Test javoblar guruh


Sindirish ko’rsatkichi, n


Download 1.16 Mb.
bet42/44
Sana18.06.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1565970
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
KIMYO

Sindirish ko’rsatkichi, n420

Chumoli kislota

H-COOH

+8,40

100,7

1,220

1,3650

Sirka kislota

CH3COOH

+16,6

118,5

1,049

1,3720

Propion kis.

CH3CH2COOH

-20,7

141,1

0,992

1,3872

Moy kislota

CH3CH2CH2COOH

-3,11

163,5

0,9587

1,3979

Izomoy kislota

CH3 CH - COOH
/
CH3

-47,0


154,4


0,949


1,3930


Valerian kis

CH3CH2CH2CH2COOH

-34,5

186,0

0,9387

1,4070

Izovalerian kislota

CH3 – CH – CH2COOH
/
CH3

-37,6


176,7


0,9327


1,4043


Kapron kislota

CH3- (CH2)4COOH

-1,5

205,3

0,922

1,4144

Enant kislota

CH3- (CH2)5COOH

-10,0

223,5

0,9184

1,4215

Kapril kislota

CH3- (CH2)6COOH

+16,2

237,5

0,910

1,4215

Pellargon kislo

CH3- (CH2)7COOH

+12,5

253

0,9057

1,4306

Palmitin kislot

CH3- (CH2)14COOH

+62,6

271,5 (100 mm da)

0,8490 (700C da)

1,4303 (700C da)

Margarin kislo

CH3- (CH2)15COOH

+60,8

277 (100 mm da)

0,848 (700C da)

1,4320 (700C da)

Stearin kislota

CH3-(CH2)16COOH

+69,4

287 (100 mm da)

0,848 (700C da)

1,4232 (700C da)



Karbon kislotalarning xossalari. Karbon kislotaning qaynash temperaturasi yuqori bo’ladi, bu molekulalar orasida vodorod bog’lanishlar hosil bo’lishi bilan bog’liq, masalan:

… O = C – OH … O = C – OH …O = C – OH…


R R R
Suvdagi eritmalarda karbon kislotalar mineral kislotalar singari ionlarga dissotsilanadi va gidroksoniy ionini hosil qiladi;
RCOOH + H2O = H3O+ + RCOO-

Karbon kislotalarning hammasi-kuchsi elektrolitlar. Karbon kislotalarda gidroksil gruppa ta’sirida karboksil gruppaga qo’shni bo’lgan uglerod atomidagi vodorod atomlarining harakatchanligi ortadi. Shu sababli ularning o’rnini xlor yoki brom atomlari oson egallashi mumkin:


CH3COOH + Cl2  CH2ClCOOH + HCl
2-xloretan (xlorsirka) kislota

CH3CH2COOH + Br2  CH3CHBrCOOH + HCl


2-brompropan kislota
Karbon kislotalarning o’ziga xos xususiyati ularning spirtlar bilan reaksiyaga kirishib, murakkab efirlar hosil qilishidir. Ularni olishning umumiy usuli birlamchi spirtlar va aldegidlarning oksidlashdan iborat. Kislotalarning xossalari chumoli va sirka kislotalar misolida ancha batafsil ko’rib chiqamiz.
Xossalari: Chumoli kislota HCOOH o’tkir hidli, rangsiz suyuqlik, 101 C da qaynaydi. Suvda istalgan miqdorda eriydi. Terini kuydiradi. U chumoli belaridan ajralib chiqadigan suyuqlik tarkibida, shuningdek ba’zi o’simliklarda (qichitqi o’t barglarida) bo’ladi.
Chumoli kislota “kumush ko’zgu” reaksiyasini beradi.

HCOOH + Ag2O  Ag + CO2 + H2O


U qizdirilganda uglerod (II)- oksid bilan suvga ajraladi:


HCOOH  CO + H2O




Olinishi: Ilgari chumolilarni suvga bo’ktirib, so’ngra eritmani haydash yo’li bilan chumoli kislotalar olinar edi. Hozirgi vaqtda u uglerod (II)-oksid bilan natriy gidroksiddan olinadi:
O
CO + NaOH  H - C – ONa

Hosil bo’ladigan tudan chumoli kislota siqib chiqariladi, so’ngra haydab olinadi:


HCOOHNa + H2SO4  HCOOH + NaHSO4




Ishlatilishi: Chumoli kislota kimyo sanoatida organik moddalar sinte qilishda qaytaruvchi sifatida, shuningdek oksalat kislota olish uchun: oziq-ovqat sanoatiga-dezinfeksiyalovchi va konservalovchi vosita sifatida; to’qimachilik sanoatida –gazlamalarni bo’yashda, tibbiyotda-revmatizm kasalligida teriga surtib ishqalash uchun keng ko’lamda ishlatiladi.
Xossalari: Sirka kislota odatdagi temperaturada o’ziga xos o’tkir hidli rangsiz suyuqlik. U suvda istalgan miqdorda eriydi, uning suvdagi 3-9% li eritmasi sirka deyiladi va ovqatga qo’shish uchun ishlatiladi. 70-80 % li sirka kislota sirka essensiyasi deyiladi. Kimyoviy xossalari jihatidan sirka kislota mineral kislotalarga o’xshaydi. U suvdagi eritmada ionlarda dissotsilanadi:

CH3COOH  CH3COO- + H+


Kislota qoldig’i CH3COO- atsetat-ion deyiladi. Sirka kislota kuchsiz elektrolitlar qatoriga kirganligi sababli vodorod ionlari va atsetat-ionlari ham hosil bo’ladi.


Olinishi: Sirka kislota olishning hozirgi sintetik usuli sirka aldegidni oksidlashga asoslangan, bu aldegidning o’zi esa atsetilendan M. G. Kucherov reaksiyasi bo’yicha olinadi. (atsetilen juda arzon xomashyodan –metandan olinadi:)
Hg2+ O {O} O
CH = CH + H2O -------- CH3 – C ------------- CH3 – C
H OH
Sirka kislota olishning butanni oksidlashga asoslangan yangi usuli katta ahamiyat kasb etmoqda:
O
2CH3 – CH2 – CH2 – CH3 + 5O2  4 CH3- C + 2H2O
OH


Ishlatilishi: Sirka kislota turli-tuman maqsadlarda ishlatiladi. Kimyo sanoatida undan plastik massalar, turli-xil bo’yoqlar, dori-darmonlar, suniy tola, yonmaydigan kinoplyonka olish uchun foydalaniladi. Uning tuzlaridan qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ham foydalaniladi, Sirka kislota ovqatga solish, sabzavotlarni konsetvalash uchun ham ishlatiladi.
Molekulasida ikkita karboksil gruppa –COOH bo’lgan birikmalar ikki asosli (yoki dikarbon) kislotalar deyiladi:
COOH
COOH / CH2 - COOH
/ CH2 / qahrabo kislota
COOH \ CH2 - COOH
oksalat kislota COOH malon kislota
Oksalat kislotaning nordon tuzi shovul va ravoch o’simligida, kalsiyli tuzi Ca(COO)2 ko’p o’simliklarda va g’o’za bargida ko’p uchraysi. Malon kislota esa sholg’om sokida uchraydi. Qahrabo kislota dastlab qahrabodan olingan. U ko’mir va ko’p o’simliklar tarkibiga uchraydi.
Dikarbon kislotalar dinitrillar gidrolizlanganda hosil bo’ladi:

NC – CH2 – CH2 –CN + 4 H2O  HOOC – CH2 – CH2 – COOH + 2 NH3


Oksalat va malon kislotalar qizdirilganda karbonat angidrid ajralib (dekarboksizlanish) chiqib, chumoli va sirka kislotalar hosil bo’ladi.


HOOC –COOH  H- COOH + CO2


COOH
/
CH2  CH3COOH + CO2
\
COOH
Ikki asosli karbon kislotalar sanoatda tibbiy preparatlar, polimerlar va sintetik tolalar olishda xomashyo sifatida ishlatiladi.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling