Test javoblar guruh
Download 1.16 Mb.
|
KIMYO
- Bu sahifa navigatsiya:
- BKM elementlari
Oksidlanishi. Inson va hayvonlar organizmida glukoza oksidlanishi natijasida hayotiy faoliyat uchun zarur bo'lgan energiya ajralib chiqadi.
Olinishi va ishlatilishi. Sanoatda glukozani kraxmal va kletchatkani (o'simliklar biriktiruvchi to' qimasi, asosan, sellulQzadan iborat bo 'ladi) gidrolizlab olinadi. (Polisaxaridlar mavzusiga qarang.) Glukozani tibbiyotda, konditer mahsulotlari, oyna va yaltiroq 0 'yinchoqlar ishlab chiqarishda (kumush ko'zgu reaksiyasi), gazlama va teri mahsulotlariga ishlov berishda ishlatiladi. Fruktoza Fruktoza (meva qandi C6H1206)-rangsiz kristall modda, suvda yaxshi eriydi, glukozadan shirinroq, asal, sabzavot va mevalarda uchraydi. Fruktoza-ketospirt bo'lib, geksoketozalarga kiradi, glukozaning izomeri. Glukoza kabi fruktoza ham halqali shakllarda mavjud bo'la oladi. Fruktoza glukoza kabi, spirtlar xossalarini namoyon qiladi-saxaratlar va murakkab efirlar hosil qiladi, gidrolizga uchramaydi. Saxarozadan 1,5 barobar, glukozadan 3 barobar shirin bo'lgan bu qimmatbaho oziq moddasi organizm tomonidan oson o'zlashtirib olinadi (diabet bilan kasallangan odam organizmi saxarozadan ko'ra fruktozani oson o'zlashtiradi). BKM elementlari: uglevod, monosaxarid, disaxarid, polisaxarid, glukoza, tuzilishi, spirtli bijg 'ish, fruktoza. Disaxaridlar Iste’mol qilinayotgan shakarning tarkibini bilasizmi? Fizik xossalari va tabiatda uchrashi. Saxaroza (qand lavlagi yoki shakarqamish qandi C12H22011) va maltoza (sut qandi CI2H2201l)-oq kristall modda, suvda yaxshi eriydi. Saxaroza shakarqamish poyalarida, oq qayin shirasi va ko'plab mevalar, poliz ekinlari tarkibida uchraydi. Maltoza esa, asosan, hayvon sutida bo'ladi. Tuzilishi. Saxaroza halqa shaklidagi glukoza va fruktoza monosaxaridlarining, maltoza esa ikki molekula glukozaning birikishidan tashkil topgan disaxarid moddalardir. Saxaroza va maltoza molekulalarida aldegid guruh ham, karbonil guruh ham, poluasetal gidroksiguruh ham yo'q. Ularda faqat spirt gidroksiguruhlari mavjud bo 'lib, kimyoviy xossalari monosaxaridlarnikidan farq qiladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling