlanishi nimaga teng? 
 
A)
 
B)
 
D)
 
E) 
 
12.    Chang‘ichi  bir  tepalikdan  tushib  ikkinchisiga 
ko‘tariladi.  Ko‘tarilish  davrida  4  s  davomida  tezligi  12 
m/s dan 2 m/s gacha kamaydi.Tezlanishni aniqlang. 

 
A)-2,5m/s
2
 
B)3,5m/s
2
 
D)-3,5m/s
2
 
E) 2,5 m/s
2
 
13.    Tom  chetidan  uzilgan  tomchi  yerga  3  s  dan  so‘ng 
tushdi.  Tomchi  taxminan  qanday  balandlikdan 
tushgan? 
 
A)12m; 
B)24m; 
D)30m; 
E) 45 m. 
14. Tezlanish qanday birlikda o‘lchanadi? 
 
A)m/s; 
B)m/s
2


D)ms
2

E) sm
2

15. Lokomotiv 250 m yo‘lni o‘tish davomida o‘z tezligini 
36  km/soat  dan  54  km/soatga  oshirdi.  U  qanday 
tezlanish bilan harakatlangan? 
 
A)0,05m/s
2

B)0,5m/s
2

D)0,25m/s
2

E) 0,75 m/s
2

 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
       2.5.    Fizika  o’qitishda  og’zaki  bayon  uslubi. 

 
Umumtalim    maktablarida    fizika    fani    o’qituvchisi  
o’quvchilarining    birgaliktagi    va    o’zaro    bog’langan  
ishlarida  foydalaniladigan  o’qitish  maqsadlariga  erishish  
uchun  yo’naltirilgan  faoliyot  usullariga  o’qitish  uslublari  
deyiladi.    Fizika  darslarida    turli    ko’rinishdagi    o’qitish  
uslublari:  hikoya,  tushuntirish,  ma’ruza,  namoyish  qilish,  
masala    echish,  o’quvchilarni    darslik    bilan    mustaqil  
ishlashi,    kinofilm    va  teleko’rsatuvlardan    foydalanish,  
o’quvchilardan  so’rash,  yozma  sinov  ishlari   va  boshqa  
usullardan    foydalaniladi.    Masalan:    og’zaki    uslubda  
o’qituvchi    asosan    so’z    orqali    tajriba    va    ko’rgazma  
yordamida    o’quvchilarga    bilim    beradi.    Bu    uslubga  
hikoya,    maruza,    mavzuni    tushuntirish    ,suhbat,  
telehikoya,    telema’ruza,    kitob    bilan    ishlash    kiradi.  
Og’zaki  uslubda  asosiy  bilim  manbai---so’zdir. 
      Fizika  darslarida  og’zaki  bayon  tajriba,  grafika,  jadval  
va    rasmlarni    ko’rish    va    tahlil    qilish,    masala    yechish  
bilan  uzviy  bog’langan  holda  olib  boriladi. 

    Suhbat---o’quvchilar    bilimi    va    malakasiga    asoslangan  
holda    savol—javob    bilan    yangi    materialni    o’quvchilar  
ongiga  yetkazishdir. 
    Suhbat  rejasida  quyidagilar  o’z  aksini  topishi  lozim: 
1)  Suhbatda    har    bir    bosqichga    mos    keluvchi  
mantiqiy  ketma—ket         savollar  guruhi  tuzilgan  
bo’lishi; 
2)  Ko’rsatilgan  tajriba  va  ko’rgazmalar  ro’yhati  va  
ularni  namoyish  qilish  o’rni;                                                                                                                                            
         3)    doskaga    va    o’quvchilarning      daftarlariga  
yoziladiganlar ko’rsatilishi. 
Suhbat  orqali  quyidagi  masalalar  hal  qilinishi  mumkin: 
      ---fizika    qoidalarini    frontal    tajribalar    asosida  
tushuntirish; 
     ---fizik  hodisalarni  tabiatini  ochib  berish; 
     ---tajriba    va    ko’rgazmalar    asosida    fizik  
tushunchalarning  mohiyatini  ochib  berish; 
    ---bilimni  takrorlash  va  to’ldirish; 

    ---qo’yilgan  muammoni  hal  qilish  yo’llarini  aniqlash; 
   ---o’quvchilar  bilimini  sinash. 
  Hikoya---materialni  ketma-ket  obrazli  qilib  bayon  qilish. 
  Hikoya  uslubi  quyidagi  masalalarni  hal  qilishda  samara  
beradi: 
1)  turli    ixtirolarning    va    qonunlarning    ochilish    tarixi,  
olimlarning   
hayoti  bilan  tanishtirish
2)  fan  va  texnika  yutuqlari  bilan  tanishtirish; 
3)  o’rganilganlarni  fan  va  texnikada  qo’llanilishi  bilan  
tanishtirish; 
4)  tabiatda    va      texnika    qurilmalarida    kuzatiladigan  
hodisalarni  tasvirlash. 
Hikoya  aniq,  mantiqan  ketma-ket,  obrazli  bo’lishi,  
jadalligi,   
o’quvchilarni    qabul    qilishiga    va    materialning  
qiyinligiga  qarab   

tanlanishi    lozim.    Hikoya    tajriba    va    ko’rgazmalar  
bilan  to’ldirib   
       boriladi. 
    Tushuntirish-tajriba    va    ko’rgazmalar    yordamida    og’ir  
mavzularni  
ketma-ket    mantiqiy    bayon    qilishdan    iborat.    Bu  
uslub  isbotlab   
tushuntirib,  asoslab  berishni  talab  etadigan  ushbu  
mavzularni   
       o’tishda  qo’llaniladi: 
1)  fizik    asbob    va    mashinalarning    tuzilishi    va  
ishlashini     
o’qitishda; 
2)  nazariyalar    asosida    hodisalarning    mohiyatini  
ochib   
berishda; 

3)  hodisalarning    o’zaro    bog’lanishlarini    ochib  
berishda; 
4)  jismlarning    xossalarini    atom    molekulyar    va  
electron 
nazariyalar  asosida  tushuntirishda
5)  fizik  qonunlar  asosida  texnologik  jarayonlarni   
tushuntirishda. 
Tushuntirish    ishlari    suhbat    bilan    birga    olib  
borilsa,  o’quvchilarning  faolligi  ortadi. 
Ma’ruza---hikoya  va  tushuntirishga  qaraganda  
ilmiy 
tomondan  qat’iy  uzoq  vaqt  talab  etadigan  bayon  qilish  
uslublaridandir.  Bu    uslub    ko’proq    yuqori    sinflarda    qo’l  
keladi.  Chunki,  asosan    to’la    bir    darsga    mo’ljallanadi. 
Ma’ruza    o’quvchidan    abstrakt    tafakkur    qilishni,    uzoq  
vaqt  diqqat  bilan  tinglay  olishni, qonun  va  xulosalarni  
ta’riflay  olishni  talab  qiladi. 
          Hamma    og’zaki    bayon    uslublari    tajriba    va  
ko’rgazmalar    bilan    to’ldirib    boriladi.  O’qituvchi    darsda  

ham    ma’ruzachi,    ham    tajriba    ko’rsatuvchi    rolini  
bajaradi.  Uning    tili    aniq    va    ravon    bo’lmog’i,  jadalligi  
o’quvchilarning  qabul  qilishlarini  ta’minlamog’i  lozim. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.6.  Fizika  o’qitishda  muammoli  o’qitish  uslubiyoti. 
 
   Umumta’lim    maktablarida    fizika    fanini    muammoli  
o’qitishda    fizika    o’qituvchisi    murakkab    tushunchalarni  
tushuntirishda  muntazam  ravishda  muammoli  vaziyatlar  
hosil  qilib  boradi  va  o’quvchilarning  bilish  faoliyatlarini  

shunday  tashkil  qiladiki,  ular  mustaqil  ravishda  faktlarni  
tahlil    qilib,    hodisalarni    kuzatib    xulosa    chiqaradilar    va  
umumlashtiradilar,    tushuncha    va    qonunlarni  
ta’riflaydilar,    bilimlarini    yangi    muammoli    vaziyatlarga  
qo’llaydilar,    masala    yechadilar,    laboratoriya    ishlarini  
bajaradilar. 
     Muammoli    o’qitish    o’quvchilarning    fikrlash  
qobiliyatlarini    aktivlashtiruvchi    muammoli    vaziyat    hosil  
qilish    bosqichlaridan    boshlanadi.  Keyingi    bosqichlari:  
muammoni    aniqlash,  uni    hal    qilish    usullarini  aniqlash,  
muammoni    hal    qilish,  xulosani    ta’riflash    va    yakun  
yasashdan  iborat. 
     Muammoli  vaziyat  qiyinligi  o’quvchilar  tomonidan  uni  
hal    qilishga    kuchlari    yetadigan    bo’lsin    va    bu  
qiyinchiliklarni    yengishga    ularda    qiziqish    uyg’ota    olsin.  
Masalan, kutilmagan  muammoli  vaziyatlarni  quyidagicha  
hosil  qilish  mumkin: issiq  xonada  efirni  bug’latib  suvni  
muzlatamiz(bug’lanish    hodisasi),  kuchli    bo’ronda    uyning  
tomi    ajrab    yuqoriga    ko’tarilib    ketishi(Bernulli    qonuni). 
Bularni  fizika  nuqtai-nazaridan qanday tushuntiriladi? 

    Muammoli  o’qitish  bir  necha  xil  bo’lishi  mumkin: 
1.  O’qituvchi muammoni  o’rtaga  qo’yib, uni  o’zi  hal  
qiladi    yoki    u    fanda    qanday  qilinganini 
ko’rsatadi(muammoli bayon qilish). 
2.  O’qituvchi  muammoli  vaziyatni  hosil  qilib,  uni  hal 
qilishga o’quvchilarni  ham  jalb  qilib  boradi(evristik 
suhbat). 
3.  O’qituvchi  muammoni  ta’riflab,  uni  hal  etishni 
o’quvchilarning o’zlariga tavsiya etadi(eksperimental 
masala,uy vazifasi va kuzatish ko’rinishida). 
4.  O’qituvchi 
muammoni 
o’quvchilarni 
o’zlari 
qo’yishlariga  va    uni  hal  etish  yo’llarini  topishga 
undaydi. 
 
 Endi  muammoli vaziyatlarni hosil qilish yo’llarini ko’rib 
chiqaylik: 
 
1.  O’ganiladigan    hodisaning  fan,  texnika  va  hayotdagi 
ahamiyatini  ochish  orqali  muammoli  vaziyat  hosil 

qilish.  O’rganiladigan  materialning  texnika  va 
hayotda  qo’llanilishini  juda  ko’p  mavzularda  aytib, 
o’quvchilarning  fikrlarini  faollashtirishga  imkoniyat 
juda  katta,  chunki  texnikaning  asosini  tashkil  qiladi. 
Shuni 
ham 
aytish 
kerakki, 
o”quvchilar 
teleko’rsatuvlardan, 
ommabop 
kin 
ova 
adabiyotlardan,  radiodan  va  hokazolardan  ko’plab  
ma’lumotlar  oladilar.Shuning  uchun  o’quvchilarga 
ular  eshitgan  texnika  va  boshqa  yutuqlarning 
mohiyatini o’rganiladgan hodisa orqali bilish va ochib 
berish mumkinligini aytib, unga o’quvchilar e’tiborini 
jalb qilish lozim. 
Bu  usullarning  ahamiyati  katta  bo’lib,  uni  hikoya 
tarzida  berish  ma’quldir.  Masalan:ishqalanishning 
zararini  o’quvchilar  bilsalarda,  foydasini  bilmaydilar. 
Uning  foydasi  haqida  hikoya  qilib,agar  ishqalanish 
bo’lmasa odam yerda yurolmaydi, transportiyorlarda 
paxtani  yuqoriga  chiqarib  bo’lmasligi,  skripka, 
g’ijjaklardan tovush chiqmasligi va hokazolar  haqida 
hikoya qilinadi. 

      Bu  usullar  o’rganiladigan  mavzularni  hayot  bilan 
bog’laydi, ahamiyatini ko’rsatib beradi. Mavzuni o’tib 
bo’lgandan  keyin  uni  texnikadagi  mohiyatini  ochib 
berishga yana bir to’xtalib o’tish o’quvchilar diqqatini 
unga jalb qiladi. 
2.  O’quv  muammosini  qo’yishda  fizik  eksperimentdan 
foydalanish. 
       Eksperiment bilim manbai, fizik tadqiqotning uslubi, 
dunyo 
 
haqidagi 
bilimning 
mezonidir. 
O’quv 
muammosini 
qo’yishda 
eksperimentdan 
ham 
foydalaniladi,  chunki  u  o’quvchilarning  diqqatini  o’ziga 
tortadi. 
Yangi 
kutilmagan 
effektlarni 
kuzatish 
o’quvchilarni  bilish  faolligini  uyg’otadi,  hodisaning 
mohiyatini  bilishga  intilish  hosil  qiladi.  Shuning  uchun 
ba’zi  holatlarda  bo’ladigan  hodisani  diqqat  bilan 
kuzatish taklif etilsa, boshqa hollarda tajriba natijalarini 
oldindan aytib berish taklif etiladi. 
 

3.  Fizikadan  masalalar  yechish  o’quv  muammosini 
qo’yish 
vositasidir.Yangi 
muammoga 
va 
uni 
ta’riflashga  o’quvchilarning  diqqatini  jalb  etishni 
oldindan  masala  yechish  orqali  ham  amalgam 
oshirish mumkin. 
Masala 
yechish 
orqali 
muammoni 
qo’yish 
o’quvchilarning  qiziqishlarini  orttiribgina  qolmay, 
ularning  olgan  bilimlarini  yangisi  bilan  bog’laydi. 
Faqat  masala tanlash biroz vaqtni olishi mumkin. 
 Muammoni  qo’yishda  savol  masalalardan  ham 
foydalanishimiz  mumkin.  Ular  o’quvchilardan  bilish 
faolligini oshirishga yordam beradi. 
Mavzuga doir misollar ko’raylik: 
a)  havoning 
namligini 
o’rganishdan 
oldin 
quyidagicha  savol  qo’yamiz:Nima  uchun 
sovuqdan  uyga  kirganda  ko’zoynakni  artishga 
to’g’ri keladi? 
b)  Suyuqlik  va  gazlarning  bosimini  o’rganishdan 
oldin,,Nima uchun suv osti kemalarida cho’kish 

chuqurligi  chegaralangan?’’.Yangi  mavzuni 
o’rganishdan 
keyin 
qo’yilgan 
savollarga 
o’quvchilar 
javob 
topishlari 
so’raladi.Bu 
o’quvchilarning  faolligini oshiradi. 
 
Savol  masaladan  muammo  qo’yishda  foydalanilganda  ular 
o’quvchilar  bilimi  yetarli  ko’rsatib  bersin.O’quvchi  oldingi 
bilimiga  asosan,  hal  qila  oladigan  savol  berilmasligi  lozim. 
Savol masalalar ko’proq o’quvchilarning hayot tajribalariga 
mos  kelishi  va  tushuntirish    ma’lum  darajada  qiyin  ham  
bo’lishi    kerak.    Juda  qiyin    savollar    ham    o’quvchigada  
qiziqishni    so’ngdirish    mumkin.    O’qituvchi    ana    shularga  
katta  etibor  berishi  lozim.  
 
 
 
 
 

 
 
 
2.7.  Fizikadan  o’quv  mashf’ulotlarining  shakillari  va  
dars  turlari. 
 
1.  Fizikadan    o’quv    mashg’ulotlarining    shakillari    va  
dars turlari. 
2.  ,,Yangi  materialni  bayon  etish  “  darsi. 
3.  Amaliy    ko’nikma    va    malakalarni  shakillantirish  
darsi    (fizikadan    masalalar    yechish,  labarato’riya  
mashg’uloti,  fizik  praktikum). 
4.  ,,O’tilgan 
 
materiallarni 
 
takrorlash 
 
va  
umumlashtirish’’  darsi. 
5.  ,,Olingan    bilimni    va    malakani    nazorat    etish    va  
hisobga  olish’’  gdarsi. 
6.  Kombinatsiyalashgan  (keng  qamrovli)  dars. 

      O’quv    mashg’ulotlarining    shakli      o’qitilayotgan 
o’quvchilar  soni vaqti,  joyi  va  uni  amalga  oshirish  tartibi  
bilan  bog’liq  bo’lgan 
o’quv    jarayoni    tashkil      etishning    tashqi    tamonini 
belgilovchi  didaktik  kategoriya  sifatida  qaraladi.  U 
o’quvchilar soniga qarab yakka, guruh va jamoa ko’rinishida 
uyushtirilishi mumkin. 
        Bir  xil  yoshdagi  o’quvchilar  soni  va  tarkibi 
o’zgarmas(sinf-jamoa)  bo’lib,  belgilangan  jadval  asosida, 
belgilangan  aniq  vaqt  davomiyligida(45  minut)  aniq  joyda 
ayni bir material ustida ishlash uchun tashkil etilgan o’quv 
ishi  sinf-dars  sistemasi  hisoblanadi.O’qitish  shakl  sifatada 
dars sinf-dars sistemasiga kiradi. 
      O’quv muassasalarida o’qitishning quyidagi shakllaridan 
foydalaniladi: 
     ---dars; 
     ---darsdan  tashqari  mashg’ulotlar(ekskursiya,  fakultativ 
mashg’ulotlar,  qo’shimcha  dars,  suhbat,  konsultatsiya  va 
hokazo); 

     ---sinfdan  tashqari  mashg’ulotlar(fizika  to’garagi,  fizika 
kechasi, olimpiada, turnir, ko’rik-tanliv va hokazo). 
     O’quv mashg’ulotlarining dars sistemasi o’qituvchining 3 
xil yondashuviga: 
 
1)  kursning  mavzu  va  bo’limi  bo’yicha  mashg’ulotlarni 
eng  to’g’ri  ketma-ketlikda  olib  borishga  (o’quv 
reja,dastur asosida); 
2)  har bir darsga o’quv materialini tanlab olishga(ishchi 
reja); 
3)  har  bir  holda  o’quvchilarga  yangi  bilimlar  berishda 
pedagogik  jihatdan  maqsadga  muvofiq  bo’lgan 
metodni aniqlashga imkon beradi.   
 
Bu  asosda  o’qitish  jarayonida    o’quvchilarning 
mustaqilligini,  tashabbuskorligini,  ijodkorligini  o’stirish 
mumkin 
bo’ladi. 
Fizikadan 
dars, 
fakultativ 
mashg’ulotlar,turli  shakldagi  uy  ishlari,  ekskursiya  va 
sinfdan  tashqari  ishlar    va    boshqa  shakldagi 

mashg’ulotlar  fizikadan  o’qitish  va  tarbiyalashning 
yagona  tashkiliy  tizmasini  hosil  qiladi.  Mashg’ulotlar 
shaklini  tanlash  asosan,  o’quv  materialining  o’quv-
tarbiyaviy 
vazifalari 
va 
mazmuni 
bilan 
aniqlanadi.O’qituvchi har bir dars yoki  sinfdan tashqari 
mashg’ulot  oldidan  asosiy  o’quv-tatbiyaviy  maqsadni, 
bosh vazifani belgilab oladi. 
    Ta’lim  va  tarbiya  jarayonining  asosiy  qismi  dars 
bo’lib, pedagogika, psixologiya va didaktika prinsplariga  
mos    holda    tashkil    etadi.  Fizikadan    dars    turli  
ko’rinishdagi    elementlarni    (tarkibiy    qismlarni)    bitta  
murakkab  elementga  birlashtirilgandan  va  o’qituvchi  
hamda    o’quvchilarning    o’zaro    kelishgan    kompleks  
holatlaridan  iborat. 
     Darsning  tuzilishi  va  turlari  dars  tuzilishining  asosi  
qilib    nima    olinishiga    bog’liq    bo’ladi.  Bular  
quyidagilardan  iboratdir: 
a)  mazmun; 
b)  o’qitish  metodlari; 

c)  o’qitish  jarayonlarining  asosiy  bosqichlari 
d)  o’qitishning  maqsadi. 
     Darsning    tarkibiy    qismlari    yoki    tuzilishi  
quyidagilarni  o’z  ichiga  oladi: 
a)  darsda  yangi  tushunchalarni  shakllantirish; 
b)  olingan  bilimlarni  qo’llash; 
c)  uy  vazifasi; 
d)  takrorlash; 
e)  so’rash; 
f)  mustahkamlash  va  boshqa  elementlar. 
 
  Bu  tarkibni  o’qituvchi  faoliyatining  shuningdek,  
o’quvchilarning  bilimlarini  o’zlashtirish  jarayonini  
o’zida    ifodalaydi.    Bunda    darsning    quyidagi  
elementlarini  alohida  ko’rsatish  mumkin: 
 
1)  o’tilgan  mazmunini  so’rash; 
2)  takrorlash; 
3)  darsda  yangi  tushunchalarni  shakllantirish; 

4)  mustahkamlash; 
5)  olingan  bilimlarni  qo’llash. 
 
   Fizikadan    o’quv    mashg’ulotlarining    shakllarini  
bir    jadvalda    ifodalaylik.Hisoblangan    seminar,  
konferensiya    mashg’uloti,  keyingi    vaqtlarda    dars  
tizimiga    kiritildi.    Sinfdan    tashqari    hisoblangan  
qo’shimcha    dars,    suhbat,    konsultatsiya  
mashg’ulotlari 
 
,,darsdan 
 
tashqari’’  
mashg’ulotlarga  aylantirilmoqda. 
 

 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.8..Fizikadan  o’quv  mashg’ulotlarining  turlari. 
 
Zamonaviy    pedagogik    texnologiya    o’zining  
pedagogika  

boshqa    fan    yutuqlari    bilan    bog’liq    hususiy    nazariyaga  
ega. U  1-galda  o’quv-tarbiyaviy  jarayonini  ilmiy  asosda  
qurishga  yo’naltirilgan,  o’qitishning  axborot  vositalaridan  
va    didaktik    materiallardan,    faol    metodlardan    keng  
foydalanishga    asoslangan    o’qituvchi    va    o’quvchilarning  
birgalikdagi    faoliyatiga    zamin    yaratadi.  Yuqoridagi  
g’oyalarga    asosan,    umumta’kim    maktablarida    fizika  
fanidan  o’quv  mashg’ulotlarning  turlari  2  xil  ko’rinishda  
bo’ladi. Ular  quyidagi  mashg’ulotlardan  iborat: 
1)  darsdan  tashqari  mashg’ulotlar; 
2)  sinfdan  tashqari  mashg’ulotlar. 
 
1.  O’quv    muassasalarida    fizika    o’qitishda  
mashg’ulotning 
,,darsdan  tashqari’’  shaklidan  foydalaniladi. Davlat  ta’lim  
standarti    va    Davlat    ta’lim    dasturi    asosida    tuzilgan  
maktab    dars    jadvali    bo’yicha    uyushtirilmagan,    alohida  
olingan    sinfning    barcha    o’quvchilarining    ishtiroki  
majburiy    bo’lmagan,    o’z    ixtiyori    bilan    tashkil    topgan  
o’quvchilar    jamoasi    bilan    o’qituvchining    o’quv  

maqsadiga    yo’naltirilgan    mashg’uloti    darsdan    tashqari  
mashg’ulot  deyiladi. 
Darsdan  tashqari  mashg’ulotlarga  (DTM)  fakultativ   
mashg’ulotlar,    seminar    mashg’ulotlari,    konferensiya  
mashg’ulotlari,    uy    vazifalarini    bajarish    bo’yicha  
mashg’ulotlar,    qo’shimcha    darslar,    konsultatsiyalar,  
suhbatlar  va  boshqa  mashg’ulotlarning  rejasi  o’qituvchi  
tashabbusi    bilan    tuziladi,    muassasa    boshlig’i  
tasdiqlagach,    mashg’ulotning    o’tkazilish    vaqti    va    joyi  
belgilanadi.  Ushbu    mashg’ulotlarning    o’tkazilish    vaqtlari  
sinf    dars    mashg’ulotlaridan    boshqa    vaqtlarda    haftada  
bir    marta    davomiyligi    2  soatdan    ortmagan    tarzda  
uyushtiriladi. 
 
      Fakultativ    mashg’ulotlardan    boshqa    barcha    darsdan  
tashqari  mashg’ulotlarni  fizikadan  ma’lum  dars  o’tilgach,  
ma’lum    mavzu    yoki    bo’lim    o’tilgach    uyushtirilishi  
mumkin. 

     Fakultativ    mashg’ulotlar    esa    ixtiyoriy    to’plangan  
tinglovchilar  bilan  muassasa  boshlig’i  tasdiqlagan  dastur  
va    jadval    asosida    uyushtiriladi.    Fakultativ  
mashg’ulotlarning    ro’yhatga    olingan    o’quvchilar    soni  
kamida  10 ta  bo’lganda  darsdan  tashqari  mashg’ulotlari  
boshlanadi. 
    Darsdan  tashqari  mashg’ulotlarning  o’quvchilari  fizika  
o’qitiladigan    sinflar    bo’yicha    yig’ilib,  6,7,8  va  9-
sinf(guruhi) yoki (fakultativ  kurslari)  shu  sinf  fizika  kursi  
mazmuniga  bog’liq  holda  olinadi. 
 
        Fakultativ  kurslar  tizmasi: 
 
a) yuqori  bosqichli  fakultativ   kurslar
b) amaliy  fizikadan  fakultativ  kurslar; 
v) fizik-texnik  modellashtirish  bo’yicha  fakultativ  kurslar; 
g) fakultativdan  maxsus  kurslarlardan iborat  bo’ladi. 

 
  Fakultativ    mashg’ulotlar    fizikadan    bilimlarni  
chuqurlashtirish, o’quvchilarning  har  tomonlama  fizikaga  
qiziqishini  va  ijodiy  qobilyatlarini  rivojlantirish  va  ularni  
mutaxassislikka  yonaltirishga  qaratiligan  bo’ladi. 
      
        Darsdan    tashqari    mashg’ulotlarda    yangi    materialni  
bayon    etish,    uni    mustaxkamlash,    o’tilgan    materialni  
so’rash    kabi    an’anaviy    usullardan    yoki    seminarlarda  
ma’ruza    qilish,  ekspermaental      masalalar    yechish  
labaratoriya    ishlari    bajarish,    mustaqil    holda    izlanish  
ishlari   olib  borish  mustaqil  holda  kitob  ustida   ishlash  
usullaridan  foydalanish  mumkin.      
 
Mazkur    mashg’ulotlarning    asosiy    vazifalaridan    biri  
kelajakda      har    qanday    hayot    yo’lini    tanlanganda    ham  
o’quvchilarda  o’qishni davom  etishga  bo’lgan  ishtiyoqni  
tarbiyalashdir. 

        Darsdan    tashqari    mashg’ulotlarda    faol    qatnashgan   
o’quvchilarning  ko’pchiligi  Oliy  o’quv  yurtiga  yoki  turli  
mutaxassislik    kurslariga    kiradilar.    Shu    boisdan    bu  
mashg’ulotlarda  yangi  materialni  bayon  etishda  maruza  
usulidan    olingan    bilimni    nazorat    etishni    esa,    seminar  
yoki    konferentsiya    dars    usullaridan    foydalanish  
maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  
       Hozirgi    kunlarda    darsdan    tashqari    mashg’ulotlarni  
juda    kam    uyushtiririlayotganiga    olib    keluvchi    ma’lum  
muammolarning  mavjudligidir: 
        1  )tashabbuskor      va    fidoiy    fizika    o’qituvchilarning  
kam        ekanligi; 
        2)  o’quvchi    va    talabalarning    fizika    faniga  
qiziqishining  sustligi; 
        3)  darsdan    tashqari  mashg’ulotlar    o’tkazish    uchun  
sharoitning  pasayganligi; 
        4  )tashabbus    va    fidoiylikni    adolat      bilan    e’tirof  
etilmasligi.  

          
2.  Sinifdan  tashqari  mashg’ulotlar. 
 
O’quv 
 
muassasalarida 
fizika 
 
o’qitishda  
mashg’ulotning  sinifdan 
tashqari  mashg’ulot (S. T. M  )   shaklida  DTS,  o’quv  
reja    va    dastur    asosida    tuzilgan    dars    jadvali  
bo’yicha  uyushtirilmagan , o’z  ixtiyori   bilan  tashkil  
topgan  har  qanday  sinf  o’quvchilaridan  yoki  har 
qanday    tinglovchilar    guruhi    bilan    o’qituvchining  
o’quv  maqsadiga  yo’naltirilgan  mashg’uloti  sinfdan  
tashqari  mashg’ulot  (STM)  deyiladi. 
 
Sinfdan  tashqari  mashg’ulotlar  tartibli  va  tasodifi 
mashg’ulotlarga  bo’linadi.  
          Sinfdan    tashqari    mashg’ulotlarning    tartibli    turiga  
fizika    to’garagi,  yosh    fiziklar    uyushmasi,  o’quvchi    yoki  

talabaning  ilmiy  jamiyati, turli  fizika  kurslari,  fan-texnika  
axboroti markazlarining  
 mashg’ulot    va    tadbirlarini    kiritish    mumkin.  Ularning  
chegaralangan  sonlari  tarkibi, o’quv  reja  va  dasturi, ish  
jadvali    mavjud    bo’ladi.  Ular    orasida    asosiysi    fizika  
to’garagi  bo’lib, to’garak  a’zolari  barcha  sinf,  kollej  va  
litseylarning    barcha    kurslaridan    bo’lishi    mumkin. 
To’garak    a’zolari    kamida    10    nafar    bo’lganda  
mashg’ulotlar    haftada    bir    marta    jadval    asosida  
uyushtiriladi. 
       To’garak  o’qituvchi  va  muassasa  rahbari  tashabbusi  
bilan    uyushtiriladi.  To’garak    rejasi    va    dasturi  
o’rganuvchilar  talabini  hisobga  olib  tuziladi. 
       Mashg’ulotlar    nazariy    va    amaliy    mashg’ulotlar  
ko’rinishida    uyushtirilib,  ular    yakka    yoki    jamoa  
ko’rinishida    amalga    oshirilishi    mumkin.  Olingan    bilim  
nazorati    uchun    belgi    faqat    o’zgartirganlik    uchun  
qo’yiladi. 

      Tasodifiy    sinfdan    tashqari    mashg’ulotlarga    fizika  
kechasi,  olimpiada,    viktorina,    ko’rik-tanlov,    fizik    olimlar  
bilan    uchrashuvlar,    fizik    ko’rgazmalar,  fizika  kuni,    fizika  
haftasi,  fizika    dekadasi,    turli    fizik    o’yinlarni    kiritish  
mumkin. Bu  fizik  tadbir  va  mashg’ulotlarning  tasodifiyligi  
shundaki,  ular    o’quv    rejasi    va    dasturida    ko’zda  
tutilmagan    bo’lib,  ularning    o’tkazish    joyi,    vaqti    va  
ishtirokchilari    oldindan    belgilanmagan    bo’ladi.  Bu  
mashg’ulotlarning    rejasi,  joyi    va    vaqti    tadbir  
o’tkazilishidan    bir    necha    kun    oldin  belgilanadi.  Ushbu  
mashg’ulotlar    majburiy    emasligi    tufayli    ular    natijasida  
olingan  bilim  uchun  baho  qo’yilmaydi. 
      Tasodifiy  sinfdan  tashqari  mashg’ulotlarning  fizikadan  
bilimlarni    chuqurlashtirishda,    fizikaga    qiziqishni  
oshirishda,    ijodiy    qobiliyatlarni    o’stirishda    va  
o’rganuvchilarni  faollashtirishda  o’rni  alihidadir. 
      Sinfdan    tashqari    mashg’ulotlarni    uyushtirishdagi  
asosiy    muammo    o’qituvchi    va      o’quvchilarning    faol  
emasligidir. 

 
 
 
 
 
 
III- BOB.  Dars  samaradorligini  oshirishda  pedagogik 
texnologiyalarning  joriy  etish  muammolari. 
 
Umumta’lim 
 
maktablarida 
 
o’quv-tarbiya  
jarayonining 
samaradorligini    oshirishning    muhim    sharti    mazkur  
jarayonga  tizimli  yondashuv  sanaladi  va  o’qituvchilarga  
quyidagi  dars  turi  tavsiya  etiladi: 

1)  ma’ruza  (kirish    ma’ruzasi,    mavzuli  
ma’ruza,    umumlashtiruvchi    ma’ruza)  
mashg’ulotlari; 
2)  seminar  (bo’limlarni    mustahkamlovchi, 
yangi    bilimlarni    mustaqil    egallashga  
mo’ljallangan) darslari; 
3)  modulli  dars; 
4)  muammoli ( aqliy  hujum) darslar; 
5)  munozarali  (  ilmiy  munozara    va    erkin  
fikrlash)  darslar; 
6)  didaktik      o’yinli  (  syujetli-rolli,    ijodiy, 
ishbilarmonlar,    konferensiyalar,  o’yin-
mashqlar)  darslar; 
7)  sinov  (  didaktik    kartochkalar,  test  
topshiriqlari,    o’zaro  nazorat    varag’I  
yordamida, AKT (Axborot  kommunikatsiya  
texnologiyasi) nazorat  dasturlari vositasida  
o’tkaziladigan) darslari. 
 

Mazkur  dasturning  o’ziga xos  jihati  dars  davomida  
vujudga    keltirilgan    muammoli    vazifalarga  
asoslanadi. 
 
Muammoli    ta’lim    deyilganda    o’qituvchi  
rahbarligida  muammoli  vaziyat  yuzaga  keltirilib, mazkur  
muammo    o’quvchilarning    faol    mustaqil    faoliyati  
natijasida    bilim,  ko’nikma    va    malakalarni  ijodiy  
o’zgartirish    va    aqliy    faoliyatni    rivojlantirishga    imkon  
beradigan  ta’lim jarayonini   tashkil  etish  nazarda  tutiladi.  
Shuningdek  muammoli  o’qitishning  mohiyatini  o’qituvchi  
tomonidan  o’quvchilarning    o’quv      ishlariga    muammoli  
vaziyatni vujudga 
keltirish    va    o’quv    vazifalarini    muammolarini    va  
savollarini  hal  qilish  orqali  yangi  bilimlarni  o’zlashtirish  
bo’yicha    ularning    bilish    faoliyatini    boshqarish      tashkil  
etadi.    Bu    esa    bilimlarni    o’zlashtirishning        ilmiy  – 
tadqiqot  usulini  yuzaga keltiradi.  

Muammoli    ta’limning    muvoffaqiyati    quyidagi  
omillarga  bog’liq: 
1.O’quv  materialini  muammolashtirish: 
2.O’quvchilarni  bilish  faoliyatini  faollashtirish; 
3.Ta’lim    jarayonini    o’yin,  mehnat    faoliyati    bilan  
uyg’unlashtirish  : 
4.O’qituvchi    tamonidan    muammoli    metodlardan  
o’z    o’rnida    samarali  foydalanish    ko’nikmasiga    ega  
bo’lish: 
 5.Muammoli    vaziyatni    hal    etish    yuzasidan  
muammoli  savollar  zanjirini  tuzish  va  mantiqiy  ketma-
ketlikda  o’quvchilarga  bayon  etish. 
Muammoli    metodlar    muammoli    vaziyatlarni  
vujudga  keltirib    o’quvchilarning    muammoni    hal    etish,  
murakkab    savollarga    javob    topish    jarayonida    alohida  
ob’ekt ,  hodisa  va  qonunlarni  taxlil   qilish   ko’nikmalari  
va  bilimlarni  faollashtirishga  asoslangan  bilish  faoliyatini  
taqozo  etadi. 

Hozirgi    zamon    moammosi    darslarning    didaktik  
maqsadi  quyidagilardan  iborat: 
1.  O’quv    muammolarini    hal    etishda    o’quvchilar  
tomonidan    avval    o’zgartirgan    bilimlarini    ijodiy    qo’llab,  
yangi  bilimlarni  egallash  ko’nikmalarini  shakillantirish; 
2.Bilimlarni    ijodiy    o’zlashtirish    va    ularni  amalda  
qo’llash  malakalarini  hosil  qilish; 
3.Izlanuvchanlik,  qiziqish,  mantiqiy  tafakkur ,  ijodiy  
faoliyat,    aqliy    kamolot,    zakovatni    rivojlantirish    va    shu  
kabilar. 
 
Muammoli    mashg’ulotlarda    moammoli    vaziyat  
bo’lishi  nazarda  tutiladi  va  an’anaviy  darsning  hamma  
bosqichlarini    o’z    ichiga    oladi.    Bular    quyidagilardan  
iborat; uy  vazifasini  tekshirish, maxsus  og’zaki  mashqlar,  
o’quvchilar  oldiga  dars  maqsadini  qo’yish,  yangi  
 o’quv  materialini  tayorlash  va  uni  o’rganish,  yangi  va  
ilgarigi  

o’rganilgan    materialni  bog’lab,    mustahkamlash,  
mashg’ulotni  yakunlab,  uyga  vazifa  berish  kabilar. 
 
Muammoli    mashg’ulotlarda    yangi    o’rganilayotgan  
qonun-qoidaga    oid  faktlar  to’plash,  ularni  bir-biri  bilan  
taqqoslash    va    tahlil    qilish,    bilimlarni    o’rganish    va  
mustaxkamlash  jarayoni  parallel  ravishda  olib  boriladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling