Test javoblar guruh
Kislorodli organik birikmalarning sinflanishi
Download 1.16 Mb.
|
KIMYO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izomeriya va nomenklaturasi.
Kislorodli organik birikmalarning sinflanishi. Kislorodli organik birikmalar quyidagi sinflarni tashkil etadi:
Spirtlar Fenollar Oddiy efirlar Aldegidlar va ketonlar Karbon kislotalar Murakkab efirlar. Yog’lar Uglevodlar. Izomeriya va nomenklaturasi.Tarkibida uglerod va vodoroddan tashqari kislorod ham bo’lgan ko’pgina organik moddalar ma’lum. Bunday birikmalarning birinchi sinfi biz ko’rib chiqadigan spirtlar sinfidir. Spirtlar deb, molekulalaridagi bir yoki bir necha vodorod atomi gidroksil gruppalarga almashingan uglevodorod hosilalariga spirtlar deb ataladi. Gidroksil gruppa-OH spirtlarning funksional gruppasidir. Bir atomli spirtlarning umumiy formulasi CnH2n+1OH. Metanning formulasidan faqat bitta spirtning formulasini CH3OH yoki H H – C – OH chiqarish mumkin. U metil spirt yoki metanol deb ataladi. Spirtlarning H -ol sufiksi qo’shib ataladi. Etan CH3-CH3 ga ham bitta bir atomli spirt to’g’ri keladi, uning formulasi CH3 – CH2 – OH. Bu etanol. Olinishi. Spirtlar sanoatda ba’zan galogenli hosilalardan, ularga Na, Ca va KOH ning suyultirilgan eritmalarini ta’sir ettirish bilan olinadi. Bu usul bilan, masalan pentil spirtlar olinadi: C5H11Cl + KOH C5H11OH + KCl Metanol va etanol sanoatda katta ahamiyatga ega. U asosan suv gazidan sintez qilinadi: 220-3000 C, 5-10 MPa, Cu, ZnO CO + 2 H2 --------------------------------------------------- CH3OH Ilgari metanol yog’ochning piroliz mahsulotlaridan olinar edi, shuning uchun uning eski nomi-yog’och spirti saqlanib qolgan. Etanol olishning eng qadimgi usuli glyukoza tutgan qandli moddalarni bijg’itishdir. Bunda achitqi zamburug’lari alihida moddalar-fermentlar ishlab beradi, ular go’yo organik katalizatorlardir. Glyukoza(uzum shakari)ning spirtli bijg’itish jarayonini soddalashtirilgan holda quyidagicha ifodalash mumkin: C6H12O6 2C2H5OH + 2CO2 Bu jarayon vino ishlab chiqarishda sodir bo’ladi. Keyinchalik etanol kraxmalli mahsulotlardan olinadigan bo’ldi. Bu usul bo’yicha kraxmal fermentlar ishtirokida gidrolilanganda glyukozaga aylanadi, undan bijg’ish jarayonida spirt hosil bo’ladi. Etanol ko’pgina miqdorda yog’ochdan olinadi. Kletchatka gidrolizlanadi va hosil bo’lgan glyukozaga bijg’itiladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling