Test javoblar guruh


Uglevodlar tarkibi va guruhlarga' bo’linishi


Download 1.16 Mb.
bet12/44
Sana18.06.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1565970
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Bog'liq
KIMYO

Uglevodlar tarkibi va guruhlarga' bo’linishi


Uzum, o’rik va boshqa mevalarning mazasi shirin bo’lishiga sabab nima?

Organik moddalar ichida shunday sinf borki, ularsiz organizmlarda modda va energiya almashinuvini tasavvur qilib bo'lmaydi. Bular uglevodlardir. Uglevodlar inson organizmida energiya manbai hisoblanadi. Insonlar iste'mol qiladigan oziqning 70% ni uglevodlar(non, kartoshka, guruch, qand) tashkil etadi. U glevodlardan gazlamalar, qog'oz tayyorlanadi. Uglevodlar karbonat angidrid va suvdagi yashil o'simliklar organizmida fotosintez jarayonida hosil bo'ladi. O'simliklarning quruq moddasida 80%, inson va hayvonlar organizmida 2% atrofida uglevodlar bo'ladi. Uglevod ruscha bo'lib, ular ko'p molekulalarining empirik formulalari bilan bog'liq, ya'ni Cn(H20)m formulaga qaralsa, molekula xuddi uglerod atomi va suv molekulasidan iboratdek tuyuladi (sirka kislota CzCH20)2' formaldegid CH20 yuqoridagi formulaga mos kelsa-da, ular uglevod emas). Lekin, aslida ular murakkab tuzilgan moddalardir va ko'p hollarda ulami saxaridlar (qandlar) nomi bilan yuritiladi.



Glukoza


Fizik xossalari va tabiatda uchrashi. Glukoza (uzum qandi)-C6H1206-rangsiz, suvda yaxshi eriydigan, shirin ta'mli, kristall modda. O'simliklarning deyarli barcha organlarida: meva, ildiz, barg, gullari, poyasida uchraydi. Ayniqsa, uzum,
shakarqamish, qand lavlagi, shirin mevalarda ko'p yig'iladi. Inson qonida 0,1 % atrofida glukoza bo'ladi.
Tuzilishi. Glukoza molekulasida quyidagi funksional guruhlar aniqlangan:
Aldegid -CHO;
Spirt -birlamchi -CH20H, ikkilamchi- >CHOH.
Nemis olimi E.Fisher glukozaning kimyoviy xossalarini o'rganib, unmg aldegidospirtga to'g'ri keladigan formulasini taklif etgan:

Bu aldegidospirtda uglerod zanjiri oltita atomdan tashkil topgan, to'g'ri zanjirda aldegid guruhi tutgan, demak, u aldogeksoza. Lekin, glukozaning bunday ochiq zanjirli tuzilishidan tashqari yopiq, halqali tuzilishga ega ekanligi aniqlangan.
Halqali shaklning vujudga kelishini quyidagicha tushuntirish mumkin. Uglerod zanjiri atomlarning s-bog'ga nisbatan nafaqat cho'zilgan, balki bukilgan bo'lishi ham mumkin. Bunda karbonil guruh >C=O beshinchi uglerod atomiga yaqinlashishi mumkin, natijada ichki molekular ta' sirlashuv yuzaga kelib, birinchi va beshinchi uglerod atomi orasida kislorod orqali bog' hosil bo'ladi. Shu yo'l bilan olti a'zoli halqa-glukozaning poluasetal shakli vujudga keladi (poluasetal deb, spirt guruhi bilan birgalikda aldegid yoki keton tutgan birikmalardagi ichki 0 'zaro ta' sirlashuv mahsulotlariga aytiladi):

Halqali molekulada aldegid guruh yo'q, uning Q'rniga birinchi uglerod atomida hosil bo'lgan -OH guruhni poluasetal gidroksiguruh deb yuritiladi,. U spirtlar gidroksiguruhlaridan ko'ra kuchliroq reaksion qobiliyatga ega va oson reaksiyaga kirishadi. Bu guruh halqa tekisligiga nisbatan turli holatlarda bo 'lishi mumkin, yuqoridagi formulada bu guruh halqa tekisligining ostida joylashgan, bunday holatdagi shaklni a-shakl deb ataladi. B shaklda bu guruh halqa tekisligi ustida joylashadi.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling