Test iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va asosan, tashqi savdo barcha boyliklarning manbai deb hisoblanadi?


Download 34.78 Kb.
Sana11.11.2020
Hajmi34.78 Kb.
#143912
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasidan 2-amaliy mashg'ulot(1)


2-MAVZU BO’YICHA TOPSHIRIQ
TEST
1.8. Iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va asosan, tashqi savdo barcha boyliklarning manbai deb hisoblanadi?

a) merkantilizm;

b) fiziokratlar;

c) klassik burjua iqtisodiy maktabi;

d) marksistik nazariya;

e) marjinalizmda.



1.9. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning va tartibga solishning asosiy vositasi pul deb hisoblanadi?

a) keynschilar;

b) monetarizm;

c) institutsionalizm;

d) liberalizm;

e) yangi iqtisodiy oqimlarda.



1.17. Takror ishlab chiqarish nazariyasini birinchi bo‘lib kimlar yaratgan?

a) merkantilistlar;

b) fiziokratlar;

c) klassik siyosiy iqtisodchilar;

d) keynschilar;

e) marjinalistlar.



1.19. Takror ishlab chiqarish nazariyasini hamda kapitalning asosiy va aylanma, mehnatning unumli va unumsiz turlarga bo‘linishini kim asoslagan?

a) U. Petti;

b) F. Kene;

c) A. Smit;

d) K. Marks;

e) A. Tyurgo.



1.20. Marjinalizm quyidagilardan qaysi birini tadqiq qilishga asoslanadi?

a) mutloq iqtisodiy miqdorlarni;

b) o‘rtacha iqtisodiy miqdorlarni;

c) keyingi (qo‘shilgan) iqtisodiy miqdorlarni;

d) nisbiy iqtisodiy miqdorlarni;

e) o‘zgaruvchan iqtisodiy miqdorlarni.



1.21. Merkantelizmning o‘rganish predmeti qaysi soha?

a) ayriboshlash sohasi;

b) ishlab chiqarish sohasi;

c) taqsimlash sohasi;

d) ayriboshlash va ishlab chiqarish sohasi;

e) takror ishlab chiqarish sohasi.



1.22. Klassik siyosiy iqtisodning o‘rganish predmeti qaysi soha?

a) ayriboshlash sohasi;

b) ishlab chiqarish sohasi;

c) ayriboshlash va ishlab chiqarish sohasi;

d) tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi;

e) ijtimoiy sohalar.



1.23. F. Kenening “sof mahsulot” to‘g‘risidagi g‘oyasiga binoan u qaysi tarmoq yoki sohada yaratiladi?

a) savdoda;

b) qishloq xo‘jaligida;

c) sanoatda;

d) ijtimoiy sohada;

e) qurilishda



1. 24. Bozor munosabatlarigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy qarashlarda qanday soha yoki munosabatlar ideallashtirilgan?

a) bozor munosabatlari;

b) natural-xo‘jalik sohalari;

c) savdo-sotiq bitimlari;

d) sudxo‘rlik;

e) agrar munosabatlar.



1. 25. “Siyosiy iqtisod” tushunchasining muallifi kim?

a) Aristotel;

b) F. Akvinskiy;

c) A. Monkreten;

d) A. Smit;

e) K. Marks.



1. 26. Merkantilistlar g‘oyasiga ko‘ra pul boyligining manbai nimaning oqibati?

a) xorijiy investitsiyalar o‘sishi;

b) importning eksportdan ortib ketishi;

c) eksportning importdan ortib ketishi;

d) investitsion faollikning ortishi;

e) iqtisodiy faollikning o‘sishi.



1.48. Quyidagi mutafakkirlardan kim pulning kelib chiqish sabablariga o‘z qarashlarini bayon qilgan?

a) Ibn Sino;

b) Farobiy;

c) Abu Rayhon Beruniy;

d) A. Navoiy;

e) Ibn Xoldun.



1. 49. Jamiyatda mehnatning roli, moddiy ne’matlarning xususiyatlari, pul va uning vazifalari kabi masalalar qaysi mutafakkir qarashlarida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan?

a) Farobiy;

b) Yusuf Xos Hojib;

c) A. Navoiy;

d) Ibn Sino;

e) Abu Rayhon Beruniy.



1.50. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, davlat moliyasi, soliqlarni belgilash tartibi kabi masalalar qaysi alloma qarashlariga tegishli?

a) Ibn Sino;

b) A. Navoiy;

c) Farobiy;

d) Abu Rayhon Beruniy;

e) Yusuf Xos Hojib.



1. 54. “Jamiyatning boyligi qishloq xo‘jaligida vujudga keladi” degan qarash qaysi g‘oyaviy oqim vakillariga tegishli?

a) merkantilizm;

b) fiziokratlar;

c) marjinalizm;

d) keynschilik;

e) klassik siyosiy iqtisod.



1.55. Boylik faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki sanoat, transport, qurilish va boshqa moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi degan qarash qaysi g‘oyaviy oqimga taalluqli?

a) merkantilizm;

b) klassik siyosiy iqtisod;

c) fiziokratlar;

d) marjinalizm;

e) keynschilik.



1.56. Boylikning manbai yer va mehnat ekanligini e’tirof etgani holda “Mehnat – boylikning otasi, yer uning onasi” degan g‘oya kimga tegishli?

a) U. Petti;

b) A. Smit;

c) D. Rikardo;

d) F. Kene;

e) T. Man.



1.58. Qiymat va foydaning hamda turli sinf daromadlarining yagona manbai mehnat ekanligi to‘g‘risidagi qarash kimga tegishli?

a) A. Smit;

b) U. Petti;

c) F. Kene;

d) Sismondi;

e) D. Rikardo.



1.62. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g‘oyasini kim ilgari surgan?

a) M. Keyns;

b) M. Fridman;

c) D. Rikardo;

d) A. Marshall;

e) K. Menger.



1.64. Iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini tartibga solish orqali amalga oshirish mumkinligini kim asoslagan?

a) A. Marshall;

b) M. Keyns;

c) L. Valras;

d) F. Xayek;

e) M. Fridman.


QUYIDAGI SAVOLLARGA QISQA IZOH YOZING


  1. Қадимги шарқдаги иқтисодий фикрлар

Qadimgi sharqdagi iqtisodiy fikrlar va shakllanishi yozuv bilan bevosita bog'liq.Yozuv bundan olti ming yil avval miloddan tortming yil oldin osha davrning madaniyat ochog'i bo'lgan Medopotamiyada ijod qilindi.Mesopotamiya grekcha so'z bo'lib ikki daryo oraligi degan ma'noni bildiradi.Bu Dajla va Frot daryolari oralig'idagi joylarni tuprog'i unumdor,suvi ko'p bolib qishloq xojaligi maxsulotlari ishlab chiqsrishga juda qo'l kelgan.Osha davrdan ya'ni quldorlik davrdan boshlab sharqda iqtisodiy fikrlar vujudga kela boshladi.

  1. Қадимги Хидистондаги иқтисодий ғоялар.

Qadimgi Hindiston xo'jaligi ,ijtimoiy tuzumi va iqtisosiy fikrlarini o'rfanishning asosiy manbai "Arxashastra"asari hisoblanadi.Uni podsho Chandraguptaning maslahatchisi Katuliya yozgan deb tahmin qilinadi.Bu kitob 15 kitobdan iborat bolib ,"artxa" sozi -foyda ,moddiy manfat ,"shastra"-ilm ilmiy asar manosini bildoradi.Kitobda podsho tortta ilmni bilish zarurligini aytadi.Ulardan biri iqtisodiyot hisoblanadi."Iqtisodiyot"-dehqonchilik ,chorvachilik,va savdo sifatoda koriladi.Davlatning siyosati yerni emas ,balki odamlarni qilish kerak."Davlatning kuchi -deyiladi kitobda-odamlardan tashkil topgan .Odam yashamaydigan yer esa ,naslsiz sigirga oxshaydi -undan na sut sogib olib boladi."Arxashastra"da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda tutiladi:"Sugorish sistemalarining korish deyiladi kitobda-hosilning manbai hisoblanadi..."Sugorish sistemasiga yetkazilgan har qanday zarar uchun ogir jazo ,hatto olimga mahkum etish tavsiya etildi.


  1. Зардуштизм (Авесто) даги иқтисодий ғоялар.

-Kitobda yer yuzida adolat qaror topishi uchun kishilarning faqrlaridan qati nazar ularning ro'shnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur ,halol,pok insonlarni shakllantirish va tarbiyalash g'oyasi bilan sug'orilgan.

-Yer dumaloq shaklda yaratilganligi uning atrofi okeanlar bilan oralganligi aytilgan.

-Markaziy Osiyoda o'troq turmush tarzining afzalliklari ko'rsatiladi.

-Dehqonchilikni rivojlantirish ,qo'riq va bo'sh yerlarni o'zlashtirib, ularni jamoa ortasida adolatli taqsimlash savobli ish hisoblanadi.

-Chorvachilikni rivojlantirishga ahamiyat beriladi.

-Turli tabiiy ofatlarga qarshi oziq ovqat zaxirasini barpo qilish qollab quvatlanadi.

-Yer suv havoni bulgash,ifloslantirish ogir gunoh hisoblanadi.

-Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda shunday deyiladi:"Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi ,kuchli ishlovchilarga va na soglom baquvvat bolalarga ega boladi..Yomon ovqatlangan odob-axloq ham aynib ketadi.Agar non mol-mulk bolsa ,muqaddas sozlar ham yaxshi qabul qilinadi".
Download 34.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling