Test javoblar guruh
Kislota bilan spirtdan murakkab efir hosil bo’lish reaksiyasi eterifikatsiya (“eter” –efir) reaksiyasi deyiladi
Download 1.16 Mb.
|
KIMYO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlatilishi
- TAYANCH SO’Z VA IBORALAR
Kislota bilan spirtdan murakkab efir hosil bo’lish reaksiyasi eterifikatsiya (“eter” –efir) reaksiyasi deyiladi. Eterifikatsiya reaksiyalari faqat karbon kislotalar uchungina emas, balki mineral kislotalar uchun ham xosdir. Masalan: Nitrat kislota bilan spirtdan etilnitrat hosil bo’ladi:
C2H5OH + HO – NO2 C2H5 – O – NO2 + H2O etilnitrat Ishlatilishi: Ko’pchilik murakkab efirlar organik moddalarning yaxshi erituvchilari sifatida ishlatiladi. Ulardan meva essentsiyalari tayyorlashda ham keng ko’lamda foydalaniladi. Ayrim murakkab efirlar tibbiyotda ishlatiladi: izoamil-nitrat stenokardil hurujlarini susaytiradi, etilnitrat chakka qon tomirlarini kengaytiradi. Yog’lar yuqori bir asosli karbon kislotalar, asosan palmitin, starin va olein kislotalar bilan uch atomli spirt –glitserindan hosil bo’lgan murakkab efirlardir. Bunday birikmalarning umumiy nomi- triglitseridlardir. Tabiiy yog’lar alohida modda emas, balki har hil triglitseridlar aralashmasidir. Triglitseridlardan birining, masalan stearin kislota trigletsiredining hosil bo’lishini ushbu tenglama bilan tasvirlash mumkin. CH2 – O – H HO – CO – C17H35 CH2 – O – CO – C17H35 CH2 – O – H HO – CO – C17H35 CH2 – O – CO – C17H35 + 3 H2O CH2 – O – H HO – CO – C17H35 CH2 – O – CO – C17H35 Triglitseridlarning molekulalari tarkibiga turli xil kislota radikallari kirishi mumkin, bu ayniqsa tabiiy yog’lar uchun xos, lekin glitserin qoldig’i barcha yog’larning tarkibiy qismi hisoblanadi: CH2 – O – CO – C17H35 CH – O – CO – C17H35 CH2 – O – CO – C17H35 Yog’larning hammasi suvdan yengil va suvda erimaydi. Ular benzinda, efirda, uglerod tetroxloridda, uglerod sulfidda, dixloretanda yaxshi eriydi. Qog’o va teriga shimiladi. Yog’lar barcha o’simlik va hayvonlarda bo’ladi. Suyuq yog’lar odatda moylar deyiladi. Qattiq yog’lar (mol, qo’y yog’i) asosan to’yingan kislotalarning triglitseridlaridan, suyuq yog’lar (kungaboqar, paxta moyi) to’yinmagan kislotalarning triglitseridlaridan tarkib topgan bo’ladi. Suyuq yog’lar gidrogenlash reaksiyasi yo’li bilan qattiq yog’larga aylantiriladi. CH2-O-CO-(CH2)7-CH=CH-(CH2)7-CH3 CH2-O-CO-C17H35 Ni CH2-O-CO-(CH2)7-CH=CH-(CH2)7-CH3 + 3H2 ----- CH2-O-CO-C17H35 t0 CH2-O-CO-(CH2)7-CH=CH-(CH2)7-CH3 CH2-O-CO-C17H35 Reaksiya bosim ostida qizdirilganda va kataliator-mayda tuyilgan nikel ishtirokida boradi. Gidrogenlash mahsuloti-qattiq yog’ salomas deyiladi va sovun, stearin hamda glitserin ishlab chiqarishga sarflanadi. Margarin- ovqatga ishlatiladigan yog’-gidrogenlanganda moylar, hayvon yog’lari, sut vaba’zi boshqa moddalar(tuz, shakar) aralashmasidan iborat. Barcha murakkab efir kabi yog’larning ham muhim kimyoviy xossasi gidrolizlanish (sovunlanish) xususiyatidir. CH2 – O – CO – R HOH CH2OH CH2 – O – CO – R + HOH CHOH + 3 RCOOH CH2 – O – CO – R HOH CH2OH Yog’larning gidrolilanish reaksiyasi qaytar jarayondir. Yog’lar ovqatning zaruruiy tarkibiy qismi. Ulardan sanoatda (glitserin, yog’ kislotalar, sovun olishda) keng ko’lamda foydalaniladi. Sovunlar –bular yuqori karbon kislotalarning tuzlaridir. Odatdagi sovunlar asosan palmitin, stearin va olein kislotalar tuzlarining aralashmasidan tarkib topgan. Natriyli tuzlar qattiq sovunlar, kaliyli tuzlar –suyuq sovunlar hosil qiladi. Sovunlar yog’larning ishqorlar ishtirokida gidrolizlanishidan hosil bo’ladi: CH2 – O – CO – C17H35 CH2OH CH2 – O – CO – C17H35 + 3 NaOH CHOH + 3 C17H35COONa natriy stearat CH2 – O – CO – C17H35 CH2OH (sovun) stearin kislotaning triglitseridi glitserin (tristearin) Ana shuning uchun ham eterifikatsiyaga teskari reaksiya sovunlanish reaksiyasi deb ataladi.Sovun olish uchun xomashyo sifatida o’simlik moylari, hayvon yog’lari, shuningdek NaOH yoki suvsizlantirilgan soda ishlatiladi. O’simlik moylari dastlab gidrogenlanadi, ya’ni qattiq yog’larga aylantiriladi. Yog’larning o ’rniga molekulyar massasi katta bo’lgan sintetik karbon yog’ kislotalar ham ishlatiladi.Sovun ishlab chiqarishda ko’p miqdorlarda xomashyo talab qilinadi, shu sababli sovunlarni ovqat bo’lmaydigan mahsulotlardan olish masalasi qo’yilgan. Sintetik sovun ham, yog’lardan olinadigan sovun ham qattiq suvda kirni yaxshi ketkazmaydi. Shu sababli sintetik kislotalardan olinadigan sovun bilan bir qatorda xomashyoning boshqa turlaridan, masalan alkilsulfatlardan yuqori spirtlarning murakkab efirlari bilan sulfat kislotaning tuzlaridan ham yuvish vositalari ishlab chiqariladi.Sintetik yuvish vositalari yuz ming tonnalab ovqat bo’ladigan xomashyoni o’simlik moylari va yog’larni tejashga imkon beradi. TAYANCH SO’Z VA IBORALAR Kucherov reaksiyasi; etilatsetat; efir; Triglitserid, stearin kislota, moylar; margarin; qattiq suniy yog’ ya’ni salomas; sovun; natriy stearat; Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling