Teshaboeva dildora bitiruv malakaviy ishi mavzu: tekis tezlanuvchan
Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
tekis tezlanuvchan harakatni organish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi. 1-tajriba.
- O‘zingizni sinab ko‘ring!
- 2.4.,, TEKIS TEZLANUVCHAN HARAKAT QILAYOTGAN JISM TEZLANISHINI ANIQLASH’’
- 2. Boshlang‘ich tezligi 15 m/s bo‘lgan avtomobil tekis yo‘lga chiqib olganidan so‘ng 10 s davomida 1 m/s 2
- 5. Boshlang‘ich tezligi 3 m/s bo‘lgan yengil avtomobil tezlanishi 0,5 m/s 2 ga teng bo‘lsa, uning 10 s dan
- 6. Quyidagi fizik kattaliklardan qaysi biri vektor kattalik hisoblanadi
- Poyezdning butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezligini aniqlang. A)95km/soat; B)85km/soat; D)90km/soat; E) 87,5 km/soat. 8. 1 m/s
- 9. Mototsiklchi tinch holatdan harakat boshlab 30 s dan so‘ng 54 km/soat tezlikka erishadi. Harakatlanish qanday tezlanish bilan bo‘lgan
- 10. Quyidagi formulalardan qaysi biri tezlanish tarifiga mos keladi
- 11. Mototsiklchi tinch holatdan harakat boshlab 30 s dan so‘ng 54 km/soat tezlikka erishadi. Harakat tezlanishi nimaga teng
- 13. Tom chetidan uzilgan tomchi yerga 3 s dan so‘ng tushdi. Tomchi taxminan qanday balandlikdan tushgan
- 15. Lokomotiv 250 m yo‘lni o‘tish davomida o‘z tezligini 36 km/soat dan 54 km/soatga oshirdi. U qanday tezlanish bilan harakatlangan
2.3. Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism tezlanishini aniqlash. Kerakli jihozlar: 1. Kinematika va dinamikaga doir tajribalar namoyish qilinadigan jihoz (nov, shtativ), 2. o‘lchov lentasi; 3. sekundomer. Sharcha qiya novning boshidan boshlang‘ich tezliksiz qo‘yib yuborilsa, uning harakati S=at 2 /2 tenglama bilan ifodalanadi. Bundan jismning harakat tezlanishi a=2S/t 2 ekanligi ma’lum bo‘ladi. Demak, sharchaning bosib o‘tgan S masofasini o‘lchov lentasi bilan, ketgan t vaqtni sekundomer yordamida o‘chansa, tezlanishni hisoblab topish mumkin. Ishni bajarish tartibi. 1-tajriba. Nov shtativga 1-rasmda ko‘rsatilgandek o‘rnatiladi. Sharcha A nuqtadan biroz yuqoridan qo‘yib yuboriladi va A nuqtadan o‘tish lahzasida sekundomer tugmasi bosiladi va vaqt qayd etiladi. Sekundomerdan t 1 va t 2 vaqt oraliqlari hisoblanadi. Novdan AB oraliq o‘lchov lentasi bilan o‘lchanadi. So‘ngra tezlanishni topish formulasi(a=2S/t 2 ) ga qo‘yib natija hisoblanadi. Novni turli qiyalik burchagi ostida o‘rnatib tajribani takrorlang. 2-tajriba. Qiya o‘rnatilgan taxtacha ustiga tomizg‘ichli aravacha o‘rnatiladi. Tomizg‘ich jo‘mragini har sekundda bitta tomchi tomadigan qilib sozlanadi va aravacha qo‘yib yuboriladi. Tomchilar o‘rni qog‘ozga belgilab olinib, ular oralig‘i o‘lchanadi. Bu masofalarning yig‘indisini va tomchilar sonini bilgan holda a tezlanish topiladi. O‘zingizni sinab ko‘ring! 1. Jismning tezlanishi bilan novning qiyaligi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor? 2. Sharchani novning o‘rtasidan qo‘yib yuborilsa, uning tezlanishi qanday o‘zgaradi? 2.4.,, TEKIS TEZLANUVCHAN HARAKAT QILAYOTGAN JISM TEZLANISHINI ANIQLASH’’ mavzusi bo’yicha nazorat darsi o’tkazish uchun testlar. 1. Tezlanishni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan laboratoriya ishida sharchaning tushish balandligi 2 marta orttirilsa uning tushishdagi tezlanishi qanday o‘zgaradi? A)2martaortadi B)1,43martaortadi D)1,5martaortadi E) 4 marta ortadi 2. Boshlang‘ich tezligi 15 m/s bo‘lgan avtomobil tekis yo‘lga chiqib olganidan so‘ng 10 s davomida 1 m/s 2 tezlanish bilan harakatlandi. Yo‘lning uzunligini toping. A)100m B)150m D)200m E) 250 m 3. Tezlik grafigidan foydalanib, jismning t = 2 s dagi tezlanishini aniqlang. A)1m/s 2 ; B)2m/s 2 ; D)3m/s 2 ; E) 4 m/s 2 . 4. Quyida keltirilgan tenglamalardan qaysi birlari tekis sekinlanuvchan harakatga tegishli? 1. 2. 3. 4. S = A)1;4; B)1;2; D)1;3; E) 3; 4. 5. Boshlang‘ich tezligi 3 m/s bo‘lgan yengil avtomobil tezlanishi 0,5 m/s 2 ga teng bo‘lsa, uning 10 s dan keyingi tezligini toping. A)5m/s B)30m/s D)8m/s E) 15 m/s 6. Quyidagi fizik kattaliklardan qaysi biri vektor kattalik hisoblanadi? A)Koordinata; B)Vaqt; D)Yo‘l; E) Tezlanish. 7. Poyezd yo‘lning dastlabki 40 km ni 80 km/soat tezlik bilan, keyingi 50 km ni 100 km/soat tezlik bilan o‘tdi. Poyezdning butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezligini aniqlang. A)95km/soat; B)85km/soat; D)90km/soat; E) 87,5 km/soat. 8. 1 m/s 2 ni km/soat 2 da ifodalang. A)12960 B)1296 D)12,96 E) 1,296 9. Mototsiklchi tinch holatdan harakat boshlab 30 s dan so‘ng 54 km/soat tezlikka erishadi. Harakatlanish qanday tezlanish bilan bo‘lgan? A)54m/s 2 B)0,25m/s 2 D)0,9m/s 2 E) 0, 5 m/s 2 10. Quyidagi formulalardan qaysi biri tezlanish ta'rifiga mos keladi? A) B) D) E) To‘g‘ri javob keltirilmagan 11. Mototsiklchi tinch holatdan harakat boshlab 30 s dan so‘ng 54 km/soat tezlikka erishadi. Harakat tezlanishi nimaga teng? A) B) D) E) 12. Chang‘ichi bir tepalikdan tushib ikkinchisiga ko‘tariladi. Ko‘tarilish davrida 4 s davomida tezligi 12 m/s dan 2 m/s gacha kamaydi.Tezlanishni aniqlang. A)-2,5m/s 2 B)3,5m/s 2 D)-3,5m/s 2 E) 2,5 m/s 2 13. Tom chetidan uzilgan tomchi yerga 3 s dan so‘ng tushdi. Tomchi taxminan qanday balandlikdan tushgan? A)12m; B)24m; D)30m; E) 45 m. 14. Tezlanish qanday birlikda o‘lchanadi? A)m/s; B)m/s 2 ; D)ms 2 ; E) sm 2 . 15. Lokomotiv 250 m yo‘lni o‘tish davomida o‘z tezligini 36 km/soat dan 54 km/soatga oshirdi. U qanday tezlanish bilan harakatlangan? A)0,05m/s 2 ; B)0,5m/s 2 ; D)0,25m/s 2 ; E) 0,75 m/s 2 . 2.5. Fizika o’qitishda og’zaki bayon uslubi. Umumtalim maktablarida fizika fani o’qituvchisi o’quvchilarining birgaliktagi va o’zaro bog’langan ishlarida foydalaniladigan o’qitish maqsadlariga erishish uchun yo’naltirilgan faoliyot usullariga o’qitish uslublari deyiladi. Fizika darslarida turli ko’rinishdagi o’qitish uslublari: hikoya, tushuntirish, ma’ruza, namoyish qilish, masala echish, o’quvchilarni darslik bilan mustaqil ishlashi, kinofilm va teleko’rsatuvlardan foydalanish, o’quvchilardan so’rash, yozma sinov ishlari va boshqa usullardan foydalaniladi. Masalan: og’zaki uslubda o’qituvchi asosan so’z orqali tajriba va ko’rgazma yordamida o’quvchilarga bilim beradi. Bu uslubga hikoya, maruza, mavzuni tushuntirish ,suhbat, telehikoya, telema’ruza, kitob bilan ishlash kiradi. Og’zaki uslubda asosiy bilim manbai---so’zdir. Fizika darslarida og’zaki bayon tajriba, grafika, jadval va rasmlarni ko’rish va tahlil qilish, masala yechish bilan uzviy bog’langan holda olib boriladi. Suhbat---o’quvchilar bilimi va malakasiga asoslangan holda savol—javob bilan yangi materialni o’quvchilar ongiga yetkazishdir. Suhbat rejasida quyidagilar o’z aksini topishi lozim: 1) Suhbatda har bir bosqichga mos keluvchi mantiqiy ketma—ket savollar guruhi tuzilgan bo’lishi; 2) Ko’rsatilgan tajriba va ko’rgazmalar ro’yhati va ularni namoyish qilish o’rni; 3) doskaga va o’quvchilarning daftarlariga yoziladiganlar ko’rsatilishi. Suhbat orqali quyidagi masalalar hal qilinishi mumkin: ---fizika qoidalarini frontal tajribalar asosida tushuntirish; ---fizik hodisalarni tabiatini ochib berish; ---tajriba va ko’rgazmalar asosida fizik tushunchalarning mohiyatini ochib berish; ---bilimni takrorlash va to’ldirish; ---qo’yilgan muammoni hal qilish yo’llarini aniqlash; ---o’quvchilar bilimini sinash. Hikoya---materialni ketma-ket obrazli qilib bayon qilish. Hikoya uslubi quyidagi masalalarni hal qilishda samara beradi: 1) turli ixtirolarning va qonunlarning ochilish tarixi, olimlarning hayoti bilan tanishtirish; 2) fan va texnika yutuqlari bilan tanishtirish; 3) o’rganilganlarni fan va texnikada qo’llanilishi bilan tanishtirish; 4) tabiatda va texnika qurilmalarida kuzatiladigan hodisalarni tasvirlash. Hikoya aniq, mantiqan ketma-ket, obrazli bo’lishi, jadalligi, o’quvchilarni qabul qilishiga va materialning qiyinligiga qarab tanlanishi lozim. Hikoya tajriba va ko’rgazmalar bilan to’ldirib boriladi. Tushuntirish-tajriba va ko’rgazmalar yordamida og’ir mavzularni ketma-ket mantiqiy bayon qilishdan iborat. Bu uslub isbotlab tushuntirib, asoslab berishni talab etadigan ushbu mavzularni o’tishda qo’llaniladi: 1) fizik asbob va mashinalarning tuzilishi va ishlashini o’qitishda; 2) nazariyalar asosida hodisalarning mohiyatini ochib berishda; 3) hodisalarning o’zaro bog’lanishlarini ochib berishda; 4) jismlarning xossalarini atom molekulyar va electron nazariyalar asosida tushuntirishda; 5) fizik qonunlar asosida texnologik jarayonlarni tushuntirishda. Tushuntirish ishlari suhbat bilan birga olib borilsa, o’quvchilarning faolligi ortadi. Ma’ruza---hikoya va tushuntirishga qaraganda ilmiy tomondan qat’iy uzoq vaqt talab etadigan bayon qilish uslublaridandir. Bu uslub ko’proq yuqori sinflarda qo’l keladi. Chunki, asosan to’la bir darsga mo’ljallanadi. Ma’ruza o’quvchidan abstrakt tafakkur qilishni, uzoq vaqt diqqat bilan tinglay olishni, qonun va xulosalarni ta’riflay olishni talab qiladi. Hamma og’zaki bayon uslublari tajriba va ko’rgazmalar bilan to’ldirib boriladi. O’qituvchi darsda ham ma’ruzachi, ham tajriba ko’rsatuvchi rolini bajaradi. Uning tili aniq va ravon bo’lmog’i, jadalligi o’quvchilarning qabul qilishlarini ta’minlamog’i lozim. 2.6. Fizika o’qitishda muammoli o’qitish uslubiyoti. Umumta’lim maktablarida fizika fanini muammoli o’qitishda fizika o’qituvchisi murakkab tushunchalarni tushuntirishda muntazam ravishda muammoli vaziyatlar hosil qilib boradi va o’quvchilarning bilish faoliyatlarini shunday tashkil qiladiki, ular mustaqil ravishda faktlarni tahlil qilib, hodisalarni kuzatib xulosa chiqaradilar va umumlashtiradilar, tushuncha va qonunlarni ta’riflaydilar, bilimlarini yangi muammoli vaziyatlarga qo’llaydilar, masala yechadilar, laboratoriya ishlarini bajaradilar. Muammoli o’qitish o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini aktivlashtiruvchi muammoli vaziyat hosil qilish bosqichlaridan boshlanadi. Keyingi bosqichlari: muammoni aniqlash, uni hal qilish usullarini aniqlash, muammoni hal qilish, xulosani ta’riflash va yakun yasashdan iborat. Muammoli vaziyat qiyinligi o’quvchilar tomonidan uni hal qilishga kuchlari yetadigan bo’lsin va bu qiyinchiliklarni yengishga ularda qiziqish uyg’ota olsin. Masalan, kutilmagan muammoli vaziyatlarni quyidagicha hosil qilish mumkin: issiq xonada efirni bug’latib suvni muzlatamiz(bug’lanish hodisasi), kuchli bo’ronda uyning tomi ajrab yuqoriga ko’tarilib ketishi(Bernulli qonuni). Bularni fizika nuqtai-nazaridan qanday tushuntiriladi? Muammoli o’qitish bir necha xil bo’lishi mumkin: 1. O’qituvchi muammoni o’rtaga qo’yib, uni o’zi hal qiladi yoki u fanda qanday qilinganini ko’rsatadi(muammoli bayon qilish). 2. O’qituvchi muammoli vaziyatni hosil qilib, uni hal qilishga o’quvchilarni ham jalb qilib boradi(evristik suhbat). 3. O’qituvchi muammoni ta’riflab, uni hal etishni o’quvchilarning o’zlariga tavsiya etadi(eksperimental masala,uy vazifasi va kuzatish ko’rinishida). 4. O’qituvchi muammoni o’quvchilarni o’zlari qo’yishlariga va uni hal etish yo’llarini topishga undaydi. Endi muammoli vaziyatlarni hosil qilish yo’llarini ko’rib chiqaylik: 1. O’ganiladigan hodisaning fan, texnika va hayotdagi ahamiyatini ochish orqali muammoli vaziyat hosil qilish. O’rganiladigan materialning texnika va hayotda qo’llanilishini juda ko’p mavzularda aytib, o’quvchilarning fikrlarini faollashtirishga imkoniyat juda katta, chunki texnikaning asosini tashkil qiladi. Shuni ham aytish kerakki, o”quvchilar teleko’rsatuvlardan, ommabop kin ova adabiyotlardan, radiodan va hokazolardan ko’plab ma’lumotlar oladilar.Shuning uchun o’quvchilarga ular eshitgan texnika va boshqa yutuqlarning mohiyatini o’rganiladgan hodisa orqali bilish va ochib berish mumkinligini aytib, unga o’quvchilar e’tiborini jalb qilish lozim. Bu usullarning ahamiyati katta bo’lib, uni hikoya tarzida berish ma’quldir. Masalan:ishqalanishning zararini o’quvchilar bilsalarda, foydasini bilmaydilar. Uning foydasi haqida hikoya qilib,agar ishqalanish bo’lmasa odam yerda yurolmaydi, transportiyorlarda paxtani yuqoriga chiqarib bo’lmasligi, skripka, g’ijjaklardan tovush chiqmasligi va hokazolar haqida hikoya qilinadi. Bu usullar o’rganiladigan mavzularni hayot bilan bog’laydi, ahamiyatini ko’rsatib beradi. Mavzuni o’tib bo’lgandan keyin uni texnikadagi mohiyatini ochib berishga yana bir to’xtalib o’tish o’quvchilar diqqatini unga jalb qiladi. 2. O’quv muammosini qo’yishda fizik eksperimentdan foydalanish. Eksperiment bilim manbai, fizik tadqiqotning uslubi, dunyo haqidagi bilimning mezonidir. O’quv muammosini qo’yishda eksperimentdan ham foydalaniladi, chunki u o’quvchilarning diqqatini o’ziga tortadi. Yangi kutilmagan effektlarni kuzatish o’quvchilarni bilish faolligini uyg’otadi, hodisaning mohiyatini bilishga intilish hosil qiladi. Shuning uchun ba’zi holatlarda bo’ladigan hodisani diqqat bilan kuzatish taklif etilsa, boshqa hollarda tajriba natijalarini oldindan aytib berish taklif etiladi. 3. Fizikadan masalalar yechish o’quv muammosini qo’yish vositasidir.Yangi muammoga va uni ta’riflashga o’quvchilarning diqqatini jalb etishni oldindan masala yechish orqali ham amalgam oshirish mumkin. Masala yechish orqali muammoni qo’yish o’quvchilarning qiziqishlarini orttiribgina qolmay, ularning olgan bilimlarini yangisi bilan bog’laydi. Faqat masala tanlash biroz vaqtni olishi mumkin. Muammoni qo’yishda savol masalalardan ham foydalanishimiz mumkin. Ular o’quvchilardan bilish faolligini oshirishga yordam beradi. Mavzuga doir misollar ko’raylik: a) havoning namligini o’rganishdan oldin quyidagicha savol qo’yamiz:Nima uchun sovuqdan uyga kirganda ko’zoynakni artishga to’g’ri keladi? b) Suyuqlik va gazlarning bosimini o’rganishdan oldin,,Nima uchun suv osti kemalarida cho’kish chuqurligi chegaralangan?’’.Yangi mavzuni o’rganishdan keyin qo’yilgan savollarga o’quvchilar javob topishlari so’raladi.Bu o’quvchilarning faolligini oshiradi. Savol masaladan muammo qo’yishda foydalanilganda ular o’quvchilar bilimi yetarli ko’rsatib bersin.O’quvchi oldingi bilimiga asosan, hal qila oladigan savol berilmasligi lozim. Savol masalalar ko’proq o’quvchilarning hayot tajribalariga mos kelishi va tushuntirish ma’lum darajada qiyin ham bo’lishi kerak. Juda qiyin savollar ham o’quvchigada qiziqishni so’ngdirish mumkin. O’qituvchi ana shularga katta etibor berishi lozim. 2.7. Fizikadan o’quv mashf’ulotlarining shakillari va dars turlari. 1. Fizikadan o’quv mashg’ulotlarining shakillari va dars turlari. 2. ,,Yangi materialni bayon etish “ darsi. 3. Amaliy ko’nikma va malakalarni shakillantirish darsi (fizikadan masalalar yechish, labarato’riya mashg’uloti, fizik praktikum). 4. ,,O’tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish’’ darsi. 5. ,,Olingan bilimni va malakani nazorat etish va hisobga olish’’ gdarsi. 6. Kombinatsiyalashgan (keng qamrovli) dars. O’quv mashg’ulotlarining shakli o’qitilayotgan o’quvchilar soni vaqti, joyi va uni amalga oshirish tartibi bilan bog’liq bo’lgan o’quv jarayoni tashkil etishning tashqi tamonini belgilovchi didaktik kategoriya sifatida qaraladi. U o’quvchilar soniga qarab yakka, guruh va jamoa ko’rinishida uyushtirilishi mumkin. Bir xil yoshdagi o’quvchilar soni va tarkibi o’zgarmas(sinf-jamoa) bo’lib, belgilangan jadval asosida, belgilangan aniq vaqt davomiyligida(45 minut) aniq joyda ayni bir material ustida ishlash uchun tashkil etilgan o’quv ishi sinf-dars sistemasi hisoblanadi.O’qitish shakl sifatada dars sinf-dars sistemasiga kiradi. O’quv muassasalarida o’qitishning quyidagi shakllaridan foydalaniladi: ---dars; ---darsdan tashqari mashg’ulotlar(ekskursiya, fakultativ mashg’ulotlar, qo’shimcha dars, suhbat, konsultatsiya va hokazo); ---sinfdan tashqari mashg’ulotlar(fizika to’garagi, fizika kechasi, olimpiada, turnir, ko’rik-tanliv va hokazo). O’quv mashg’ulotlarining dars sistemasi o’qituvchining 3 xil yondashuviga: 1) kursning mavzu va bo’limi bo’yicha mashg’ulotlarni eng to’g’ri ketma-ketlikda olib borishga (o’quv reja,dastur asosida); 2) har bir darsga o’quv materialini tanlab olishga(ishchi reja); 3) har bir holda o’quvchilarga yangi bilimlar berishda pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan metodni aniqlashga imkon beradi. Bu asosda o’qitish jarayonida o’quvchilarning mustaqilligini, tashabbuskorligini, ijodkorligini o’stirish mumkin bo’ladi. Fizikadan dars, fakultativ mashg’ulotlar,turli shakldagi uy ishlari, ekskursiya va sinfdan tashqari ishlar va boshqa shakldagi mashg’ulotlar fizikadan o’qitish va tarbiyalashning yagona tashkiliy tizmasini hosil qiladi. Mashg’ulotlar shaklini tanlash asosan, o’quv materialining o’quv- tarbiyaviy vazifalari va mazmuni bilan aniqlanadi.O’qituvchi har bir dars yoki sinfdan tashqari mashg’ulot oldidan asosiy o’quv-tatbiyaviy maqsadni, bosh vazifani belgilab oladi. Ta’lim va tarbiya jarayonining asosiy qismi dars bo’lib, pedagogika, psixologiya va didaktika prinsplariga mos holda tashkil etadi. Fizikadan dars turli ko’rinishdagi elementlarni (tarkibiy qismlarni) bitta murakkab elementga birlashtirilgandan va o’qituvchi hamda o’quvchilarning o’zaro kelishgan kompleks holatlaridan iborat. Darsning tuzilishi va turlari dars tuzilishining asosi qilib nima olinishiga bog’liq bo’ladi. Bular quyidagilardan iboratdir: a) mazmun; b) o’qitish metodlari; c) o’qitish jarayonlarining asosiy bosqichlari d) o’qitishning maqsadi. Darsning tarkibiy qismlari yoki tuzilishi quyidagilarni o’z ichiga oladi: a) darsda yangi tushunchalarni shakllantirish; b) olingan bilimlarni qo’llash; c) uy vazifasi; d) takrorlash; e) so’rash; f) mustahkamlash va boshqa elementlar. Bu tarkibni o’qituvchi faoliyatining shuningdek, o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirish jarayonini o’zida ifodalaydi. Bunda darsning quyidagi elementlarini alohida ko’rsatish mumkin: 1) o’tilgan mazmunini so’rash; 2) takrorlash; 3) darsda yangi tushunchalarni shakllantirish; 4) mustahkamlash; 5) olingan bilimlarni qo’llash. Fizikadan o’quv mashg’ulotlarining shakllarini bir jadvalda ifodalaylik.Hisoblangan seminar, konferensiya mashg’uloti, keyingi vaqtlarda dars tizimiga kiritildi. Sinfdan tashqari hisoblangan qo’shimcha dars, suhbat, konsultatsiya mashg’ulotlari ,,darsdan tashqari’’ mashg’ulotlarga aylantirilmoqda. 2.8..Fizikadan o’quv mashg’ulotlarining turlari. Zamonaviy pedagogik texnologiya o’zining pedagogika boshqa fan yutuqlari bilan bog’liq hususiy nazariyaga ega. U 1-galda o’quv-tarbiyaviy jarayonini ilmiy asosda qurishga yo’naltirilgan, o’qitishning axborot vositalaridan va didaktik materiallardan, faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi. Yuqoridagi g’oyalarga asosan, umumta’kim maktablarida fizika fanidan o’quv mashg’ulotlarning turlari 2 xil ko’rinishda bo’ladi. Ular quyidagi mashg’ulotlardan iborat: 1) darsdan tashqari mashg’ulotlar; 2) sinfdan tashqari mashg’ulotlar. 1. O’quv muassasalarida fizika o’qitishda mashg’ulotning ,,darsdan tashqari’’ shaklidan foydalaniladi. Davlat ta’lim standarti va Davlat ta’lim dasturi asosida tuzilgan maktab dars jadvali bo’yicha uyushtirilmagan, alohida olingan sinfning barcha o’quvchilarining ishtiroki majburiy bo’lmagan, o’z ixtiyori bilan tashkil topgan o’quvchilar jamoasi bilan o’qituvchining o’quv maqsadiga yo’naltirilgan mashg’uloti darsdan tashqari mashg’ulot deyiladi. Darsdan tashqari mashg’ulotlarga (DTM) fakultativ mashg’ulotlar, seminar mashg’ulotlari, konferensiya mashg’ulotlari, uy vazifalarini bajarish bo’yicha mashg’ulotlar, qo’shimcha darslar, konsultatsiyalar, suhbatlar va boshqa mashg’ulotlarning rejasi o’qituvchi tashabbusi bilan tuziladi, muassasa boshlig’i tasdiqlagach, mashg’ulotning o’tkazilish vaqti va joyi belgilanadi. Ushbu mashg’ulotlarning o’tkazilish vaqtlari sinf dars mashg’ulotlaridan boshqa vaqtlarda haftada bir marta davomiyligi 2 soatdan ortmagan tarzda uyushtiriladi. Fakultativ mashg’ulotlardan boshqa barcha darsdan tashqari mashg’ulotlarni fizikadan ma’lum dars o’tilgach, ma’lum mavzu yoki bo’lim o’tilgach uyushtirilishi mumkin. Fakultativ mashg’ulotlar esa ixtiyoriy to’plangan tinglovchilar bilan muassasa boshlig’i tasdiqlagan dastur va jadval asosida uyushtiriladi. Fakultativ mashg’ulotlarning ro’yhatga olingan o’quvchilar soni kamida 10 ta bo’lganda darsdan tashqari mashg’ulotlari boshlanadi. Darsdan tashqari mashg’ulotlarning o’quvchilari fizika o’qitiladigan sinflar bo’yicha yig’ilib, 6,7,8 va 9- sinf(guruhi) yoki (fakultativ kurslari) shu sinf fizika kursi mazmuniga bog’liq holda olinadi. Fakultativ kurslar tizmasi: a) yuqori bosqichli fakultativ kurslar; b) amaliy fizikadan fakultativ kurslar; v) fizik-texnik modellashtirish bo’yicha fakultativ kurslar; g) fakultativdan maxsus kurslarlardan iborat bo’ladi. Fakultativ mashg’ulotlar fizikadan bilimlarni chuqurlashtirish, o’quvchilarning har tomonlama fizikaga qiziqishini va ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish va ularni mutaxassislikka yonaltirishga qaratiligan bo’ladi. Darsdan tashqari mashg’ulotlarda yangi materialni bayon etish, uni mustaxkamlash, o’tilgan materialni so’rash kabi an’anaviy usullardan yoki seminarlarda ma’ruza qilish, ekspermaental masalalar yechish labaratoriya ishlari bajarish, mustaqil holda izlanish ishlari olib borish mustaqil holda kitob ustida ishlash usullaridan foydalanish mumkin. Mazkur mashg’ulotlarning asosiy vazifalaridan biri kelajakda har qanday hayot yo’lini tanlanganda ham o’quvchilarda o’qishni davom etishga bo’lgan ishtiyoqni tarbiyalashdir. Darsdan tashqari mashg’ulotlarda faol qatnashgan o’quvchilarning ko’pchiligi Oliy o’quv yurtiga yoki turli mutaxassislik kurslariga kiradilar. Shu boisdan bu mashg’ulotlarda yangi materialni bayon etishda maruza usulidan olingan bilimni nazorat etishni esa, seminar yoki konferentsiya dars usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Hozirgi kunlarda darsdan tashqari mashg’ulotlarni juda kam uyushtiririlayotganiga olib keluvchi ma’lum muammolarning mavjudligidir: 1 )tashabbuskor va fidoiy fizika o’qituvchilarning kam ekanligi; 2) o’quvchi va talabalarning fizika faniga qiziqishining sustligi; 3) darsdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazish uchun sharoitning pasayganligi; 4 )tashabbus va fidoiylikni adolat bilan e’tirof etilmasligi. 2. Sinifdan tashqari mashg’ulotlar. O’quv muassasalarida fizika o’qitishda mashg’ulotning sinifdan tashqari mashg’ulot (S. T. M ) shaklida DTS, o’quv reja va dastur asosida tuzilgan dars jadvali bo’yicha uyushtirilmagan , o’z ixtiyori bilan tashkil topgan har qanday sinf o’quvchilaridan yoki har qanday tinglovchilar guruhi bilan o’qituvchining o’quv maqsadiga yo’naltirilgan mashg’uloti sinfdan tashqari mashg’ulot (STM) deyiladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar tartibli va tasodifi mashg’ulotlarga bo’linadi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning tartibli turiga fizika to’garagi, yosh fiziklar uyushmasi, o’quvchi yoki talabaning ilmiy jamiyati, turli fizika kurslari, fan-texnika axboroti markazlarining mashg’ulot va tadbirlarini kiritish mumkin. Ularning chegaralangan sonlari tarkibi, o’quv reja va dasturi, ish jadvali mavjud bo’ladi. Ular orasida asosiysi fizika to’garagi bo’lib, to’garak a’zolari barcha sinf, kollej va litseylarning barcha kurslaridan bo’lishi mumkin. To’garak a’zolari kamida 10 nafar bo’lganda mashg’ulotlar haftada bir marta jadval asosida uyushtiriladi. To’garak o’qituvchi va muassasa rahbari tashabbusi bilan uyushtiriladi. To’garak rejasi va dasturi o’rganuvchilar talabini hisobga olib tuziladi. Mashg’ulotlar nazariy va amaliy mashg’ulotlar ko’rinishida uyushtirilib, ular yakka yoki jamoa ko’rinishida amalga oshirilishi mumkin. Olingan bilim nazorati uchun belgi faqat o’zgartirganlik uchun qo’yiladi. Tasodifiy sinfdan tashqari mashg’ulotlarga fizika kechasi, olimpiada, viktorina, ko’rik-tanlov, fizik olimlar bilan uchrashuvlar, fizik ko’rgazmalar, fizika kuni, fizika haftasi, fizika dekadasi, turli fizik o’yinlarni kiritish mumkin. Bu fizik tadbir va mashg’ulotlarning tasodifiyligi shundaki, ular o’quv rejasi va dasturida ko’zda tutilmagan bo’lib, ularning o’tkazish joyi, vaqti va ishtirokchilari oldindan belgilanmagan bo’ladi. Bu mashg’ulotlarning rejasi, joyi va vaqti tadbir o’tkazilishidan bir necha kun oldin belgilanadi. Ushbu mashg’ulotlar majburiy emasligi tufayli ular natijasida olingan bilim uchun baho qo’yilmaydi. Tasodifiy sinfdan tashqari mashg’ulotlarning fizikadan bilimlarni chuqurlashtirishda, fizikaga qiziqishni oshirishda, ijodiy qobiliyatlarni o’stirishda va o’rganuvchilarni faollashtirishda o’rni alihidadir. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarni uyushtirishdagi asosiy muammo o’qituvchi va o’quvchilarning faol emasligidir. III- BOB. Dars samaradorligini oshirishda pedagogik texnologiyalarning joriy etish muammolari. Umumta’lim maktablarida o’quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishning muhim sharti mazkur jarayonga tizimli yondashuv sanaladi va o’qituvchilarga quyidagi dars turi tavsiya etiladi: 1) ma’ruza (kirish ma’ruzasi, mavzuli ma’ruza, umumlashtiruvchi ma’ruza) mashg’ulotlari; 2) seminar (bo’limlarni mustahkamlovchi, yangi bilimlarni mustaqil egallashga mo’ljallangan) darslari; 3) modulli dars; 4) muammoli ( aqliy hujum) darslar; 5) munozarali ( ilmiy munozara va erkin fikrlash) darslar; 6) didaktik o’yinli ( syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlar, konferensiyalar, o’yin- mashqlar) darslar; 7) sinov ( didaktik kartochkalar, test topshiriqlari, o’zaro nazorat varag’I yordamida, AKT (Axborot kommunikatsiya texnologiyasi) nazorat dasturlari vositasida o’tkaziladigan) darslari. Mazkur dasturning o’ziga xos jihati dars davomida vujudga keltirilgan muammoli vazifalarga asoslanadi. Muammoli ta’lim deyilganda o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zgartirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi. Shuningdek muammoli o’qitishning mohiyatini o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning o’quv ishlariga muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o’zlashtirishning ilmiy – tadqiqot usulini yuzaga keltiradi. Muammoli ta’limning muvoffaqiyati quyidagi omillarga bog’liq: 1.O’quv materialini muammolashtirish: 2.O’quvchilarni bilish faoliyatini faollashtirish; 3.Ta’lim jarayonini o’yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish : 4.O’qituvchi tamonidan muammoli metodlardan o’z o’rnida samarali foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lish: 5.Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma- ketlikda o’quvchilarga bayon etish. Muammoli metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib o’quvchilarning muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida ob’ekt , hodisa va qonunlarni taxlil qilish ko’nikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan bilish faoliyatini taqozo etadi. Hozirgi zamon moammosi darslarning didaktik maqsadi quyidagilardan iborat: 1. O’quv muammolarini hal etishda o’quvchilar tomonidan avval o’zgartirgan bilimlarini ijodiy qo’llab, yangi bilimlarni egallash ko’nikmalarini shakillantirish; 2.Bilimlarni ijodiy o’zlashtirish va ularni amalda qo’llash malakalarini hosil qilish; 3.Izlanuvchanlik, qiziqish, mantiqiy tafakkur , ijodiy faoliyat, aqliy kamolot, zakovatni rivojlantirish va shu kabilar. Muammoli mashg’ulotlarda moammoli vaziyat bo’lishi nazarda tutiladi va an’anaviy darsning hamma bosqichlarini o’z ichiga oladi. Bular quyidagilardan iborat; uy vazifasini tekshirish, maxsus og’zaki mashqlar, o’quvchilar oldiga dars maqsadini qo’yish, yangi o’quv materialini tayorlash va uni o’rganish, yangi va ilgarigi o’rganilgan materialni bog’lab, mustahkamlash, mashg’ulotni yakunlab, uyga vazifa berish kabilar. Muammoli mashg’ulotlarda yangi o’rganilayotgan qonun-qoidaga oid faktlar to’plash, ularni bir-biri bilan taqqoslash va tahlil qilish, bilimlarni o’rganish va mustaxkamlash jarayoni parallel ravishda olib boriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling