191. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi qanday nomlanadi?
Axborot resursi
Axborot tizimi
Axborot texnologiyasi
Telekommunikatsiya tizimi
192. Axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari qanday nomlanadi?
Axborot tizimi
Axborot resursi
Axborot texnologiyasi
Telekommunikatsiya tizimi
193. Axborot resursi - bu…?
Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki va ma’lumotlar bazasi
Hujjatlashtirilgan axborot
Audiovizual va boshqa xabarlar
Maxsus axborot
194. Maxfiy axborot deb nimaga aytiladi?
Foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo‘yilgan hujjatlashtirilgan axborot
Axborot resursi
Cheklanmagan doiradagi ommaviy axborot
Audio axborot
195. Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu bilan birga axborot elementlarining buzilishi, yoki yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik – bu
a) Axborotni himoya qilishdir b) Axborotnivirusdan saqlashdir
c) Axborotni yopib qo‘yishdir d) to‘g‘ri javob yo‘q
196. Identifikatsiya nima?
a) foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) bo‘yicha aniqlash jarayoni
b) ma’lum qilingan foydalanuvchi, jarayon yoki qurilmaning haqiqiy ekanligini
tekshirish muolajasi
c) foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) bo‘yicha aniqlab bo‘lmaydigan jarayoni
d) to‘g‘ri javob yo‘q
197. Autentifikatsiya nima?
a) foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) bo‘yicha aniqlash jarayoni
b) ma’lum qilingan foydalanuvchi, jarayon yoki qurilmaning haqiqiy ekanligini
tekshirish muolajasi
c) foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) bo‘yicha aniqlab bo‘lmaydigan jarayoni
d) to‘g‘ri javob yo‘q
198. «Kompyuter virusi» atamasi qachon kiritilgan?
a) 90-yillarning o‘rtalarida
b) 90-yillarning boshlarida
c) 80-yillarning o‘rtalarida
d) to‘g‘ri javob yo‘q
199. Foydalanuvchining login va parollari, mahfiy ma’lumotlaridan foydalanish maqsadidagi internet-firibgarlik qanday nomlanadi?
a) Fishing b) Troyan c) Detektor d) Virus
200. Axborot tizimlari yoki axborot resurslariga kim egalik qilishi mumkin?
a) Yuridik yoki jismoniy shaxslar
b) Tarmoq administratori
c) Kompaniya direktori
d) Tashkilot rahbari
Do'stlaringiz bilan baham: |