Test javoblar guruh
Sindirish ko’rsatkichi, n
Download 1.16 Mb.
|
KIMYO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karbon kislotalarning xossalari.
- Ishlatilishi
Karbon kislotalarning xossalari. Karbon kislotaning qaynash temperaturasi yuqori bo’ladi, bu molekulalar orasida vodorod bog’lanishlar hosil bo’lishi bilan bog’liq, masalan: … O = C – OH … O = C – OH …O = C – OH… R R R Suvdagi eritmalarda karbon kislotalar mineral kislotalar singari ionlarga dissotsilanadi va gidroksoniy ionini hosil qiladi; RCOOH + H2O = H3O+ + RCOO- Karbon kislotalarning hammasi-kuchsi elektrolitlar. Karbon kislotalarda gidroksil gruppa ta’sirida karboksil gruppaga qo’shni bo’lgan uglerod atomidagi vodorod atomlarining harakatchanligi ortadi. Shu sababli ularning o’rnini xlor yoki brom atomlari oson egallashi mumkin: CH3COOH + Cl2 CH2ClCOOH + HCl 2-xloretan (xlorsirka) kislota CH3CH2COOH + Br2 CH3CHBrCOOH + HCl 2-brompropan kislota Karbon kislotalarning o’ziga xos xususiyati ularning spirtlar bilan reaksiyaga kirishib, murakkab efirlar hosil qilishidir. Ularni olishning umumiy usuli birlamchi spirtlar va aldegidlarning oksidlashdan iborat. Kislotalarning xossalari chumoli va sirka kislotalar misolida ancha batafsil ko’rib chiqamiz. Xossalari: Chumoli kislota HCOOH o’tkir hidli, rangsiz suyuqlik, 101 C da qaynaydi. Suvda istalgan miqdorda eriydi. Terini kuydiradi. U chumoli belaridan ajralib chiqadigan suyuqlik tarkibida, shuningdek ba’zi o’simliklarda (qichitqi o’t barglarida) bo’ladi. Chumoli kislota “kumush ko’zgu” reaksiyasini beradi. HCOOH + Ag2O Ag + CO2 + H2O U qizdirilganda uglerod (II)- oksid bilan suvga ajraladi: HCOOH CO + H2O Olinishi: Ilgari chumolilarni suvga bo’ktirib, so’ngra eritmani haydash yo’li bilan chumoli kislotalar olinar edi. Hozirgi vaqtda u uglerod (II)-oksid bilan natriy gidroksiddan olinadi: O CO + NaOH H - C – ONa Hosil bo’ladigan tudan chumoli kislota siqib chiqariladi, so’ngra haydab olinadi: HCOOHNa + H2SO4 HCOOH + NaHSO4 Ishlatilishi: Chumoli kislota kimyo sanoatida organik moddalar sinte qilishda qaytaruvchi sifatida, shuningdek oksalat kislota olish uchun: oziq-ovqat sanoatiga-dezinfeksiyalovchi va konservalovchi vosita sifatida; to’qimachilik sanoatida –gazlamalarni bo’yashda, tibbiyotda-revmatizm kasalligida teriga surtib ishqalash uchun keng ko’lamda ishlatiladi. Xossalari: Sirka kislota odatdagi temperaturada o’ziga xos o’tkir hidli rangsiz suyuqlik. U suvda istalgan miqdorda eriydi, uning suvdagi 3-9% li eritmasi sirka deyiladi va ovqatga qo’shish uchun ishlatiladi. 70-80 % li sirka kislota sirka essensiyasi deyiladi. Kimyoviy xossalari jihatidan sirka kislota mineral kislotalarga o’xshaydi. U suvdagi eritmada ionlarda dissotsilanadi: CH3COOH CH3COO- + H+ Kislota qoldig’i CH3COO- atsetat-ion deyiladi. Sirka kislota kuchsiz elektrolitlar qatoriga kirganligi sababli vodorod ionlari va atsetat-ionlari ham hosil bo’ladi. Olinishi: Sirka kislota olishning hozirgi sintetik usuli sirka aldegidni oksidlashga asoslangan, bu aldegidning o’zi esa atsetilendan M. G. Kucherov reaksiyasi bo’yicha olinadi. (atsetilen juda arzon xomashyodan –metandan olinadi:) Hg2+ O {O} O CH = CH + H2O -------- CH3 – C ------------- CH3 – C H OH Sirka kislota olishning butanni oksidlashga asoslangan yangi usuli katta ahamiyat kasb etmoqda: O 2CH3 – CH2 – CH2 – CH3 + 5O2 4 CH3- C + 2H2O OH Ishlatilishi: Sirka kislota turli-tuman maqsadlarda ishlatiladi. Kimyo sanoatida undan plastik massalar, turli-xil bo’yoqlar, dori-darmonlar, suniy tola, yonmaydigan kinoplyonka olish uchun foydalaniladi. Uning tuzlaridan qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ham foydalaniladi, Sirka kislota ovqatga solish, sabzavotlarni konsetvalash uchun ham ishlatiladi. Molekulasida ikkita karboksil gruppa –COOH bo’lgan birikmalar ikki asosli (yoki dikarbon) kislotalar deyiladi: COOH COOH / CH2 - COOH / CH2 / qahrabo kislota COOH \ CH2 - COOH oksalat kislota COOH malon kislota Oksalat kislotaning nordon tuzi shovul va ravoch o’simligida, kalsiyli tuzi Ca(COO)2 ko’p o’simliklarda va g’o’za bargida ko’p uchraysi. Malon kislota esa sholg’om sokida uchraydi. Qahrabo kislota dastlab qahrabodan olingan. U ko’mir va ko’p o’simliklar tarkibiga uchraydi. Dikarbon kislotalar dinitrillar gidrolizlanganda hosil bo’ladi: NC – CH2 – CH2 –CN + 4 H2O HOOC – CH2 – CH2 – COOH + 2 NH3 Oksalat va malon kislotalar qizdirilganda karbonat angidrid ajralib (dekarboksizlanish) chiqib, chumoli va sirka kislotalar hosil bo’ladi. HOOC –COOH H- COOH + CO2 COOH / CH2 CH3COOH + CO2 \ COOH Ikki asosli karbon kislotalar sanoatda tibbiy preparatlar, polimerlar va sintetik tolalar olishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling